Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon

Chempionati 2014 haqidagi
maqolamizning 2-qismi...
Guruh baxslari uchun 32ta terma
jamoalar qur'a yo'li orqali
saralanib olindi. Qur'a jarayonida,
jamoalar 4ta savatchaga 8tadan
( Braziliya terma jamoasi bilan
birga) jahon reytingida tutgan
o'rni boʻyicha solindi. O'tgan
turnirlardagidek, FIFA bu safar
ham bitta mintaqadan, bitta
konfederatsiyadan bo'lgan terma
jamoalarni (Yevropa bundan
mustasno) bitta guruhga tushib
qolmaslgi uchun bitta savatchaga
joyladi. Birinchi savatchaga
Braziliya bilan birga qolgan
reytingda eng kuchli bo'lgan
jamoalar joylandi.
1-
savatcha (Kuchlilar)
2-
savatcha (Afrika
& Janubiy
Amerika)
3-
savatcha (Osiyo
& Shimoliy
Amerika)
4-
savatcha (Yevropa)
Braziliya
Argentina
Kolumbiya
Urugvay
Belgiya
Germaniya
Ispaniya
Shveytsariya
Jazoir
Kamerun
Kot d'Ivuar
Gana
Nigeriya
Chili
Ekvador
Avstraliya
Yaponiya
Eron
Janubiy
Koreya
Kosta Rika
Gonduras
Meksika
AQSh
Bosniya va
Gersegovina
Xorvatiya
Angliya
Fransiya
Yunoniston
Italiya
Gollandiya
Potugaliya
Rossiya
Ushbu chempionat uchun oxirgi
qur'a tashlash marosimi, 2013-
yilning 6-dekabrida Baiyaning
Mata di San Juan shahridagi
Costa do Sauípe Resort
mehmonxonasida bo'lib
o'tdi. Marosim FIFA bosh
kotibi Jerome Valcke va
braziliyalik mezbon
ayol Fernanda Lima tomonidan
ochib berildi, hamda keyingi
sakkiz jahon chempionati
g'oliblari boʻlgan millatlardan 8ta
mashxur sobiq futbolchilar: Cafu,
Fabio Cannavaro, Alsides Gidja,
Fernando Hierro, Jeff Herst, Mario
Campes, Lotar Matteus va
Zidedine Zidanelar
savatchalardan sharlarni olishda
ko'maklashdi. Qur'a
jarayonida, terma jamoalar
geografik mintaqalarga ajratilib
to'rtta savatchalarga joylashtirildi,
Yevropaning bitta jamoasi 4-
savatdan 2-savatchaga
o'tkazildi. UEFA a'zolari
maksimum 2 tasi bir guruhda
joylashishi mumkin, boshqa bitta
konfederatsiyadan bo'lgan terma
jamoalar bitta guruhga
tushmadigan bo'ldi.
Hakamlar
FIFA turnirga 52ta hakamlarni
tanlab oldi, har bir hakam 2
tadan yon hakamlari bilan
qatnashadi. Hakamlar 6 ta
konfederatsiyalardan
kelishgan. Hakamlar 2014-yil
mobaynida har bir o'yinga
tayinlanib boriladi.
Golni avtomatik aniqlash usuli
Jahon chempionati tarixida ilk
marotaba, rasmiylar
tomonidan golni avtomatik
aniqlash usulidan foydalanishga
ruxsat berildi. Oldingi jahon
chempionatida, nimchorak final
baxsida Angliyaning
Germaniyaga urgan goli hakam
tomonidan bekor qilinganidan
keyin, ushbu texnologiyani
qo'llash yoki qo'llamaslik haqida
qizg'in baxs munozaraga sabab
bo'lgan edi. O'sha o'yindan keyin,
FIFA prezidenti Zepp Blatter
"mazkur o'yindan keyin
texnologiya mavzusini o'rtaga
tashlamasak g'irt axmoqlik
bo'ladi" degan edi va 2012-
yilda IFAB bu texnologiyani
qo'llashni ma'qulladi. Ushbu
chempionat texnologiyani
qo'llayotgan uchinchisi
hisoblanadi, undan oldin FIFA
2012 Klublar o'rtasida jahon
chempionati hamda FIFA 2013
Konfederatsiyalar kubogi
musobaqalarida muvafaqqiyatli
sinovdan o'tgan edi. 2013-yil
oktabr oyida Germaniyaning
