Комментарии
- 16 апр 2016 19:11βuทyσdβჲk MσmιทσvAjoyip gap yo
- 16 апр 2016 19:20Фан-Клуб История ответил βuทyσdβჲk MσmιทσvNihoyat ertaga Usmonli turklar va Turkiya haqida
- 16 апр 2016 21:05βuทyσdβჲk Mσmιทσv ответил Фан-Клуб ИсторияOoo zorku
kutamiz unda
keyin iloji bolsa Kareya davlati va Xitoy-Turk Xoqonliginiyam yozin d6stim.O'zim izlanib wuni 6qidimki Turk Xoqonligini dongdor sarkardalari Xitoyni Changan shaxarigacha zapt etib juda qiyin axvolga solib quyganikan
- 16 апр 2016 21:15мιllιarder ✔ ответил βuทyσdβჲk MσmιทσvXitoy-Turk xoqoinliginimi yoki Turk Xoqonligi haqidami
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Фан-Клуб История
Vizantiya Imperiyasi (2-qism) Imperiyani qulashi
Vizantiya, Sharqiy Rim imperiyasi (395—1453) — 395-yilda Theodosius Ining oʻlimidan Rim imperiyasining gʻrbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach G`arbiy Rim imperiyasi yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani Qadimgi Rimning tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi sifatida qoldirdi.[1][2]
„Rim“ va „Vizantiya“ni ajratish zamonaviy rasm sanalsada, boʻlinish muddatini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Shunga qaramasdan bir nechta muhim sanalar mavjud. 285-yilda imperator Diocletian Rim imperiyasi boshqaruvini gʻarbiy va sharqiy boʻlaklarga ajratdi.[3] 324-330-yillar orasida imperator Constantine I asosiy poytaxtni Rimdan Konstantinopolga koʻchirdi. Shahar „Konstantinopol“ („Constantine shahri“) yoki „Nova Roma“ („Yangi Rim“)ga aylandi.{{#tag:ref|The first instance of the designation "New Rome" in an official document is found in the canons of the First Council of Constantinople (381), where it is used to justify the claim that the patriarchal seat of Constantinople is second only to that of Rome.[4] Imperator Theodosius I davrida nasroniylik imperiyaning davlat diniga aylandi. Boʻlinishning ohirgi davri imperator Heraclius hukmronligida yangi imperiyada yangi harbiy va boshqaruv tuzilishlarini joriy etib, lotin tili oʻrniga yunon tilini davlat tiliga oʻzgartirgach boshlandi.Andoza:Sfnm Bu oʻzgarishlarning sababi Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikadagi koʻplab yunon tilida soʻzlashmaydigan hududlar kuchayib borayotgan Arab xalifaligi tomonidan bosib olinib, imperiya faqat yunon hudularidan iborat boʻlib qolayotganligi edi. Shunday qilib Vizantiya qadimgi Rimdan lotin madaniyati oʻrniga yunon madaniyatiga va Rim butparastligidan pravoslaviega oʻtganligi bilan farq qiladi.[5]
Justinian I hukmronligi davrida (527-565-y.y.) imperiya gʻarbiy imperiyaga tarixan tegishli boʻlgan Shimoliy Afrika, Italy va Rimni egallab oʻzining tarixidagi choʻqqisiga chiqqan. 6-asr oʻrtalaridagi Justinian vabosi davrida imperiya aholisining uchdan bir qismi qirilib ketib harbiy va moliyaviy muammolarga sababchi boʻldi. Shunday boʻlsa ham, imperator Maurice davrida imperiyaning sharqiy chegaralari kengaytirilib, gʻarbiy chegaralari barqarorlashtirildi. 602-yilda Mauricening oʻldirilishi imperator Heracliusning gʻalabalariga qaramasdan imperiya ishchi kuchi va resurslarini kamaytirgan sosoniylar Eroni bilan yigirma yillik urushga sabab boʻldi. Bu urushda imperiyaning kuchsizlanishi 7-asrdagi Vizantiya-Arab urushlaridagi magʻlubiyatlarga sabab boʻldi. Bu magʻlubiyatlarda imperiya katta hududlarni yoʻqotdi. Bu omadsizliklarga qaramasdan imperiya 10-asr davomida Macedonian sulolasi boshchiligida tuzalib, yana Yevropaning va Oʻrta Yer dengizining eng kuchli davlatiga aylandi. 1071-yildan soʻng imperiyaning yuragi sanalgan Kichik Osiyoning katta qismi Saljuqiy turklar tomonidan egallandi.
12-asrdagi Komninlar restavratsiyasi imperiyaga yerlari va qudratini qaytardi. Lekin imperator Manuel I Komnin oʻlimi va Komninlar sulolasining 12-asr ohirida tugashidan soʻng imperiya yana pastga shoʻngʻidi. Imperiya yoʻq qiladigan zarba 1204-yilda To`rtinchi salib yurishida Konstantinopol egallanib, vayron etilganda va Vizantiya bir-biriga raqobatchi yunon va lotin davlatlariga boʻlib yuborilganda berildi. 1261-yilda Konstantinopol va Imperiya Paleolog imperatorlari tomonidan qayta tiklanishiga qaramay imperiya avvalgi qudratini tiklay olmadi. Shunga qaramay, bu davrlar imperiya madaniyati eng yuksalgan davrlar boʻlgan.[6] 14-asrdagi toʻxtovsiz fuqarolar urushlar imperiya kuchini yoʻqotdi va uning qolgan hududlari 1453-yilda Konstantinopol qulaguncha davom etgan Vizantiya-Usmonli urushlari davomida Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olindi.