5 июн 2018

Kafu: "Braziliyada 220 mln murabbiy bor"

Braziliya terma jamoasi bilan ikki marta jahon chempioni bo'lgan (1994, 2002) Kafu "pentakampeonlar"ning JCH-2018dagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Braziliya terma jamoasidan ko'prog'ini kutyapman. Bizning terma jamoamiz ijobiy natijalar qayd eta olishadi, chunki ular so'nggi uchrashuvlarda o'zlarini ko'rsata olishdi. Bu esa Rossiyadagi mundialda chempionlikdan umid bermoqda.
Braziliya - favorit, ammo bu jahon chempionligi degani emas. G'oliblik uchun Germaniya, Ispaniya, Franciya, Argentina kabi termalar ham asosiy davogar jamoalardir. Biroq braziliyaliklarning o'z suyuklilaridan umidi katta. Tushunyapsizmi, Braziliyada 220 mln aholi bor, ularning barchasi - 220 mln nafari murabbiylardir (kuladi). Qachonki biz mana shunday yirik turnirlarda qatnashsak, ular faqatgina g'oliblikni istashadi. Nasib qilsa, Braziliya turnirda ajoyib qatnashadi",- dedi Kafu.
Braziliya termasi mundialda SHveycariya, Kosta-Rika va Serbiya kabi raqiblari bilan bahs olib boradi.
Manba: Goal.com #Manuchehr
(akhmadaliev)

Kafu: "Braziliyada 220 mln murabbiy bor"
 - 869901671281

Комментарии