20 ноя 2017

Rossiya futbol sayti O'zbekiston terma jamoasi o'yinini "g'amgin o'yin" deb atadi

Rossiyaning eng mashhur saytlaridan biri Championat.com jahon chempionatiga chiqa olmagan sakkizta terma jamoaga alohida to'xtalib o'tdi. Rus hamkasblarimiz etiboridan JCH-2018ga bora olmaydigan O'zbekiston terma jamoasi ham o'rin oldi.
Maqola muallifi Gollandiya, Uels, Italiya, Slovakiya, AQSH, CHili, Kamerun va O'zbekiston milliy terma jamoalarining nima uchun jahon chempionatiga chiqa olmaganini sabablar bilan keltirib o'tgan.
Masalan, Gollandiyaning chiqa olmaganiga avlodlar almashinuvi, Uelsga Beylning jarohat olgani, Slovakiyaga reglament g'alati kelgani, Italiyaga murabbiyning o'zboshimchaligi, AQSHga autsayder jamoadan mag'lub bo'lgani, CHiliga o'yinchilarning spirtli ichimlik istemol qilgani, Kamerunga esa doimiy janjallar xalaqit bergani aytib o'tilgan.
O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga yo'l ola bilmaganini esa rus futbol sayti "g'amgin o'yin" tufayli deb atadi. Ular bizga shunday baho berishgan: O'zbekiston saralashning ikkinchi raundini ajoyib tarzda o'tkazdi: ettita g'alaba va atigi bir mag'lubiyat. Jamoa keyingi bosqichni ham yaxshi boshladi, biroq qaysidir vaziyatlarda o'ziga o'xshamay qoldi. O'zbekistonning Suriyaga mag'lub bo'lishi umuman kutilmagan hol bo'ldi. Oxirgi Janubiy Koreya bilan kechgan bahsda esa o'ta g'amgin (mayus) futbol namoyish etishdi. Natijada bu jamoa to'plar nisbatiga ko'ra Suriyani uchinchi o'ringa o'tkazib yuborib, o'zi to'rtinchi o'rin bilan cheklandi.

Rossiya futbol sayti O'zbekiston terma jamoasi o'yinini "g'amgin o'yin" deb atadi - 861768913265
((Farida))

Комментарии

  • 20 ноя 2017 18:23
    Moylovini kesish kerak butundunyoga sharmanda qildi g'амgin oyin bir tomondan haqiqatdan ham
  • 20 ноя 2017 18:30
    Вir nimа  dеyishgа hаm hаyronmаn.uyin umumаn yuq еdi
  • 20 ноя 2017 20:18
    Taktika amiga kirgan dib nom olgan holatta 6yin olib borildi
  • 20 ноя 2017 20:19
    2026 йил чикади сабаби жепаров сергеев лобановлар фаолиятини тугатади*)
  • 20 ноя 2017 21:14
    G'amgin uyin boladida termamizni uyinchlari bola chaqasini uylab joylash yoshiga yetib keldiku
  • 20 ноя 2017 21:19
    mayus g'aflat bosgan jamoa.
  • 20 ноя 2017 22:14
    Yana shu mavzumi
  • 21 ноя 2017 01:31
    Taktika bolmagandan keyin gamgin boladida
  • 21 ноя 2017 05:25
    Ruslar xaliyam yumshoqroq tarif beribdiku, aslida kelishilgan deyish kerakmidi...
  • 21 ноя 2017 06:14
    Gamgin futbol va Igor Babayan sabab boldi8oi 8oi
  • 21 ноя 2017 06:31
    Hali joxon chenpiyanatigayam chiqadi õzbegiston tarkipti tozalap yuborishsa qatarga bordi uzb
  • 21 ноя 2017 07:53
    БАБАЯНГА ИШОНГАН БИЗ АХМОК!
  • 21 ноя 2017 18:41
    Эслатмангар шуларни ярамаз ватан хойинларин и
  • 22 ноя 2017 10:52
    Булар бн келишмастанам ютишти
  • 23 ноя 2017 14:36
    Baba yugurmasdan j ch ga chiqmoqchidi qarasa labanov bn sergeyev yugura bowladi asosiy sabab wu