Lev Yashin haqida : so'ralgan malumotlar.
Lev Yashin Ivanovich futbol bo'yicha 1-jahon chempionatidan bir yil oldin 1929-yil 22-oktabrda Rossiya poytaxti Moskvada tug'ilgan.Butun faoliyati davomida Dinamo futbol klubi va SSSR terma jamoasi uchun o'ynagan. Olimpiada chempioni 1956-yil. 1960-yilgi Yevropa chempioni.5-marta SSSR chempioni, KPSS azosi , Polkovnik. Hullas sanaydigan bo'lsak uning erishgan yutuqlari davlat tomonidan berilgan mukofotlari juda ko'p shuning uchun asosiy malumotlarga qaytamiz.
To'liq ismi: Yashin Lev Ivanovich
Pozitsiyasi: darvozabon
Laqabi: qora panterra,qora o'rgimchak(doim qora libosda maydonga tushgan va juda chaqqon bolgani uchun)
Fuqaroligi; SSSR
1990-yil 20- martda 60 yoshida vafot etgan.
Faoliyatini Dinamo xokkey jamoasi boshlagan.
FIFA (10) , WORLD SOCCER(10), Frans footbal(10),Placar(12) va MFFIIS(9) martadan va yana ko'plab jurnal,saytlar tomonidan dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. Siz ham tan olsangiz bolaveradi.
Eslab qoling Yashin 1963-yil Oltin to'p sovrinini qo'lga kiritgan.
1971-yil 27-mayda ozining songgi uchrashuvini 107-ming tomoshabin qarshisida otkazadi. Bu uchrashuvda dunyoning osha paytdagi eng zor futbolchilari Bobby Charlton, Eysebio,Gerd Muller kabi yana bir qator yulduzlar tashrif buyuradi.
1990-yili 18-martda Yashinga Millat qahramoni unvoni beriladi afsuski qahramonimiz bu unvonni atigi 2-kun taqib yurdi.20-martda Rak kasali tashxisi bilan vafot etadi.
Dunyoning juda kop mamlakatlarida uni nomiga yodgorliklar o'rnatilgan.
2019-yil Lev Yashin(orzuimdagi darvozabon)filmi dunyo yuzini kordi.
Dunyo futboli yuzduzlari Yashin haqida.
Yashinga qarshi oynaganimizda har doim menga Yashin juda kattadek darvoza esa juda kichkinadek tuyulardi.Hatto birga bir vaziyatdaham men qayerga tepishni bilmas edim..
Sandro Massola(Sobiq Italiya va Inter futbolchisi)
U bilan birga dostlashganimdan juda hursandman.Biz u bilan bir tilda futbol tilida sozlashar edik. U shubhasiz eng zori edi.Bir marta men uning darvozasi tomon juda kop zarba bera boshladim sherigim yonimga keldi va nima qilyapsan ahir bu Yashinku sen baribir eplay olmaysan dedi. Men uni darvozasini baribir ishgol etdim va yoniga kelib dostim kechir men hujumchiman sen darvozabonsan men gol urishga sen esa darvozani qoriqlashga majbursan. U menga qarab jilmaydi va hammasini tushundi
Eysebio
Yashin shubhasiz barcha davrlarning eng zor darvozaboni bolib qoladi.Esimda
1966 yil men unga juda muhim bahsda gol urdim lekin bu shunchaki omad edi ishonasizmi topni qaytarish uchun uni qollari ozgina yetmay qolgandi.
Frans Bekkenbaur
Yashinni ko'pincha qora panterra deb atashardi bizga esa u huddi mahluq,super odamdek ko'rinardi.
Raymon Kopa (Fransiyalik futbolchi 1958-yilgi Oltin top sohibi)
internet malumotlari orqali to'plandi: Doniyor Rahimov
Rahimov
Hijolat bo‘lmang aka