3 мая 2015

1966-yil Toshkentdagi kuchli zilzila suratlar

Toshkent zilzilasi – Toshkent shahri seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. 1866—68 yillar va 1966 yildagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866 yil 26 apreldan 27 aprelga oʻtar kechasi sodir boʻlgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, koʻplab qurbonlar boʻlgan. Bu haqda 19-asrda yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih “Tarixi jadidai Toshkand” asarida hikoya qilgan.
1966 yil 26 aprel soat 5 dan 22 daqiqa oʻtganda Toshkentda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila oʻchogʻining chuqurligi 8—10 km boʻlib, energiyasi 10y joulga teng, epitsentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi boʻyicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni —10 km2 ga yetdi.
3,5 yil moboyida Toshkent qayta tiklangan va ushbu munosabat bilan zilzilaning markazi hisoblangan tumanda “Mardlik” haykali o‘rnatilgan.
Yaxshiyamki endilikda Yurtimizda bunday hodisalar kuzatilmaydi va hech qayerda hech qachon kuzatilmasin deb qolamiz!

1966-yil Toshkentdagi kuchli zilzila suratlar
 - 772366948310
1966-yil Toshkentdagi kuchli zilzila suratlar
 - 772366953174
1966-yil Toshkentdagi kuchli zilzila suratlar
 - 772366965206
1966-yil Toshkentdagi kuchli zilzila suratlar
 - 772366968534

Комментарии

  • 8 дек 2020 19:39
    Assalomu alaykum shu zilzilada dadan oilasini yo'qotgan ekan qanday topsam bo'ladi