Kulishlaring chiroyli:Bog‘imizda ochilibTurishlaring chiroyli.Hamma chiqar dalagaBinafshalar tergali,Men ham terdim bir dastaOpamizga bergali.— Mana, opa, binafsha,Qarang, qanday chiroyli.— Yuring, — dedi opamiz, —Binafshalar teraylik.Binafshalar ochildiChakkangga taq, chakkangga:Atir hidi sochildi,Chakkangga taq, chakkangga.Lazzat olib hididanBolarilar uchadi.Ipakqanot kapalakBarglarini quchadi.Seni maqtab kuylaydi,Bog‘ aylanib qushchalar.Darak berib bahordan,Quvontirding shunchalar.Binafshaxon, binafshaKulishlaring chiroyli.Ko‘ksimizda hid sochibTurishlaring chiroyli!
Dildagi satrlar... ♡
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!