BILASIZMI "DOKTOR XAUS" ???

QIZIQARLI FAKTLAR - XAUS va KADDIning o'tmishi va biz ko'rmagan voqealar !!!
"DOKTOR XAUS" seriali ko'pchiligimiz shu paytgacha ko'rgan va hali ham sevib tomosha qiladigan "Sevimli Serial"dir. Bu filmni kim Xausning axmoqona fe'l-atvori , daholigi uchun yaxshi ko'rsa , boshqa bir kishi Xaus & Kaddi , yana kimdir Xaus & Kemeron , kimdir Uilson va Xausning do'stligi uchun , yana birov ishga qiziquvchan ajoyib yoshlar uchun yaxshi ko'radi.
SERIALNING 6-FASLINI ESLAY OLASIZMI ???
5-Fasl so'nggida Formandan tashqari hamma ishdan ketadi. 6-fasl boshidan Erik Forman eski hamkasb-do'stlari Ellison Kemeron va Robert Cheyzni qayta ishga olib keladi. Shu paytda Xaus ham ishaga qaytadi , ammo ayrim huquqlari cheklanganligi uchun ishga to'liq boshchilik qila olmaydi.
Xaus Taub va Remi Xadli (13) ni ishga qaytaradi. Cheyz bilan aloqalari tufayli Kemeron ishdan ketadi.
7-Faslning 1-qismi "Endi Nima ?"da O'nuchinchi (13) ishdan ketadi.
7×06 da Dr.Kaddi Xausning guruhiga talaba - MARTA Mastersni olib keladi.
7×19 da Masters ishdan ketadi va Remi Xadli yana ishga qaytadi.
7-Fasl oxirida Kaddi ham ishdan , ham Prinston shahridan boshga joyga ketadi.
Mana bu mavzuga ozgina to'xtalib sizlarga eslatib o'tdik , serial ijodkorlarining xabar berishlaricha 6-7 - Fasllarda ularga umuman boshqa narsalarni namoyish etishni maqsad qilishgan ekanlar. Ammo nachora .... Taqdir shu ekan.
5-Fasl so'nggida Serialning Kino olamidagi mavqei tushib keta boshladi va serial ijodkorlari yanada qiziqroq muammolar topish uchun rejalarni o'zgartirishdi.
6-Fasl voqealari esa yanada yomonroq holatga olib keldi. "DOKTOR XAUS" seriallar reytingida hatto 40-o'rinni egallamas edi. 7-fasldan so'ng "FOX" kanali serialni yopishga qaror qildi. Ko'plab takliflar bilan serial 8-fasldan keyin to'xtaldi.
Serial ijodkorlari 6-fasldan boshlab voqealarga o'zgartirishlar kiritmoqchi bo'lgan edi. Masalan : Ularning eng asosiy rejasi bu Xaus va Kaddining yoshligi , Uilson bilan tanishuv , Cheyz va Kemronning ishga kelishi... Shu kabi bizga ayrim noma'lum voqelar va eski xotiralarni har bir qismga oz-ozdan qo'shib , bir qism davomiyligini 55 minutga ko'tarmoqchi edilar.
Ammo hech narsa ular o'ylagandek bo'lib chiqmadi.
Ushbu mavzuga biriktirilgan quyidagi surat serial ijodkorlari tomonidan yaqinda taqdim etildi :

BILASIZMI "DOKTOR XAUS" ??? - 803552605143
Hamma uchun qanchalik og'ir bo'lmasin serial ayanchli tugadi . Davom etishi yoki voqealar juda boshqacha tugashi ham mumkin edi.
Liza Edelshteynning serialdan chiqarib yuborilishi hammasidan o'tib tushgan.
Biz baribir "DOKTOR XAUS" muxlisimiz , ammo meni bir narsa doim qiynaldi. Nima uchun qahramonlar "Baxtli yakun"ga yetmadilar?
"Bir kam dunyo" serialning yutuqlarini ko'ra olmadi , 4-Fasldan keyin yakson qila boshladi va qaysidir ma'noda bunga erishdi...

Xaus va Kaddining o'tmishini ko'rishni kim xohlaydi ?
O'z fikrlaringizni muhokamalarda qoldiring !?

LiZA KADDI obrazining serialdan olib tashlanishi haqida Guruhimiz mavzularining "QIZIQARLI FAKTLAR" turkumidagi "KADDIning Ketishi" mavzusini qayta o'qib chiqishingizni maslahat beramiz !!!

#QiziqarliFaktlar

Комментарии

  • 22 июл 2015 20:59
    Hurmatli admin serialni oxirini  kurolmaganman. 1-marta serialni kurganimda balki kurgandirman  eslolmiyammanmi bilmadim. Sungi qism/ini Qisqacha tushunarli yozivorsez. Oldindan raxmat.
  • 22 июл 2015 20:59
    Hurmatli admin serialni oxirini  kurolmaganman. 1-marta serialni kurganimda balki kurgandirman  eslolmiyammanmi bilmadim. Sungi qism/ini Qisqacha tushunarli yozivorsez. Oldindan raxmat.
  • 23 июл 2015 06:47
    Xop mayli
  • 24 июл 2015 11:07
    "Doktor Xaus" - 8×22

    Qisqacha Voqealar rivoji :

    So'nggi qismni tushunish juda qiyin , bu qism Xausning Galyusinatsiyalari va real hayotning aralashmasidan iborat.
    Xausning ko'ziga Kartner ko'rina boshlaydi. Ular bemorni davolash ustida muhokamalar olib boradi.
    Xaus qandaydir yonayotgan bino ichida edi.
    Xaus guruhida Cheyz , Taob , Chi Park va Adams ishlayapti.
    Forman Kasalxona rahbari.
    Xaus yonayotgan bino ichida , yoniga Steysi , keyin Kemeron keladi. Ular gaplashadi. Xaus bu reallikmi yoki ro'yo ajrataolmay qoladi. Bino portlaydi. Xaus o'ladi...
    Hamma shunday deb o'ylaydi. Uning dafn marosimiga Kaddidan tashqari hamma keladi. Hamma so'zga chiqib u haqda eslaydi.
    Uilson gapirayotib nimanidir sezib qoladi va Xaus tirikligini anglaydi. U Xausni topadi.
    Forman - orzu qilgan narsasiga erishgan , ammo xursand emas.
    Cheyz - Adams yoki Parkni tanlashni bilmay sarson.
    Taub - qaysidir ma'noda baxtli.
    Kemeron - tibbiy bo'limda ishini davom ettirmoqda , u juda baxtli.
    Uilson saraton kasaligiga chalingan , uning atigi 6 oylik umri qolgan edi. Xaus va Uilson bu 6 oyni birga o'tkazishga qaror qiladi va qayerlargadir sayohatga ketishadi....
  • 24 июл 2015 11:07
    8×22 guruhimiz Videolariga O'zbek tilida Yuklangan , imkoniyatingiz bo lsa ko'ring !
  • 24 июл 2015 13:22
    Katta raxmat! Sog' buling.
  • 24 июл 2015 14:02
    Arzimaydi , kecha yoza olmadim uzur :-)
  • 24 июл 2015 14:24
    Muhimi yozdiz. :-)
  • 24 июл 2015 14:28
    Haa