Fevral oyining so'nggi kunlari bo'lishiga qaramay qaxraton qish hali-beri shashtidan tushganicha yo'q. Huddi umrimning ayozli kunlari uzoq davom etkani kabi shu yilgi qaxraton ham cho'zilib ketdi. Quyosh charaqlab turishiga qaramay uning qudrati qaxratonni mahv etib tabiatni uyg'otish uchun yetmayotganday go'yo. Avvallari fevralning oxiriga kelib odamlar ekin-tikin ishlarini boshlashar, sayroqi qushlar jonlanib, shabboda muattar bahor hidini gup etib dumoqqa urardi. Qorong'u sovuq kunlar sabablimi yoki o'z tashvishlarim tufayli bilmadimu, ammo shu yili qish fasliga bo'lgan nafratim oshib ketdi. Tuni bilan issig'im ko'tarilib tanam zirqib og'rib chiqdi. Inson tabiati qiziqda, faqat boshiga kulfat kelgandagina Parvardugorni eslab qoladi. Men ham bu tun yaratganga iymon keltirib, tonggacha qilgan tavbalarim Xudoyimga hush keldimi, hartugul yana bir tongni qarshiladim. Ko'zlarim birmuncha olayib rangi-ro'yim bo'zarib ketgan bo'lsada hayotga bo'lgan ishtiyog'im so'nganicha yo'q. Havo anchayin sovuq bo'lishiga qaramay ayvonchaga chiqib tabiat bilan suhbat quraman. Allaqachonlar bargidan ayrilgan daraxtlar so'ppayib qolgan, ular ham huddi mendek bahor kelishini intiqlik bilan kutayotgan bo'lsa ajab emas. O'z hayollarim bilan chuvalashib o'tirar ekanman qo'shni hovlida yig'layotgan bolakayning tovushini eshitaman. Bu bolakay Zamira kelinoyining o'g'li Alibek, u endigina besh yoshda. Bolakay ikki hovli o'rtasidagi devorning ag'anagan joyidan yig'lagancha bizning hovliga qochib o'tdi.. Shu yili yozda katta akam va Murod akaning ulfatchiliklari karomatiga o'rtadagi devorning ikki qadamcha joyi ag'anab ketdi. Voqea bunday bo'lgandi: yoz faslining jazirama kunlarida ekinlarni sug'orish uchun keladigan suv bizgacha yetib kelishi qiyinroq kechadi. Ikkiavlon esa rosa uch kun urinib to'rtinchi kun suv yoqalab kelishganu buni nishonlash lozim deb topib obdon "otamlashishgan", erta tong qarashsaki hammayoqni suv bosgan, devor esa ag'anab yotibdi. Yer sergigach davorni tiklab qo'yamiz deyishdiyu, biroq ularning bolalari va mening jiyanchalarim o'sha yerdan goh u hovliga goh bu hovliga o'tib o'ynay boshlagach na ular va na biz bunga botina oldik. Ko'chalar boshqa-boshqa bo'lgani uchun darvozadan kirdi-chiqdi qilish biroz o'ng'aysizroq, hartugul devor ag'anadiyu o'rtadagi mehr-oqibat ham jonlanib qoldi. Aslini olganda O'zbek xalqi mehr-oqibatli xalq, biroq zamon o'zgarib biroz chalg'idikmikan, aka-ukalar o'rtasiga ham devorlar tortildi. Yohud dunyoning ikir-chikirlari, tirikchilik pul degan arzimas narsalar qomu-qarindoshlar o'rtasida devor bo'lib qolganday... Zamira kelinoyi bolakayni tutib oldiyu hech ayamay kaltaklay ketdi. Zamira opa tabiatan ochiq ko'ngil, mehribon ayol, biroq o'g'lini shu zayilda kaltaklayotganini ko'rib biroz