Shvetsiya.

1712-yil 30-fevral
1699-yilda Shvetsiya qirolligida Yulian
kalendaridan Grigorian kalendariga
o’tishga qaror qilindi. Biroq shvedlar
yig’ilib qolgan 11 kunni kalendarga
darxol qo’shishmadi. Ular 40 yil
davomida kabisa yilini tashlab ketishga
qaror qilishdi. Bunda har yili 28
fevraldan keyin darxol 1 mart kelar edi
va ular har 4 yilda Grigorian kalendariga
1 kun yaqinlashib olishar edi. Shunday
qilib 1700-yili Shvetsiyada kabisa yili
bo’lmadi. Lekin qabul qilingan qarorga
qaramasdan 1704-yil hamda 1708-yillar
kabisa yili bo’ldi. Shu tufayli 11 yil
davomida Shvedlar kalendari Yulian
kalendarini 1 kunga o’tib ketgan,
Grigorian kalendaridan esa 10 kunga
ortda qolayotgan edi. 1711-yilda qirol
Karl XII kalendar islohotini bekor qildi va
Yulian kalendariga qaytishga qaror qildi.
Shvedlarga Yulian kalendariga qaytish
uchun 2 kun yetishmas edi. Yulian
kalendariga o’tish uchun 1712-yilda
fevral oyiga 2 kun qo’shildi, shunday qilib
1712-yilda Shvetsiyada fevral 30 kundan
iborat bo’ldi. Shvetsiya uzil-kesil
Grigorian kalendariga 1753-yilda o’tdi.
Bu hamma davlatlar qo’llaydigan oddiy
usul bilan amalga oshirildi – 17 fevraldan
keying kunni 1 mart deb e’lon qilishdi.
SSSR. 1930 va 1931 yil 30 fevral
1929-yilda SSSRda “Sovet revolutsiya
kalendari” ni kiritish taklifi kiritildi. Bu
kalendarda har hafta 5 kundan iborat
bo’lib (5 kunlik) va har oy 30 kundan
iborat edi yoki roppa-rosa 6 hafta.
Qolgan 5 yoki 6 kunlar esa “oysiz ta’tillar”
nomini oldi.
Ko’p manbalarda ta’kidlanishicha taklif
qabul qilingan va SSSRda 2 yil davomida
30-fevral mavjud bo’lgan.
Qadimga Rimda
XIII asr olimlaridan biri Sakroboskoning
ta’kidlashi bo’yicha, Yulian kalendarida
miloddan avvalgi 44 yildan eramizning 8
yiligacha fevral 30 kundan iborat bo’lgan.
Bunga Imperator Avgustning fevral
oylarini qisqartirishi sabab bo’lgan. U
fevralni bir kunga qisqartirib, uni avgust
oyiga qo’shgan (Uning sharafiga
qo’yilgani ), modomiki Yuliy Sezar nomiga
qo’yilgan iyul oyi 31 kundan iborat edi,
avgust bo’lsa – 30. Lekin buni
tasdiqlovchi hech qanday isbot dalillar
yo’q. Farazlarga ko’ra bu oddiy va eski
afsona.
Taxmin
3328-yil 30-fevral
Ba’zi OAV fikrlariga ko’ra, agar insoniyat
va Grigorian kalendari 3328-yilgacha
mavjud bo’lsa, yangi eramizdan (Isoning
tug’ilgan kuni) boshlab hisoblaganda
xatolik 1 kunga yig’iladi. Natijada kabisa
yilida kunlar 367 kunni tashkil qiladi.
Ehtimol (Yangi hisoblashlarga ko’ra,
kunlar boshqa oylarga qo’shilishi
mumkin emas) yana 30 fevral kelishi
mumkin.
Boshqa ma’lumotlarga ko’ra, xato 4000
yilda yig’iladi. Ijobiy natija, demak kunni
qo’shish emas olib tashlash kerak
Agar tropik yilning davomiyligini
365,24219 kun deb hisoblasak (aslida
ham shunday), bunday holatda xatolik
3225,806 yilda 1 kunga teng bo’ladi. Agar
har 3200 yilda kabisa yilini tashlab
ketsak, unda xatolik salbiy natijaga ega
bo’ladi (o’rtacha bir yilda -0,2160 sekund)
va taxminan har 400 000 yilda 30-
fevralga muhtojlik seziladi. Bu
ehtimoldan uzoq, chunki bunday katta
vaqt davomida tropik yilning davomiyligi
o’zgarmaslgiga kafolat yo’q.

Комментарии

Комментариев нет.