Qang', Dovon, Toxariston davlatlari.

Miloddan avvalgi III asrning boshlarida paydo bo'lgan yana bir davlat - Qang' davlati edi. Bu davlat o'z ichiga Toshkent vohasini, Topas vodiysini, qisman Chu daryosining quyi oqimidagi yerlarni oladi. Miloddan avvalgi I va milodiy II-I asrlarda bu davlat iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi. Qang'liklarning eng ashaddiy dushmanlari Xunn qabilalari edi. Miloddan avvalgi II-Iasrlarda uchunlar Xitoy imperatorlari bilan yaqinlashib xunnlar va qang'liklar bilan kurash boshlaydilar. Qang' davlatining asosiy aholisi o'troq va yarim o'troq bo'lib, uning hududida ko'chmanchi chorvadordlar ham yashar edi. M.a. II-I asrlar Xitoy manbaalarida keng, boy va ko'p aholi deb eslatilgan. Dovon davlatini tadqiqotchilar qadimgi Farg'on deb hisoblaydilar. Miloddan avalgi III asrlarda bu davlat «Dovon» keyinroq esa «Baxan» va «Polona» nomlari bilan eslatiladi. «Polona» bu «Farg'ona» ning xitoycha talaffuz etilishi. II asrda Farg'onada 300 ming aholi yashagan edi. Vohada shaharlar ko'p bo'lib, poytaxti Ersha shahri (Hozirgi Marhamat) edi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda O'rta Osiyo xududidagi uch mustaqil davlat Toxariston (Xitoycha Daka) edi. Toxar qabilalari Baqtriyada Yunon-Baqtriya xukmronligini tugatgan so'ng uni shunday nomlashdi. Toxariston xududidagi Amudaryoni chap qirg'og'ida butun qadimgi Baqtriya, o'ng qirg'og'idagi yerlardan to Xisor tog' chizmasigacha bo'lgan joylar kirgan. Toxarlar qisman ko'chmanchi bo'lib qolaverishgan. Ularda yangona davlat bo'lmaganidek, oliy xukmdor ham yo'q edi, har bir shahar o'z xokimi tomonidan boshqarilgan.

Комментарии

Комментариев нет.