Fe’l (Verb)

Fe’l har qanday til grammatikasida eng muhim o’rinni egallaydi. Fe’l – bu ish-harakatning nomidir. Demak, fe’l ish-harakatni ifodalaydi. Masalan, work – ishlamoq, speak – gapirmoq, listen – tinglamoq, learn – o’rganmoq.
Ingliz tilida fe’l ikki hil: to’g’ri fe’l va noto’g’ri fe’l. Biz to’g’ri va noto’g’ri fe’llarni ularning o’tgan zamon shakllarining yasalashiga qarab farqlashimiz mumkin.
To’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lga “-ed” qo’shimchasi qo’shiladi.
Masalan: worked – ishlagan edi, listened – eshitgan edi.
Noto’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shakli fe’l o’zagining o’zgarishi orqali, noto’g’ri fe’llar jadvalining ikkinchi ustuniga ko’ra yasaladi.
Masalan: speak-gapirmoq (hozirgi zamon) – spoke-gapirgan edi (o’tgan zamon), learn-o’rganmoq (hozirgi zamon) – learnt-o’rgangan edi (o’tgan zamon).
Fe’l o’tgan zamonda tuslanganda, ya’ni unga qo’shimcha qo’shilganda yoki fe’l o’zagi o’zgarganda, fe’l infinitiv holatda bo’lmaydi. Fe’lning infinitiv holati haqidaInfinitiv mavzusida o’qishingiz mumkin.
#GяαммαтιкМανzυļαя

Комментарии

Комментариев нет.