taajjublandim. Bolakay yerga yuztuban yotib olgancha chirqirab yig'lay boshdi. Shu payt bir g'alati hodisa sodir bo'ldi, hozirgina farzandini kaltaklayotgan ona bolasining yig'laganiga chidolmay o'zi ham yig'lab yubordi. Voqeani ichkarida o'tirgan Oyim ham kuzatib turgan shekilli hovliqib chiqib. - Hoy Zamiraxon nega bolani urasiz, o'zingiz ham yig'lar ekansiz nega unda kaltaklaysiz? - dedi. - Xa opa ko'rmaysizmi buni yomon ish qilibdi, beso'roq narsa olibdi, o'g'irlik qilibdi opa! Hozir jazolamasam yana takrorlaydida... Qolgan gaplar qulog'imga kirmay chuqur o'yga to'ldim, Onalarga oson emas ekan, ular umr bo'yi havotir bilan yashaydilar, "qizim tinch o'tirganmikan" "o'g'lim uydan uzoqda qiynalmayaptimi" "kattamning ishlari yaxshimikan" "bolam qalinroq kiyin" bolam manabuni ye" "bolam o'zingni ehtiyot qil", aksiga olib biz farzandlar beboshmiz o'zimizni o'qqa-cho'qqa urganimiz-urgan... o'z o'ylarim bilan bo'lib Oyimning jon kuydirib chaqirayotganini eshitmay ham qolibman. - Ha Ona tinchlikmi? - dedim. Onam esa allaqanday havotir, mehr bilan: - Nima qilib tashqarida o'tiribsan, axir o'zi shamollagan bo'lsang, kun chiqqani bilan sovuq, jon bolam ichkariga kir. - dedi, dumog'im achishib ketdi, xo'p dedimu jimgina kirib ketdim. Osmonning oxiri, yulduzlarning son-sanog'i, koinotning chegarasi bo'lmaganidek Ona mehrining ham chek-chegarasi yo'q!
ҲАЁТ ФАЛСАФАСИ
Ona Mehri (hikoya) - Oqil To'raqul
Fevral oyining so'nggi kunlari bo'lishiga qaramay qaxraton qish hali-beri shashtidan tushganicha yo'q. Huddi umrimning ayozli kunlari uzoq davom etkani kabi shu yilgi qaxraton ham cho'zilib ketdi. Quyosh charaqlab turishiga qaramay uning qudrati qaxratonni mahv etib tabiatni uyg'otish uchun yetmayotganday go'yo. Avvallari fevralning oxiriga kelib odamlar ekin-tikin ishlarini boshlashar, sayroqi qushlar jonlanib, shabboda muattar bahor hidini gup etib dumoqqa urardi. Qorong'u sovuq kunlar sabablimi yoki o'z tashvishlarim tufayli bilmadimu, ammo shu yili qish fasliga bo'lgan nafratim oshib ketdi. Tuni bilan issig'im ko'tarilib tanam zirqib og'rib chiqdi. Inson tabiati qiziqda, faqat boshiga kulfat kelgandagina Parvardugorni eslab qoladi. Men ham bu tun yaratganga iymon keltirib, tonggacha qilgan tavbalarim Xudoyimga hush keldimi, hartugul yana bir tongni qarshiladim. Ko'zlarim birmuncha olayib rangi-ro'yim bo'zarib ketgan bo'lsada hayotga bo'lgan ishtiyog'im so'nganicha yo'q. Havo anchayin sovuq bo'lishiga qaramay ayvonchaga chiqib tabiat bilan suhbat quraman. Allaqachonlar bargidan ayrilgan daraxtlar so'ppayib qolgan, ular ham huddi mendek bahor kelishini intiqlik bilan kutayotgan bo'lsa ajab emas. O'z hayollarim bilan chuvalashib o'tirar ekanman qo'shni hovlida yig'layotgan bolakayning tovushini eshitaman. Bu bolakay Zamira kelinoyining