Комментарии
- 10 авг 2015 06:26👑 SHUKURJON SHukurovHmm , yaxshi faqat ko'rinishi biroz g'alati
- 10 авг 2015 06:29👑 SHUKURJON SHukurovBa'zi suratlari bor ekan , ужас
- 10 авг 2015 06:43👑 SHUKURJON SHukurovХааа , boshqa kinolarda Xausdagidek aqlli emas deb o'ylayman
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
♥ DOKTOR XAUS
:♥♥The Great Dragon Kilgharrah♥♥
"DOKTOR XAUS" : "AKTYORLAR BIOGRAFIYASI" turkumidan :
SHARLIN YI !!!
Sharlinning onasi kelib chiqishiga ko'ra Filippin-ispan xalqidan , otasi esa koreys-irland , nemis-fransuz va amerika indeyslari qavmidan.
Sharlin Yi maktabni tugatgacha Kaliforniyadagi Riversayd universitetida o'qiydi , shu bilan birga rassomchlik bilan , keyinchalik esa badiiy ijod va musiqa bilan shug'ullanishni boshlaydi.
Fontana shahridan keyin Los-Anjelosga ko'chib keldi va Stiv Allen nomidagi va "Upright Citizens Brigade Theatre" teatrlarida namoyishlarda qatnasha boshladi.
2005-2006-yillarda u Nyu-York Xajviya Festivalining doimiy a'zosiga aylanadi. 2007-yilda "HBO"ning "U.S COMEDY ART FESTIVAL" tashkilotining chiqishlarida bosh qahramonni o'ynaydi , hamda ushbu festivalning yosh qatnashchilariga yetakchi etib tayinlanadi. Aspene va Kolorado shahrlarida yulduzga aylanadi.
"HBO"ning yosh yulduzi Sharlin Yi birinchi debyut filmi "OZGINA HOMILADOR" Komediyasiga taklif qilinadi. Film JADD APATOU tomonidan suratga olingan va 2007-yil 1-iyunda katta ekranlarga chiqadi. Uning ijodidan ilhomlangan Jadd Sharlinni 2008-yil "MONREAL" kino komediyasiga bosh rolga taklif qiladi.
Uning senariy muallifligi asosida "QOG'OZ YURAK" filmi suratga olindi. Bu filmda Sharlin faqatgina senariy muallifi emas , u filmning bosh prodyuseri , hamda bosh rol ijrochisi. Filmda Sharlin o'zini real hayotini o'ynagan , ya'ni Sharlin Yi hayotidan olingan ayrim voqealarni namoyish etishgan. Filmda bosh rolni aktyor Maykl Sera ijro etgan , shu film sabab Sharlin Maykl bilan tanishadi. Elkin ular hozir birga emas !
Shuningdek 2009-yilda "VENUS ZINE" Jurnalining "TOP-25 ENG MASHHUR AYOLLAR" ro'yxatidan joy oldi.
"Comedy Central" hali ham ushbu ko'rsatuvni tez-tez qo'yib turadi , ammo Sharlin va Martin ijrosidagi 7 ta epizod kesib tashlandi.
2011-12-yillarda Sharlin Yi "DOKTOR XAUS" serialining 8-fasliga taklif etildi. Koreys-Filippin qavmiga mansub Chi Park , g'azab nima ekanligini bilmaydigan , soddagina qizaloq obrazi Sharlin ijrosida juda ishonarli va haqiqiy chiqdi.
Ozgina Homilador (2007) , Monstro (2008) ,
"Yarim ustasi farang (2008) , Qog'oz Yurak (2009) ,
Hammasi Stiv haqida (2009) , Tezlik yoki Fast xonim (2010) ,
Mana 40 (2012)... va boshqalar.
Seriallari :
Yordam ber , yordam beraman (2006) ,
30-studiya (2007) ,
Dedektiv Rash (2007) ,
Dangasa (2007) ,
Miss Juided (2008) ,
Sevgi bu - Yovuzlik ! (2011) ,
Doktor Xaus (2011-12) ,
Yo Gabba , Gabba ! (2012) ...
Sharlin Yi haqida so'z ketar ekan bir narsani takiblab o'tish juda muhim.
U juda o'z filmlarda rollarni ijro etgan bo'lsada , shu filmlari ichida "Qog'oz yurak" , "Yordam ber , yordam beraman" va "Yo Gabba , Gabba !" filmlarida u o'z - o'zini , Sharlin Yi rolini ijro etgan. Bu uning filmlarining umumiy soniga qaraganda juda katta ko'rsatgich. Chunki hali Anjelina Joli ham o'zini 2 marta ijro etmagan. :-) .
Sharlin Yi - kulguli qiyofasi sababli asosan Komediyalarda o'ynagan , dramalarga bosh rollarga taklif qilishsa ham u rad etgan. Hozir bundan pushaymonda ekanligi haqida ko'p takrorlaydi. Chunki u rad etgan filmlari sabab yanada mashhur bo'lishi mumkinligini endi tushundi. U rad etgan "Jonginam" filmidagi bosh egizaklar rolini "DOKTOR XAUS" serialida Reychel Taub (Kriss Taubning rafiqasi) rolini ijro etgan aktrisa Jennifer Kristal ijro etgan.
Sharlin Yi haqida bilganlarimiz shulardan iborat edi. Sizni qiziqtirgan boshqa savollarga muhokamalarda javob beramiz ?!