GoalControl kompaniyasi bu
texnologiyaning ta'minlovchisi
sifatida tanlandi.
Tarkiblar
Oldingi jahon chempionati kabi,
bu chempionatga ham har bir
terma jamoa o'z tarkibiga
23tadan futbolchi oladi (3tasi
darvozabon). Har bir milliy
assotsiatsiyalar jamoa tarkiblarini
turnirga 10 qolguncha e'lon
qilishi shart. Agar oʻyin
davomida qaysidir futbolchi
jiddiy jarohat olib turnirda
boshqa o'ynay olmasa, terma
jamoa rahbarlari 24 soat ichida
boshqa bir o'yinchini olib kelish
huquqiga ega bo'ldi.
Tartib-intizom va chetlatishlar
Agar qaysidir futbolchi
oxirgi saralash bahsida qoida
buzgan bo'lsa, unda u futbolchi
final bosqichning ilk oʻyinida
maydonga tushmaydi. FIFAning
intizomiy qaroriga binoan,
chetlatishlar bir o'yindan ko'proq
muddatga ham uzaytirilishi
mumkin.
Agar qaysidir futbolchi oʻz
jamoasidan tushirib qoldirilgan
bo'lsa, demakki chetlatishlar hali
ham "ta'sir" ko'rsatmoqda.
Freddy Guarin 2013-yil 15-
oktabrda Paragvayga qarshi
o'yinda o'ta jiddiy qoida buzarlik
bilan o'ynagani uchun (2ta sariq
kartochka) chetlatildi.
Mario Manjukic 2013-yil 19-
noyabrda Islandiyaga qarshi
jiddiy qo'pol o'ynagani uchun
chetlatildi.
Yosip Shimunich 10ta
o'yinga chetlatildi, sababi
Islandiya bilan boʻlib o'tgan
o'yindan keyin Ustashi xorvat
fashistik harakatining shiorini
aytgani uchun. Shimunich
shuning uchun Jahon
chempionatini to'laligicha
o'tkazib yuboradi.
O'yinlar
Oʻyinlar jadvali 2011-yil 20-
oktabrda Syurixdagi FIFA bosh
shtab kvartirasida e'lon
qilindi, o'yinlar vaqti esa 2012-
yilning 27-sentabrida ommaga
taqdim etildi. Oxirgi qur'adan
keyin FIFA yettita o'yinning
vaqtini o'zgartirdi.
Barcha o'yinlar
vaqti Braziliyaning rasmiy vaqti
(UTC-3) boʻyicha belgilandi. 12ta
maydonning 10tasi mana shu
vaqt mintaqasiga kiradi, qolgan
ikkitasi Kuyaba va Manaus
Amazon mintaqa vaqti UTC-4
bo'yicha belgilandi, shuning
uchun mana shu ikkita shahar
mezbonlik qiladigan
uchrashuvlar rasmiy vaqt bilan
solishtirgan holda bir soat oldin
boshlanadi.
Guruh bosqichi
Har bir guruhning birinchi va
ikkinchi o'rinlari nimchorak
finaliga chiqadi. Guruhdagi har
bir jamoani reytingini aniqlash
quyidagicha belgilanadi:
1. Barcha guruh o'yinlarida qo'lga
kiritilgan ochkolar soni;
2. Barcha guruh o'yinlarida qo'lga
kiritilgan to'plar nisbati;
3. Barcha guruh o'yinlarida
kiritilgan gollar soni;
Agar ikki yoki undan ortiq jamoa
yuqoridagi kriteriya bo'yicha
teng kelib qolsa, unda
quyidagicha kuchli jamoa
aniqlanadi:
1. Barcha guruh o'yinlarida teng
kuchli jamoalar o'rtasidagi
kiritilgan ochkolar soni;
2. Barcha guruh o'yinlarida teng
kuchli jamoalar o'rtasidagi to'plar
nisbati;
3. Barcha guruh o'yinlarida teng
kuchli jamoalar o'rtasidagi
kiritilgan to'plar soni;
4. FIFA Tashkiliy Qo'mitasining
qur'a tashlashi orqali.

Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon
 - 608567737344
Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon
 - 608567826944
Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon
 - 608567955456

Комментарии

Комментариев нет.