Qarluqlar — qadimda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida yashagan koʻchmanchi turkiy xalq.
Poytaxti hozirgi Olmota shahri yaqinida boʻlgan Qoʻyliq edi. Hozirgi kunga kelib qarluq soʻzi Turkiy tillarning bir guruhining nomini anglatadi. 960 -yildan boshlab qarluqlar Islom diniga eʼtiqod qilishadi. Qarluqlar , qorluq — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik uyushma. 3 qabiladan tashkil topgan; ular Xitoy solnomalarida meulo (yoki meuli), chjisi (yoki pofu) va tashili deb nomlangan. 6—7-asrlarda bular Oltoyning gʻarbiy qismida, Chorish (Ob daryosi oʻzanlaridan biri) daryosi havzasida, Irtish daryosining quyi oqimi boʻylarida, Tarbagʻatoyda hamda Jungʻoriyagacha boʻlgan katta hududda yashaganlar. Q, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanib, bir yerdan ikkinchi yerga koʻchib, oʻtovlarda yashaganlar. Q hududi Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonligi oʻrtasida, strategik qulay yerda joylashgani uchun ular oʻrtasida talash boʻlgan. Q oʻz mustaqilliklarini saqlab qolish uchun ular bilan betinim kurash olib borganlar. 7-asr oxirlarida Sharqiy Turk xoqonligi Q. hududining aksariyat qismini xoqonlikka qoʻshib olgan. 742 yil Q, uygʻurlar va basmillardan iborat qabila ittifoqi isyon koʻtarib oʻz mustaqilliklarini tiklaganlar. Q. eltibari (boshligʻi) oʻzini 3 qabilaning shexusi (yabgʻusi) deb eʼlon qiladi. Xitoy qoʻshini bilan arablar oʻrtasidagi Talas jangida Q. hal qiluvchi rol oʻynaganlar. 757—766 yillarda Q Turgashlar davlati hududini egallab olganlar. Chu daryosi boʻyidagi Suyob shahri Q.lar davlati markazi boʻlib qolgan (766—940). Q.ga Jungʻoriya Olatovidan to Sirdaryogacha boʻlgan hudud qaragan. Keyinchalik poytaxt Ili daryosi vodiysidagi Qoʻyliq shahriga koʻchirilgan. 861 yil Q. Koshgʻarni egallashgan. Q.ning ayrim guruhlari 8-asr oʻrtalaridan Zarafshon vohasida, Fargʻona vodiysida, Shim. Afgʻoniston, Tojikiston hududlarida ham yashagan. 10-asrda Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirishgan, ilk mulkdorlik munosabatlari shakllana boshlagan. Q. 960 yil islom dinini qabul qilishgan. K. Shoniyozovning fikricha, qoraxoniylar sulolasi bevosita Q. davlati bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uning tadrijiy davomi hisoblangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga kelib Q. Zarafshon daryosining oʻrta va quyi oqimlarida, hozirgi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Shoʻrchi hududlarida yashaganlar. 1924 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida 10 mingdan oshiqroq, Tojikiston hududida 7 mingga yaqin Q. yashagan. Keyinchalik Q. oʻz nomlarini unutib, oʻzbek va tojik millatlari tarkibiga singib ketgan. Ad. Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001. Qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirishgan. Ayniqsa, Turkiy xalqlarnig Xitoy imperiyasiga qarshi boʻlgan kurashlarida keng ishtirok etishgan. Qarlulqar yashaydigan yerda keyinchalik qarluqlar oʻzlarining davlatlarini yaratishadi, olamga ularning davlati Qarluq xonligi ( 766 — 940 ) nomi bilan keng tarqaladi. Keyinchalik, ular Qoraxoniylar (940 — 1210 ) davlatini tuzishadi. Qarluq lahjasi oʻzbek va uygʻur tillarining rivojlanishida katta oʻrin egallaydi. Oʻzbek va uygʻur tillari birgalikda Turkiy tillar guruhining qarluq ostguruhiga kirishadi. Mashhur vakillari Karim Shoniyozov - mashhur oʻzbek tarixchisi va turkshunosi, oʻzbek xalqining tarixi va kelib chiqishi tadqiqotchisi. Emomali Rahmon - Tojikiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
Карлуки объеденяйтесь!!!
:Хуршед Холов