8 июл 2017

Islom To'xtaxo'jaev: "Murabbiy o'zgarmagani yaxshi bo'ldi"

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev MY5 telekanalining "Achchiq choy" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
Futbolchi terma jamoa haqidagi savolga ham javob berdi.
"JCH-2018 saralashida oldimizda ikkita o'yin qoldi. Agar murabbiy o'zgarganida ko'p narsa o'zgarib ketardi. SHu sababli Samvel Babayanning qolgani yaxshi bo'ldi. CHunki qisqa vaqt ichida o'zgarishlarga ko'nikish juda qiyin. Janubiy Koreyaning murabbiy almashtirgani biz uchun foydali bo'ldi", - deydi Islom To'xtaxo'jaev ko'rsatuv jarayonida.
- Nima uchun Erondan oldin Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi?
- To'g'risi men ham bunga tushunmadim. Tailand bilan Eronni solishtirib bo'lmaydi. O'yin uslubi ham bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Javob bera olmayman bu savolga. Savolni o'yin tashkilotchilariga bergan to'g'riroq, - deydi Islom To'xtaxo'jaev.
- Oliy liga saviyasi haqida fikringiz qanday?
- Milliy chempionat saviyasi pastroq. Talablar pastroq. 35-40 issiqda o'ynayapmiz. Bunday issiqda yuqori tezlikda o'yin bo'lmaydi. Nega bunchalik erta qo'yildi deb so'rasak yoritish tizimida muammo borligini aytishadi. Maydon holati...futbol o'ynash uchun qiyinda to'g'risi. "Lokomotiv", "Paxtakor", "Olmaliq"..."Bunyodkor" stadioni yaxshi ammo maydoni u qadar yaxshi emas. Televizorda yashil ko'rinadi, ammo maydonga tushib o'ynaganda jarohat olish xavfi yuqori", - deydi himoyachi.
Islom to'xtaxo'jaev uchun blic-savollar:
- O'zbekiston terma jamoasining eng zo'r himoyachisi?
- Anzur Ismoilov
- Eng yaxshi yarim himoyachi?
- Aziz Haydarov
- Eng yaxshi hujumchi?
- Aleksandr Geynrix
- Terma jamoaning eng yaxshi futbolchisi?
- SHaxsan men uchun Aziz Haydarov
- O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng kuchli murabbiy?
- 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida chempion qilgan murabbiy (Rustam Akramov - tahririyat).
Manba: championat.asia

Islom To'xtaxo'jaev: "Murabbiy o'zgarmagani yaxshi bo'ldi" - 857278445169
Farid Yusuf

Комментарии

  • 8 июл 2017 22:59
    yiban xudi yutadgande
  • 8 июл 2017 23:08
    E chumo san qarshiya kelib Nasafni stadionini kurginda keyin vakkila telivizordan qanday kursatishini
  • 8 июл 2017 23:23
    Baltun

    :-@


    Xammen bir görsanlar


    Bowliģinxam undan kattasiyam
  • 8 июл 2017 23:28
    Хаммаси порахор пул учун уйнайди футболни
  • 8 июл 2017 23:33
    Balkim poraxordur

    Lekin buladan bir nima ciqmedi

    Tajriba yoq talant yoq dux yoq

    Maydonda mojiza yaratolmedi

    Faqat murabbiydi aytganini qiliw emas ozixam bir nimalar oylap topiw kere

    Men uff di yomon demiman

    Qaysidir joyda jon kuyar insonlar bor  sen menga tegma men senga tegmiman bu bitmas iw boldi bizga
  • 9 июл 2017 00:32
    Islom bu gapin bilan nma demokchsan balkim xameni yokotiw davr kelgandur
  • 9 июл 2017 01:42
    Лаганбардорлар бор экан,шу тарика давом этади Узбек Фудболи "ривожланишда",перед...?!
  • 9 июл 2017 02:01
    Бабани хайдамагани Яхши булди сен товук миялар Яна 10 йил термада чичиб юрасанлар
  • 9 июл 2017 04:07
    Uni almawtirib buni tuwirsa yutadi dgan gaplani yig'iwtirila e.
    Bu babani qoliga 11 ta super yulduzni berib qoysayam taktika yoq bosa bir tiynku
  • 9 июл 2017 07:48
    Бабайанга сокка тулаб куйганде бу агар бабайан кетиб бошкаси булса бу уйинга тушмийди 100%
  • 9 июл 2017 07:50
    Яна уша гаплар кун исиб кетди мазам булмади дадам бн ойим уришиб колганди ушанга ностренам бомади дган от маскалар яна🏻
  • 9 июл 2017 10:31
    Узб да футболни тубдан янгилаш кере пули бор эмас туп тепишни биладиган лар уйнаши кере
  • 9 июл 2017 10:34
    Нахот 32 млн халкдан 11 дона уйинчи чикмаса чикади синчиклаб кузатса 11 минг чикади
  • 9 июл 2017 14:04
    Ха энди руслар айтадику йомон раккосга анавуниси халакит беради деб
  • 9 июл 2017 23:14
    Ислом тухтахужаевдан 15 марта яхши уйнайди химояда фамин