“U telefon qilsa ham ko'tarmagan bo'lardim.

Balki unga yangi jamoa topishi uchun tanlov ham o'tkazib berarmiz?” — FFF rahbari

“U telefon qilsa ham ko'tarmagan bo'lardim. - 937607546298
Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Noel le Gre terma jamoa boshqaruviga Zinedin Zidanni tayinlash haqida mish-mishlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.

“Oldinga yurish vaqti keldi? Nimani nazarda tutayotganingizni bilmayman, Zidan doim yaqin atrofda bo‘lganini bilaman, qandaydir hikoyalar to‘qish shart emas. Uning tarafdorlari ko‘p edi va ayrimlar Deshamning ketishini kutdi. Biroq kim Didyega jiddiy ayb qo‘ya oladi? Biz yomon o‘yin o‘tkazishimiz mumkin, biroq u bilan 10 yildan beri ishlayman va xatolar u qadar ko‘p bo‘lmadi. Bu ajoyib.

Zidan Braziliya terma jamoasida? U bilan ishim yo‘q. Hech qachon u bilan uchrashmaganman, biz hech qachon Desham bilan xayrlashish haqida o‘ylamaganmiz. Bularning hammasi noto‘g‘ri. Ochig‘ini aytsam, men hech qachon oldindan hukm chiqarib qo‘yadiganlar tomonida emasman. Zidan qayerga borishni xohlasa borishi mumkin, istagan klub yoki terma jamoaga.

Zidan men bilan aloqaga chiqishga urindimmi? Mutlaqo yo‘q! U qo‘ng‘iroq qilgan taqdirda ham telefon go‘shagini ko‘tarmagan bo‘lardim. Unga boshqa klub qidirishni aytish? Balki u klub yoki terma jamoa topishi uchun maxsus tanlov ham o‘tkazib berarmiz?”, — deydi FFF rahbari.

Avvalroq Zinedin Zidan uchta terma jamoadan kelgan takliflarni rad etgani va u faqat bitta jamoani boshqarishni istayotgani haqida xabar bergan edik.

Комментарии

  • 9 янв 2023 22:56
    **** керак сенга Зидан Францияга бош мурабий булиш бошка клуб ёки терма жамоани бушкар