Buyuk Xitoy devori — qadimgi

Xitoy me’morchiligining ulkan
yodgorligi. Uning umumiy
uzunligi 8 ming 851 km 800 metr
tashkil qiladi. Bu haqida XXR
Kartografiya qömitasi xabar
bergan.
Qadim-qadim zamonlarda,
miloddan avvalgi 4—3-asrlarda
ko‘chmanchi qabilalar hujumidan
bezigan imperator Sin Shi
Xuandiy Xitoyning shimoli-g‘arbiy
chegaralarida dushman o‘ta
olmaydigan, karvon savdo
yo‘llarining xavfsizligini
ta’minlaydigan baland va uzun
mudofaa devorini qurish haqida
buyruq beradi.
Imperatorning xizmatkorlari
shimoliy chegaraga lak-lak
askarlar-u, behisob qarollarni
haydab kelibdilar. Qurilishda jami
bo‘lib, 2 milliondan ortiq kishi
jalb etilgan. Ular kechasi-yu
kunduzi ishlashgan. Rivoyatda
aytilishicha, dastlab qancha
urinishmasin, tiklangan devor
qulab ketavergan. Shunda
imperatorning boshi qotibdi.
Nima qilish kerak?! U ko‘p
donishmandlarni chaqirib
maslahat qilibdi. Ular ichidan eng
keksa donishmand imperatorga:
— Menga ayon bo‘lishicha, devor
qulamasligi uchun
mamlakatimizda yangi turmush
qurayotgan yigit yoki qizni
qurbon qilib, devor ostiga
ko‘mishimiz zarur, ana
shundagina ish yurishib ketadi,
— deb maslahat beribdi.
Imperatorning xizmatkorlari
donishmand aytganidek, darrov
go‘zal bir qiz bilan to‘yi
bo‘layotgan Van degan yigitni
topib kelishibdi. Uni qurbon qilib,
qurilayotgan devor ichiga
mo‘miyolab ko‘mib qo‘yishibdi.
Shundan keyin devor
qulamaydigan bo‘libdi, asta-sekin
uning uzunligi o‘n ming li (1 li —
400 metrga teng) ga cho‘zilib
boribdi.
Shu-shu ushbu devor xitoycha
nom bilan «Vanli chongchang»
deb atalib ketibdi. Bu «10 ming li
uzunlikdagi devor» demakdir.
Hozir Xitoyda Van ismi
o‘zbeklardagi Ahmadga o‘xshash
eng keng tarqalgan ismdir.
Bunga o‘xshash rivoyatlar ko‘p.
Buyuk Xitoy devori haqiqatan
juda uzoq tarixdan hikoya
qiladigan ulkan inshoot. Uni
xitoyliklar bir necha asrlar
davomida qurishgan. Devor
qurilishining bunday sekin
borishiga sabab, bir tomondan, u
vaqtlarda texnikaning
rivojlanmagani bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, ko‘chmanchi qabilalar
tez-tez hujum qilib, devorni buzib
ketishar, yog‘in-sochin va
shamollar ham uni nuratib
borardi. Shunga qaramay, Buyuk
Xitoy devori miloddan avval 2—1-
asrlarda G‘arbga tomon 500
kilometrga uzaytirilgan.
Keyinchalik uni qurish va
mustahkamlash ishlari (eng
muhimi 14—15-asrlarda) davom
etgan. 1953-yilda Pekin
yaqinidagi qismi ta’mirlangan.
Sariq dengizdagi Lyaodun
qo‘ltig‘idan boshlanib g‘arbga
tomon ketgan bu devorning
uzunligi besh-olti ming
kilometrga yetadi, degan fikrlar
ham bor. Buyuk Xitoy devori
mamlakat poytaxti Pekin
shahridan 40—45 kilometr
shimoli-g‘arbdan o‘tib, janubi-
g‘arbga buriladi, so‘ngra Su’jou
shahridan g‘arbda Gansu
o‘lkasidagi Szyayuyguan qal’asida
tugaydi.
Devorning balandligi 6,6 metr,
ikki qavatli, ayrim joylarda uch
qavatli bino balandligidan oshadi.
Devorning past qismi, poydevori
kengligi — 6,5 metr, ustki sathi
kengligi 5 — 5, 5 metr. U
nihoyatda qalin bo‘lganidan
ustidan jang aravalari, qo‘shinlar,
hatto har qatorda 5—6 tadan
otliq askarlar ham saf tortib
bemalol harakat qilishi mumkin
bo‘lgan.
Buyuk Xitoy devori yo‘nilgan
granit toshlar, g‘ishtlar va loydan
ko‘tarilgan. Shuning uchun ham
uning umri uzoqdir. Devor
bo‘ylab har 60—100 m masofada
mustahkam burjlar (minoralar) va
muhim strategik ahamiyatga ega
bo‘lgan yerlarda, ayniqsa, tog‘
yo‘llar yoqasida istehkomlar
barpo etilgan.
Aytishlaricha, Buyuk Xitoy devori
kosmik kemadan ko‘rinadigan
Yer yuzidagi ikki inshootdan biri
emish.
Endilikda Buyuk Xitoy devori
dunyo sayohatchilari —
turistlarning uzluksiz intiladigan
manzillaridan biriga aylangan.
Uning ustida doimo sayr qilib
yurgan turli millat kishilarini
ko‘rish mumkin. Hozirgi kunda bu
devorning 2/3 vayron bögan.
Olimlarning aytirhicha devorning
buzilishiga ob-havo sharoiti
sabab bölgan. Shuningdek
mahalliy aholi öz ehtiyojlarini
qondirish maqsadida
g'ishttoshlarni tashib olib
ketishgan.
Hurmatli guruhimiz qatnashchisi
sizning talabingiz qondirildi.

Buyuk Xitoy devori — qadimgi
 - 527850671055

Комментарии

Комментариев нет.