28 мая 2017

Bu turnirlar chindan ham futbol uchun keraksizmi?

Yevropa ligasi
Afsonaviy klassika: o’z chempionatlarining eng yaxshi jamoalari bir turnirda yig’ilishadi va kim zo’rligini aniqlashadi. Van Damm suratga tushgan kinolardagi kabi Chempionlar ligasi ham shunday. Chempionlar ligasi turgan joyda Yevropa ligasining nima keragi bor, tushunarsiz holat. Ikkinchilar orasida kim zo’rligini aniqlashning nima keragi bor? Ayrim kuchli klublar o’z chempionatida oltinchi o’rinni egallab, o’zidan kuchsiz bo’lgan jamoalar orasida tushib qolishadi. Top klublar uchun Yevropa ligasi mashg’ulot kabi o’yinlardek o’tadi. Ikkinchi tarkib, yosh o’yichilarga imkoniyat. Kuchsiz jamoalar yutishgan taqdirda ular uchun haqiqiy bayram.
Yevropa Superkubogi
Ikki turnir g’oliblarini bir-biri bilan to’qnashtirishning nima keragi bor? Birinchi klub ikkinchisidan yaqqol ustunligini bilib turgan holda. Bu toifadagi o’yinlar hech qachon superfinal bo’la olmaydi. Superkubokni kim yutishini hamma oldindan biladi. Shuning uchun bu ham bekor o’tadigan final va turnir.
Superkubok o’yini keraksiz ekanini hatto ularning rahbariyati juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham yutgan jamoa katta pul olmaydi. Yana Jahon chempionatiga baribir Chempionlar ligasi g’olibi ketadi.
Klublar o’rtasida Jahon chempionati
Bu yerda, aksincha, juda kuchli g’oya. Biroq juda ham xunuk holat. Jahon futbol klublari har xil va Yevropa klublari bilan tenglashish juda ham qiyin masala. Bu hammaga ayon. Shunday ekan, nima uchun boshqalar bundan aziyat chekishi kerak va Chempionlar ligasi g’oliblari faqat yarim final va final uchrashuvlariga ishtirok etishlari kerak ekan? Bu fikrni hatto Yekaterina II ham qo’llab-quvvatlamagan. Katta chempionatga aylanishi mumkin bo’lgan turnir oddiygina kam tomoshabinlarni o’ziga jalb qiladigan chempionatga aylanib qolgan. Jamoalar bir necha kunga Yaponiyaga yo’qolib ketishadi, xolos.
Liga kubogi
Xo’p, mayli. Chempionat bor, unda jamoalar mavsum davomida sinovlardan o’tishadi, Kubok bor, u yerda ham har zamonda ikkinchi tarkib bilan bir-birlari bilan kuch sinashadilar va yana Superkubok o’yini ham bor, u yerda ham ikki chempionlar o’zaro kuch sinashadi. Shuncha turnir bor joyda, Liga kubogining nima keragi bor? Liga kubogi ham xuddi Yevropa ligasiga o’xshaydi. Faqatgina undan ham keraksizroq. Bunday keraksiz turnir faqatgina Portugaliya, Fransiya va Angliya davlatlarida o’tkazilmoqda. O’z mashhurligini faqatgina Angliya saqlab qolyapti, chunki Angliya klublari hamma chempionatda ishtirok etishni xohlashadi. Hatto ikkinchi tarkib o’ynasa-da va final bahor faslining boshida o’tkazilsa-da.
Konfederatsiyalar kubogi
Konfederatsiyalar kubogini ham qiziqarsiz va keraksiz turnir deb hisoblayman. Bunday olib qaraganda, chempionat qiziqarlidek: qit’alar chempionlari bir-birlari bilan bahs olib borib, turnirning har bir o’yini final kabi bo’ldigandek. Aslida esa Konfederatsiyalar kubogi qiziqarsiz ekanligini 2 ta omil bilan tushuntirsa bo’ladi.
Birinchisi. Jahon chempionati bor joyda nima keragi bor yana kuchlilarni aniqlashning? Jahon chempionatining o’zida Germaniya terma jamoasi hammaga hamma narsani isbotlab berdi.
Ikkinchisi, terma jamoa musobaqalari inqirozga tushib qolgan. Klublar o’sishda davom etishmoqda, terma jamoalar esa aksincha. Mavsum o’rtasidagi o’yinlar uchun to’xtalishlar hech kimga yoqmayapti, ayniqsa, klub murabbiylariga. Yaxshisi terma jamoa o’rtasidagi turnirlar o’z statuslarini ko’tarishsin, Konfederatsiya kubogi esa tarixda qolsa hamma uchun yaxshi bo’ladi deb o’ylayman.
Manba penalti.uz

