Oksford Universiteti haqida

qiziqarli ma'lumotlar:
Haqiqiy nomi: University of
Oxford
Xalqaro nomi: University of
Oxford
Shiori: Dominus Illuminato Mea
(lotinchada) – Xudo – mening
yorug’ligim
Asos solingan yili Aniq yili
ma’lum emas, 1096 – yildan
o’qish ishlari olib borilgani
ma’lum.
Rektor: Endryu Gamilton
Talabalar soni: 20.330
Joylashuvi: Oksford, Oksfordshir,
Buyuk Britaniya.
Rasmiy sayti: www.ox.ac.uk Oksford Universiteti (ingl
University of Oxford) – Buyuk
Britaniya, Oksfordshir grafligiga
mansub Oksford shahrida
joylashgan. Yevropaning eng
qadimgi universitetlari ro’yhatida
ikkinchi o’rinni egallab turibdi,
Buyuk Britaniyadagi birinchi
universitet hisoblanadi. Aniq asos
solingan yili ma’lum emas, shuni
aytish mumkinki XI asrda ham
talabalarga dars berilgan. Buyuk
Britaniyaning eng yuqori darajali
20 Universiteti tarkibiga kiradi.
Unversitet fakultetlardan, 38 ta
kollejdan hamda 6 ta kollej
nomini olmagan yopiq o’quv
muassasasidan iborat. Kollejlarda
talabalar bilan darslar individual
va seminarlar tarzida o’tkaziladi.
Universitet asos solingan yili aniq
emas. 1167 – yilda Genrix II
xorijlik talabalarni Parij
Universitetida o’qishlarini
taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p
ingliz talabalari Fransiyadan ketib
Oksford universittida o’qishga
majbur bo’lganlar. Universitet
boshi kansler hisoblangan. Kata
mansabdor shaxslar universitet
rivoji uchun o’z xissalarini
qo’shishgan. Ulardan birinchisi
Uilyam Darem bo’lib, u 1249 –
yilda Universitet Kolledji (ingl
University College) ga asos
slogan. Bo’lajak Shotlandiya
qirolining otasi Ioann I de Balliol
nomi sharafiga Balliol Kolledjini
tashkil qilgan. Ingliz lord –
kansleri – Valter de Merton
kollejlar uchun qoidalar ishlab
chiqqan. Ushbu kollej Kembrij
kolleji va Oksforddagi boshqa
kollejlar uchun namuna bo’lib o’z
faoliyatini olib borgan.
Oksford kartasi, 1605 – yil
Universitetga qabul: Yangi o’quv
yili boshlanishidan oldin, oktabr –
noyabr oylarida talabalar
kollejlarga hujjat topshiradilar.
Maxsus komissiya faqat yuqori
baholi (A – level) abiturientlar
bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir
hollarda bo’lajak talabadan
yozma ishlar va yozma ravishda
test olinadi. Universitetga
kiruvchilar ingliz tilini mukammal
bilishlari zarur. Ta’lim – bepul
emas: bir yil uchun yashash
xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish
xarajatlari tanlangan
mutaxasislikka qarab to’lanadi –
san’at – 6300 funt; ilm – fan
8400 funt; tibbiyot – 15400 funt.
Magistratura va aspiranturada
o’qishni davom ettirish uchun
nomzodlar tegishli fakultetlarga
hujjat topshiradilar. Bir yilning
o’zida ham Kembrij, ham Oksford
Universitetlariga hujjat
topshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Universitet tuzilishi: Universitet
38ta kollej va 6ta yopiq o’quv
muassasalaridan tashkil topgan.
Hozirda Oksfordda 20000dan
ortiq talaba o’qisa, ularning
chorak qismi xorijliklar
hisoblanadi. Talabalar soni yozda
ingliz tili maktablari ochilganida
keskin ko’payib ketadi. Oksford
rektori – ser Kris Patten. Qizlar
1920 – yildan boshlab qabul
qilina boshlangan. 70 – yillardan
o’g’il va qiz bolalarni ajratib
o’qitish bekor qilingan. Oksford
o’qituvchilar shtabi da 4 mingga
yaqin o’qituvchi mavjud. Ulardan
70tasi qirollik jamiyati a’zolari,
100 tasi esa Britaniya
akademiyasi a’zolari hisoblanadi.
Universitetning asosiy
yo’nalishlari – ijtimoiy fanlar,
fizika, matematika, tibbiyot, hayot
haqidagi fan.
Bo’linmalar:
- Qadimgi tarix;
- Filiologiya, lingvistika va
fonetika;
- Qo’lyozmalar va rassomchilik
san’ati;
- Ingliz tili va adabiyoti;
- O’rta asr va zamonaviy tillar;
- Musiqa;
- Teologiya;
- San’atlar tarixi;
- Tibbiyot tarixi;
- Antropologiya;
- Biokimyo;
- Arxeologiya;
- Geografiya;
- Botanika;
- Zoologiya;
- Matematika; >br> - Statistika;
- Kimyo;
- Geologiya;
- Muhandislik fani;
- Fizika;
- Anesteziya;
- Kardiologik tibbiyot;
- Klinik laboratoriya fani;
- Klinik tibbiyot;
- Klinik farmokalogiya;
- Genetika;
- Oftalmologiya;
- Pediatriya;
- Psixiatriya;
- Jarrohlik;
- Tajribaviy psixologiya;
- Odam anatomiyasi va
genetikasi;
- Patologiya;
- Fiziologiya;
- Afrika;
- Braziliya;
- Zamonaviy Xitoy;
- Yaponiya;
- Rossiya va Sharqiy Yevropa;
- Janubiy Osiyo;
- Iqtisodiyot;
- Huquq;
- Menejment;
- Siyosat va xalqaro aloqalar;
- Qo’shimcha ta’lim;
Oksford faqatgina
Universitetgina emas, balki
dunyo bo’yicha yirik ilmiy
izlanishlar olib boriladigan joy
hamdir. Universitet 100dan ortiq
kutubxonalar, muzeylar va o’z
nashriyotiga ega. 300dan ortiq
to’garaklar mavjud. Bulardan
tashqari sportga ham kata e’tibor
beriladi.

Oksford Universiteti haqida
 - 584693956965

Комментарии