Hozirgi noaniq zamon

Hozirgi noaniq zamon (yoki ba’zan “Hozirgi oddiy zamon” ham deb yuritiladi) (Present Simple) odat tusiga kirib qolgan, doimiy takrorlanadigan, qat’iy qoidaga aylanib qolgan ish-harakatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu zamon bilan kundalik hayotimizda bajarishimiz odat tusiga kirib qolgan, umumiy holatda doim mavjud bo’lgan ish harakatlar ifodalanadi.
Biz nimalarni bajarishga odatlanib qolganmiz? Shaxsan men har kuni ertalab soat 7 da uygo’onaman, har doim ertalab nonushta qilaman, odatda ishga avtobusda boraman, kamdan-kam tennis qo’ynayman, tez-tez kino ko’raman va hokazo. Bu gaplarning hammasi ingliz tilida hozirgi noaniq zamonda ifodalanadi. Chunki bu ish-harakatlar doim, odatda, tez-tez bajarilib turiladi.
Hozirgi noaniq zamonning yasalish formulasi quyidagicha:
EGA+FE’L
Har bir gapda ega bo’ladi. Hozirgi noaniq zamonda egadan keyin fe’l keladi. 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan bu zamonda fe’lga “-s” yoki “-es” qo’shimchasi qo’shiladi. Oxiri “-s”, “-sh”, “-ch”, “-x”, “-o” harflari bilan tugagan fe’llarga “-es” qo’shimchasi qo’shiladi. Boshqa harflar bilan tugagan fe’llarga esa oddiy “-s” qo’shimchasi qo’shiladi.
Quyida hozirgi noaniq zamonda ifodalangan gaplarni o’qing. Har safar 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan fe’lga “-s” yoki “-es” qo’shimchasi qo’shilayotganligiga e’tibor bering. Gaplarning tarjimasini o’qing va gaplarda tasvirlangan ish-harakatlar odat tusiga kirib qolgan, doimmiy takrorlanadigan yoki qat’iy o’zgarmas qoidaga aylanib qolgan ish-harakatlar ekanligiga e’tibor bering:
• I get up at 7 o’clock every morning – Men har ertalab soat 7 da uyqudan turaman (har doim, ertalab soat 7 da uyqudan turish menga odat bo’lib qolgan, bu ish har doim takrorlanadi;
• Tom goes to work by bus – Tom ishga avtobusda boradi (odatda, Tom har doim odatda ishga avtobusda boradi, uning ishga avtobusda borishi odat tusiga kirib qolgan);
• They work in the garden every week-end – Ular har dam olish kuni bog’da ishlaydi (har damolish kuni ularning bog’da ishlashi odat tusiga kirib qolgan).
So’roq gaplarning yasalishi haqidagi maqolamdan bilasizki, umumiy so’roq gaplarni yasashda yordamchi fe’l egadan oldinga o’tkaziladi. Hozirgi noaniq zamonning yasalish formulasiga qarang, bu zamonda birorta ham yordamchi fe’l yo’q! Bunday holatda nima qilamiz? Bunda biz “TO DO” yordamchi fe’liga murojaat qilamiz.
Hozirgi noaniq zamonda so’roq shaklidagi gaplarni yasash uchun “TO DO” fe’li egadan oldinga o’tkaziladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi.
I, WE, YOU, THEY kishilik olmoshlariga nisbatan “DO” egadan oldinga o’tkaziladi. 3-shaxs birlik (he, she, it)ga nisbatan esa DOES egadan oldinga o’tkaziladi. Quyida berilgan darak gapning so’roq gapga aylanishiga e’tibor bering:
Tom works in the garden every week-end.
(darak gap, doimiy takrorlanib turadigan ish harakat: Tom har dam olish kunlari bog’da ishlaydi)
Does Tom work in the garden every week-end?
(so’roq gap, DOES yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkazilgan va asosiy fe’ldagi “-s” qo’shimchasi tushib qolishi orqali fe’l infinitiv holatga qaytgan. Bunday holatda, tushunish osonroq bo’lishi uchun, DO egadan oldinga o’tkazilgan, asosiy (works) fe’ldagi “-s” qo’shimchasi DO ga qo’shilishi orqali DOES hosil bo’lgan, deb tushunish ham mumkin. Bu har kimning o’z o’rganish uslubiga bog’liq).
Mana yana misollar:
• Do I look pretty? – Ko’rinishim chiroylimi?
• Do you smoke? – Siz chekasizmi?
• Does she play tennis? – U tennis o’ynaydimi?
• Does Tom go to school? – Tom maktabga boradimi?
Hozirgi noaniq zamondagi gaplarning inkor shaklini yasash uchun “TO DO” yordamchi fe’lidan keyin “NOT” inkor yuklamasi qo’yiladi va asosiy fe’l infinitivholatga qaytadi. Quyidagi inkor gaplarga e’tibor bering:
• I do not smoke – Men chekmayman;
• Tom does not play tennis – Tom tennis o’ynamaydi;
• We do not work in the garden every day – Biz har kuni bog’da ishlamaymiz.
Hozirgi noaniq zamon quyidagi payt ravishlari bilan ishlatilishi mumkin:
• ALWAYS – har doim;
• OFTEN – tez-tez;
• USUALLY – odatda;
• SELDOM – kamdan-kam;
• NEVER – hech qachon;
• OCCASIONALLY – ba’zan va hokazo.

#GяαммαтιкМανzυļαя

Комментарии

Комментариев нет.