o'g'li Alibek, u endigina besh yoshda. Bolakay ikki hovli o'rtasidagi devorning ag'anagan joyidan yig'lagancha bizning hovliga qochib o'tdi.. Shu yili yozda katta akam va Murod akaning ulfatchiliklari karomatiga o'rtadagi devorning ikki qadamcha joyi ag'anab ketdi. Voqea bunday bo'lgandi: yoz faslining jazirama kunlarida ekinlarni sug'orish uchun keladigan suv bizgacha yetib kelishi qiyinroq kechadi. Ikkiavlon esa rosa uch kun urinib to'rtinchi kun suv yoqalab kelishganu buni nishonlash lozim deb topib obdon "otamlashishgan", erta tong qarashsaki hammayoqni suv bosgan, devor esa ag'anab yotibdi. Yer sergigach davorni tiklab qo'yamiz deyishdiyu, biroq ularning bolalari va mening jiyanchalarim o'sha yerdan goh u hovliga goh bu hovliga o'tib o'ynay boshlagach na ular va na biz bunga botina oldik. Ko'chalar boshqa-boshqa bo'lgani uchun darvozadan kirdi-chiqdi qilish biroz o'ng'aysizroq, hartugul devor ag'anadiyu o'rtadagi mehr-oqibat ham jonlanib qoldi. Aslini olganda O'zbek xalqi mehr-oqibatli xalq, biroq zamon o'zgarib biroz chalg'idikmikan, aka-ukalar o'rtasiga ham devorlar tortildi. Yohud dunyoning ikir-chikirlari, tirikchilik pul degan arzimas narsalar qomu-qarindoshlar o'rtasida devor bo'lib qolganday...
Zamira kelinoyi bolakayni tutib oldiyu hech ayamay kaltaklay ketdi. Zamira opa tabiatan ochiq ko'ngil, mehribon ayol, biroq o'g'lini shu zayilda kaltaklayotganini ko'rib biroz taajjublandim. Bolakay yerga yuztuban yotib olgancha chirqirab yig'lay boshdi. Shu payt bir g'alati hodisa sodir bo'ldi, hozirgina farzandini kaltaklayotgan ona bolasining yig'laganiga chidolmay o'zi ham yig'lab yubordi. Voqeani ichkarida o'tirgan Oyim ham kuzatib turgan shekilli hovliqib chiqib. - Hoy Zamiraxon nega bolani urasiz, o'zingiz ham yig'lar ekansiz nega unda kaltaklaysiz? - dedi.
- Xa opa ko'rmaysizmi buni yomon ish qilibdi, beso'roq narsa olibdi, o'g'irlik qilibdi opa! Hozir jazolamasam yana takrorlaydida...
Qolgan gaplar qulog'imga kirmay chuqur o'yga to'ldim, Onalarga oson emas ekan, ular umr bo'yi havotir bilan yashaydilar, "qizim tinch o'tirganmikan" "o'g'lim uydan uzoqda qiynalmayaptimi" "kattamning ishlari yaxshimikan" "bolam qalinroq kiyin" bolam manabuni ye" "bolam o'zingni ehtiyot qil", aksiga olib biz farzandlar beboshmiz o'zimizni o'qqa-cho'qqa urganimiz-urgan... o'z o'ylarim bilan bo'lib Oyimning jon kuydirib chaqirayotganini eshitmay ham qolibman. - Ha Ona tinchlikmi? - dedim. Onam esa allaqanday havotir, mehr bilan: - Nima qilib tashqarida o'tiribsan, axir o'zi shamollagan bo'lsang, kun chiqqani bilan sovuq, jon bolam ichkariga kir. - dedi, dumog'im achishib ketdi, xo'p dedimu jimgina kirib ketdim.
Osmonning oxiri, yulduzlarning son-sanog'i, koinotning chegarasi bo'lmaganidek Ona mehrining ham chek-chegarasi yo'q!