dardu g‘am, Ko‘rmushamdur kulfatim dardu alam uzra alam. Kimni ko‘rsam, mehribonim, deb tutibman domanin, Ko‘rdim andin oqibat yuz ming sitam uzra sitam. Hajr dardiyu g‘ami anduhu motam kulfati, Bu aroda xalqi olamni sitamlik javri ham. Dog‘i davron ofati birlan g‘ariblik shiddati Yo‘q edi ag‘yorlarni qilg‘udek zulmida kam. Bu bari bir sori-yu, men xastaga ul dilrabo, Ko‘p g‘azab birlan boshimga beibo qo‘ydi qadam. Toleim vojgunu baxtim charx davridin zabun, Hamdamim g‘ulu junun savdosi — boshimga alam. Ishqning so‘zu gudozi benihoyat, sabr oz, Yor beparvo, raqiblardin nadam uzra nadam. Ham safar asbobi noanjomu manzil nopadid, Umr musta’jal, nadomatdin base ko‘zimda nam. Tan qo‘y emdi, ey Alamkash, bo‘lsa taqdiringda bul, Chora yo‘q, chunki azalda ketsa gar bo‘yla qalam. Alamkash
ÒZBEK VA JAHON SHERIYATI
Hajr zindoni aro tokay chekarman
dardu g‘am,
Ko‘rmushamdur kulfatim dardu alam
uzra alam.
Kimni ko‘rsam, mehribonim, deb
tutibman domanin,
Ko‘rdim andin oqibat yuz ming sitam
uzra sitam.
Hajr dardiyu g‘ami anduhu motam
kulfati,
Bu aroda xalqi olamni sitamlik javri
ham.
Dog‘i davron ofati birlan g‘ariblik
shiddati
Yo‘q edi ag‘yorlarni qilg‘udek
zulmida kam.
Bu bari bir sori-yu, men xastaga ul
dilrabo,
Ko‘p g‘azab birlan boshimga beibo
qo‘ydi qadam.
Toleim vojgunu baxtim charx
davridin zabun,
Hamdamim g‘ulu junun savdosi —
boshimga alam.
Ishqning so‘zu gudozi benihoyat,
sabr oz,
Yor beparvo, raqiblardin nadam uzra
nadam.
Ham safar asbobi noanjomu manzil
nopadid,
Umr musta’jal, nadomatdin base
ko‘zimda nam.
Tan qo‘y emdi, ey Alamkash, bo‘lsa
taqdiringda bul,
Chora yo‘q, chunki azalda ketsa gar
bo‘yla qalam.
Alamkash