Bu turnirlar chindan ham futbol uchun keraksizmi? - 855848844913
Ixtiyor

Комментарии

  • 28 мая 2017 11:54
    υñ∂αу вυℓѕα fυт∂вσℓñιñg ñιмα кєяαgι вσя
  • 28 мая 2017 11:57
    Futbol raxbarlari shuni yozgan odamdan aqillidir..yo bu uzini shunchalik aailli dib bilamikin.Futbol bu beznis
  • 28 мая 2017 11:57
    Umiman fudbolni òzi nima keragi bor db ochiq oydin gapiabszda..:-D
  • 28 мая 2017 11:59
    Bu mavzuni milliy termamizga aytganizda ...szni peshonayzdan upib quyishardi..bzani xam tushunadigan odam borakan db:-D
  • 28 мая 2017 11:59
    Bu mavzuni milliy termamizga aytganizda ...szni peshonayzdan upib quyishardi..bzani xam tushunadigan odam borakan db:-D
  • 28 мая 2017 12:09
    Umuman futbolga qiziqmay nimaliginiham bilmas ekan bu bola. Fudbol afsonalari unab qadirlagan bu ligalarni
  • 28 мая 2017 12:17
    Moderni aytyapsizmi futbolni tushunmedigon bola ekan deb
  • 28 мая 2017 12:34
    Konfederatsiya kubogi Brazela  2013 J Ch Espanya Brazela uyini muhlislar yodidan chiqmagan bulsa kerak ajoyib jangovor ruhda utgandi tug‘risini shunga uxshash  qiziq uyin guvohi bulganim yuq
  • 28 мая 2017 12:35
    .
  • 28 мая 2017 12:38
    Yevropa super kubogi Real - Yuventus g‘olibi bilan Man Yu ni uyini hechkimni befarq qoldirmaydi va ajoyib buladi oldindan kim  g‘olibligini xechkim aytolmedi
  • 28 мая 2017 12:41
    kim yozdi buni..?
  • 28 мая 2017 12:59
    Uzb milliy chempionati nima keragi bor deb yozsa bulardiku Uzb kubogi ham indamasa osiyo chempionati ham nima keragi bor deb yozadi
  • 28 мая 2017 13:28
    Buni gaplarni aytgan odamni nima keragi bor ? U Fudbollni tushunmay turgan holda !
  • 28 мая 2017 13:33
    Chelsi CHL da
    Atletiko Yevropa ligasida
    Chempion bóganida super kubokni Atletiko olgandiku "aqlli" maqolachi.
  • 28 мая 2017 13:43
    El Classico qachon bo'ladi
  • Комментарий удалён.
  • 28 мая 2017 14:08
    Nima deyapasiz oziyizdan oziyiz
  • 28 мая 2017 14:55
    Unda sizda Qanaqa Goyalar bor Shu mavzudayam gapirinchi Agar shu turnirlarni Yoq qilish uchun Kamida 10 15 yil vaqt utadi
  • 28 мая 2017 15:36
    UzReport superkubokni olib beradimi real barsa o'yinni
  • 28 мая 2017 17:10
    Qisqa qilib aytganda futbolni nima keragi bor demabdida
  • 28 мая 2017 17:19
    Agar mana bunday futbol  turnirlari bo'lmaganda futbolni qizig'i qolmasdi
  • 28 мая 2017 19:04
    Тушунмадим гурух футбол хакида буса унда бунака ёзиб нима кераги бор ёзганакан гурухни нима кераги бор
  • 28 мая 2017 21:17
    булмаса умуман футболни нима кераги бор