Atmosfera nimalardan tarkib topgan?

Oy va uzga sayyoralarning kashf
etilishi haqida gap borganda, eng
avvalo, ularda atmosfera bormi,
degan savol urtaga quyiladi.
Zamonaviy falakiyot fanida qayd
etilishicha, koinotdagi birorta
ham sayyora yoki yulduzlar
Yerdagiga uxshash atmosferaga
ega emas.
Endi atmosferaning uzi nima,
degan savol tug‘iladi. Biz
atmosferani bir necha yuz mildan
iborat qalinlikda Yer kurrasini
qurshab turgan havo ummoni
tarzida tasavvur qilamiz. Bu havo
ummoni butun Yer kurrasi
bo‘yicha bir xil xossaga ega.
Uning tarkibi asosan
mutanosibligi uzgarmaydigan
gazlardan iborat. Bu gazlarning
taxminan 78 foizi azot, 21 foizi
kislorod, qolgan bir foizini
kamyob gazlar — argon, neon,
geliy, kripton va ksenon tashkil
etadi. Yer kurrasini 18, ayrim
holatlarda 44 milgacha qalynlikda
urab turgan havo ummonining
kimyoviy tarkibi bir xil.
Atmosferaning yerga yaqin
qatlami troposfera deb ataladi.
Yer sathidan 18 dan 31 milgacha
balandlikdagi havo qaynoq, Selsiy
shkalasi bo‘yicha taxminan 42
darajaga yetadi. Mazkur
qatlamning qaynoqligi uning
tarkibidagi ozonning quyoshdan
kelayotgan issiqlikni uziga
yutishidan sodir buladi. Ozon —
kislorodning uzgacha, uch
molekulali shakli bulib, u Yerni
Quyoshning utkir ultrabinafsha
nurlaridan muhofaza qiladi. Ozon
qatlamisiz yerdagi lsami tirik
jonzotlar quyosh nurlariga dosh
berolmagan bulardi.
44 dan 310 milgacha balandlikda
Quyosh nurlarining elektrlangan
zarralaridan iborat ionosfera
qatlami boshlanadi. Yer sathidan
balandlashgani sayin atmosfera
siyraklasha boradi. Bunda
pastdagi molekulalar tepadagilar
bilan tuqnashganda koinotga
tarqalib, atmosfera ham
siyraklashib borib tutaydi. 400
dan 1500 milgacha balandlikdagi
— ekzosfera deb ataluvchi
qatlamda atmosferadan ajralib
chiqqan alohida havo
molekulalari deyarli erkin
harakatda bo‘ladi.

Комментарии

Комментариев нет.