FOR so’zining turli holatlarda ishlatilishi

Biz “for” so’zini “uchun” degan tarjimadan tashqari, ‘because’ – “chunki” tarjimasini keltirib chiqarish uchun ham ishlatishimiz mumkin. For so’zi bu tarjima bilan faqat rasmiy ingliz tilida ishlatiladi.
• The divers have to be careful for a sudden change in conditions could be dangerous – Haydovchilar ehtiyot bo’lishlari kerak, chunki holatdagi keskin o’zgarish xavfli bo’lishi mumkin.
• Read the instructions carefully for you will only get one chance to enter the information – Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, chunki ma’lumotni kiritish uchun faqat bitta imkoniyatga ega bo’lasiz.
Bundan tashqari for so’zini maqsad yoki sababga nisbatan ishlatishimiz ham mumkin.
• What did you that for? – Nima uchun buni qilding?
• What is that for? – Bu nima uchun?
• Thank you for your letter. – Maktubingiz uchun raxmat.
• I don’t have enough money for the ticket. – Menda chipta uchun yetarli pul yo’q.
• I need treatment for my bad back. – Mening og’riyotgan belim uchun davo kerak.
For so’zlovchining qaysidir narsaga hayrixohligini, tarafdorligini ham bildirishi mumkin.
• He is for the idea of cutting taxes. – U soliqlarni kamaytirish tarafdori.
• I am for this change in the way we do things. – Men qilayotgan ishlarimizdagi shunday o’zgarish tarafdoriman.
• You need to stand up for what is right. – Haqiqat uchun kurashishingiz kerak.
Biz for so’zini vaqt va masofani bildiruvchi iboralar bilan ishlatishimiz mumkin.
• I walked for miles. – Biz milyalab yurdik.
• I waited for a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.
• We will be away for the next week. – Biz kelasi hafta davomida ketgan bo’lamiz.
Ba’zan yuqoridagiga o’xshash ma’nolarda for so’zini butunlay tushirib qoldirishimiz ham mumkin. Bunda, gap ma’nosida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi:
• I walked miles. – Biz milyalab yurdik.
• I waited a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.
Hozirgi tugallangan zamonda (Present Perfect) for ish-harakat davomiyligi oralig’ini bildirsa, since ish-harakatning boshlanish vaqtini anglatadi.
• I have studied English for seven years. – Men 7 yildan beri ingliz tilini o’rganaman.
• I have studied English since I was 12. – Men 12 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman.
For so’zi ishtirok etgan ba’zi eng ko’p tarqalgan, bilishingiz foydali bo’lgan iboralar:
• I enclose a cheque/check for 100 euros – Men 100 yevroga chekni ilova qildim.
• What’s another word for stupid? – Ahmoq so’zini bildirgan boshqa so’z nima?
• I’ve known him for ages. – Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman.
• I am all for making this change. – Men bu o’zgarishni qilishga qattiq kirishganman.
• Get ready. -What for? -Anne is coming. – Tayyorlaning. -Nima uchun? -Anna kelayapti.

#GяαммαтιкМανzυļαя

Комментарии

  • 28 апр 2023 09:01
    Bu guruhning hech qanday zarari yuqmi