Qadimgi Dunyodan O'rta asrlarga qolgan yagona meros davlat, G'arbiy Rim imperiyasi davomchisi, Kichik Osiyo hukmronlik qilgan ulkan imperiya Vizantiya haqida (1-qism)

Vizantiya (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a.lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqa Davlat tili 4—6-a.larda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi. Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 yillarda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 555 yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-a.ning soʻnggi oʻn yilligi va 7-a. boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-a. oxiri —7-a. boshlarida V. hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-a.ning 70-yillarida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida qad. bulgʻorlar davlati — Bulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-a.larda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq 10-a.da yirik yer egaligi kuchayib, V. shaharlari 7—9-a.lardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-a. oʻrtalarida V. arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris o.larini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda V.ning taʼsiri kuchaydi. V. Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018). 13a. boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari V. hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga V. yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261 yilda Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog V. imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq V. oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453 yilda Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 15-a.ning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-a.gacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-a.gacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-a.larda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. 425 y. Konstantinopolda barpo etilgan oliy maktab (auditoriy) boshqa oliy maktablarni siqib chiqardi. Konstantinopol auditoriysi davlat muassasasi, uning prof.lari davlat xizmatchilari hisoblanar, poytaxtda dars berish faqat ularga ruxsat etilgan. 9-a. oʻrtalariga kelib, Magnavr oliy maktabi ishlay boshladi. Bu maktab oliy dunyoviy amaldor va din peshvolarini tayyorlar edi. 11-a. oʻrtalarida Konstantinopolda yuridik va falsafiy maktablar davlat muassasasi sifatida ochildi. 12-a.da oliy maktabda tibbiyot fani ham oʻqitila boshladi. 1204 yildan keyin V.da oliy maktab tugatildi. Monastirlar huzuridagi maktablar davlat maktablarini tobora siqib chiqaraverdi. Bunday maktablar, odatda, muallimning vafotidan keyin yoki u quvgʻinga uchragach, yopilib qolardi. V.ning kad. Kutubxonalari ilk davrdan nari oʻtmadi. Iskandariya kutubxonasi 391 yilda vayron etildi. Konstantinopol kutubxonasi (356 yilda asos solingan) 475 y.gi yonginda kuyib ketdi. Keyingi davr kutubxonalari haqidagi maʼlumotlar kam boʻlsa ham, imperator, patriarx, monastirlar kutubxonalari, oliy maktablarning va xususiy shaxslarning kutubxonalari boʻlganligi maʼlum. Texnikasi.V.ga antik davr qishloq xoʻjaligi texnikasi (hoʻkizga qoʻshiladigan omoch va pichan yiqqich, sunʼiy sugʻorish tizimi) hamda hunarmandchiligi meros boʻlib qolgan. Bu hol V.ning dehqonchilik, zargarlik, shoyi toʻqish, hashamatli inshootlar qurish, kemasozlik (9-a.dan boshlab qiyalama yelkandan foydalanilgan) va boshqa sohalarda 12-a. gacha Yevropada ilgʻor davlat boʻlib qolishiga imkon berdi; 9-a.dan boshlab sirkor keramika, shisha tayyorlash (qad. usullar boʻyicha) rasm boʻldi. Biroq, vizantiyaliklarning ota meros anʼanalarini saqlab qolishga intilishi texnika taraqqiyotiga ozmi-koʻpmi toʻsqinlik qildi. 12-a. dan boshlab V. hunarmandchiligining Gʻarbiy Yevropa hunarmandchiligi (shishasozlik, kemasozlik va h.k.)dan orqada qolishiga sabab boʻldi. 14—15-a.larga kelib esa, Vizantiya toʻqimachiligi italyan toʻqimachiligi bilan raqobat qila olmay qoldi. Matematika va tabiiy fayla r . V.da mat.ning jamoatchilik oʻrtasidagi nufuzi oʻrta asrlarning asosiy fanlari hisoblangan falsafa va notiqlik sanʼatiga nisbatan juda past boʻlgan. 4—6-a.lardagi V. matematiklari asosan qad. allomalarning asarlarini sharhlash bilan mashgʻul boʻlishgan: Feon (4-a.) Yevklid va Ptolemey asarlarini chop qildirgan va sharhlagan, Ioann Filopon (6-a.) Aristotelning tabiatshunoslikka doir ilmiy asarlarini sharhlagan, Yevtokiy Askalon (6-a.) esa Arximedning shunday ishlarini sharhlash bilan shugʻullangan. Baʼzi masalalarda V. fani antik davr faniga nisbatan bir oz ilgari siljidi: Ioann Filopon jismlarning tushish tezligi ularning ogʻirligiga bogʻliq emas, degan xulosaga keldi; Ayo Sofiya ibodatxonasini qurib mashhur boʻlgan meʼmor va muhandis trallik Anfiliy oʻt oldiruvchi koʻzgular ishiga doir yangi talqinini taklif qildi. 9-a.ga kelib tabiiy fanlar borasida bir oz yuksalish kuzatildi. Ixtirochi Lev Matematik birinchi marta harflardan algebraik timsollar sifatida foydalandi. Maʼlumotlarga koʻra, XII asrda arab raqamlarini joriy qilishga urinish boʻlgan boʻlsa kerak. Soʻnggi V. matematiklari sharq faniga juda qiziqishgan. Trapezund olimlari (Grigoriy Xioniad, XIII asrda uning izdoshlari Grigoriy Xrisokokk va Isaak Argir,14-a.) arab va fors matematikasi va astronomiyasini oʻrganishgan. Sharq fani merosining oʻrganilishi Feodor Melitinnotaning "Uch kitobdagi astronomiya" (1361) majmua asarining yaratilishiga yordam berdi. Kosmologiya sohasida vizantiyaliklar anʼanaviy tasavvurlarga rioya qilishgan. Ulardan baʼzilari Bibliyada keltirilgan dunyoqarashlarga ishongan boʻlsa, boshqalari Yerning sharsimonligi haqidagi taʼlimot Bibliyaga zid emas, deb hisoblaganlar. Ilmi nujum inson taqdirini osmon yoritqichlarining harakati bilan bogʻlangani uchun pravoslav ilohiyotchilari tomonidan qattiq tanqid qilindi va taʼqibga duchor boʻldi. XIV asrda Nikifor Grigora taqvim (kalendar)ni isloh qilishni taklif etdi, quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Bu taklif va bashoratlar astronomiya kuzatuvlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan.

Qadimgi Dunyodan O'rta asrlarga qolgan yagona meros davlat, G'arbiy Rim imperiyasi davomchisi, Kichik Osiyo hukmronlik qilgan ulkan imperiya Vizantiya haqida (1-qism) - 834101495956

Комментарии

Комментариев нет.