Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. * * * Oqar daryoga ham kimdir band bergan, Hayot kimga zahar, kimga qand bergan. Ey, g‘ofil, sarkash deb, meni kamsitma, G’anim senga emas, menga pand bergan. * * * Deydilar it hurur - o‘tadi karvon, Ranju balolardan yonmasin joning, Lekin alam qilar bir umr giryon Itlar orasidan o‘tsa karvoning.
ENG GÖZAL TÜRKCHA VA ÖZBEKCHA SHE'RLAR
:Janob dj roma
Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.
* * *
Oqar daryoga ham kimdir band bergan,
Hayot kimga zahar, kimga qand bergan.
Ey, g‘ofil, sarkash deb, meni kamsitma,
G’anim senga emas, menga pand bergan.
* * *
Deydilar it hurur - o‘tadi karvon,
Ranju balolardan yonmasin joning,
Lekin alam qilar bir umr giryon
Itlar orasidan o‘tsa karvoning.