28 авг 2014
Umar Xayyomni ruboiy kitoblari kimda bor döstlar?
Menda bor zörg'a topdim:-) endi shu guruhga tema qilb ruboiylarni sizlar bilan baham köraman! Kuzatib boriylar va kamentda Umar Xayyom haqida gaplashishga taklif qilaman va eng yoqtirgan ruboiylaridan yozamiz agar yozishga erinsangz parcha bölsa ham yozinglar!
Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo’llarini ko’rsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Evropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo’llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Shuningdek uning "Risolatul-kavn vat-taklif" ("Koinot va uning vazifalari"
Umar Xayyom o’zini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat o’yinini qarangki, olim o’z umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi.
Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir bo’lmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4qatorlik she’r qilib qog’ozga tushirib qo’yavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan so’ng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan so’ng, bu she’rlar juda mashhur bo’lib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan.
Xayyom ruboiylarining soni turli ma’lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari "katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi" deb ulug’lagan shoirning mayxo’rlik, engil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir. Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba’zi toifalar tomonidan ataylab to’qib chiqarilgan, degan ma’lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qo’lyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan.