13 iyul 2017

Lakazett debyut o'yinidayoq gol urdi, "Arsenal" "Sidney"ni mag'lub etdi + FOTO

Evropa jamoalari 2017-2018 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.
Londonning "Arsenal" klubi biroz avval nihoyasiga etgan bahsda Avstraliyaning "Sidney" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qizig'i, yaqindagina "Lion"dan sotib olingan hujumchi Aleksandr Lakazett 68 daqiqada Uelbekning o'rniga maydonga tushib, 15 daqiqadan keyin Ivobining o'ng qanotdan erlatib etkazib bergan pasidan keyin o'z hisobiga "kanonirlar" tarkibidagi birinchi golni yozib qo'ydi. Londonliklarning yana bir goliga Per Mertesaker mualliflik qildi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Sidney, 13.07.2017
"Sidney" - "Arsenal" 0:2
Gollar: P.Mertesaker 4, A.Lakazett 83
Amalga oshirilmagan penalti: D.Uelbek 56 (darvozabon)
"Arsenal": CHex (Martines, 46), Belik (Meytlend-Nayls, 70), Mertesaker (Jaka, 70), Kolashinac (Monreal, 70), Koklen (Oksleyd-CHemberlen, 70), Uillok (Elneni, 69), Nelson (Nketia, 70), Bremoll (Melen, 70), Ozil (Ivobi, 68), Uolkott (Jiru, 70), Uelbek (Lakazett, 68).
Manba; uzfifa.net Muhammadsodiq

Lakazett debyut o'yinidayoq gol urdi, "Arsenal" "Sidney"ni mag'lub etdi + FOTO - 857432873841
Lakazett debyut o'yinidayoq gol urdi, "Arsenal" "Sidney"ni mag'lub etdi + FOTO - 857432884849

Şərhlər

  • 13 iyul 2017 18:20
    маладце арсенал. Лаказетте бошлабди
  • 13 iyul 2017 18:56
    qoileeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeee
  • 13 iyul 2017 18:59
    Sanchez kettimi arsenaldan
  • 13 iyul 2017 20:11
    oybek BEK cavab verdi (( AFc ))
    yoq kanfedratsiya kubokida iwtirok etgani uchun Venger unga va Mustafiga dam berdi
  • 13 iyul 2017 20:11
    Yoge u dam olyabdi sababi konfirensalar kubigida oynagani ucun
    Belarin mustafi sanchezla dam ovoti
  • 13 iyul 2017 20:17
    «Наполи» клуби мавсумолди тайёргарлиги доирасида ҳаваскорлар жамоаси билан ўйнади.Италия 7-лигасида тўп сурадиган «Анауниа» клубига қарши ўтказилган ўйин профессионалларнинг 17:0 ҳисобидаги ғалабаси билан тугади. Бу натижа мавсум рекордидир.Учрашувда Дрис Мертенс 6та, Аркадиуш Милик 3та, Жаккерини ва Инсинье 2тадан, Аллан, Максимович, Рог ва Паволетти биттадан гол урди.
  • 17 iyul 2017 19:22
    Hm boldi boldi qogan bosa zor ish boptide