Endi xayolingdan o’chir yodimni, Chiziq tort ismimga dil daftaringda.

Endi uchratarsan, bilmadim, kimni, Ginalar qolmasin yurak qa’ringda. Endi ko’z tikmassan yo’lga intizor, Tunlari bedorlik butkul senga yot. Na senda afsus-u, Na menda bor zor, Axir peshonadir, Bu axir hayot. Endi yurak siniq, orzu chilparchin, Armon ulg’ayadi har kun bir yilga. Maqsadlar ezgulik ersa-da, garchi, Ayro yo’llar bizni eltar manzilga. Endi xohlaganing kabi yashaver, Yayra, sevinchingdan yasab guldasta. Hadlardan bilibmi, bilmay oshaver, Ko’ngling xohishiga bo’lib payvasta... Endi hamma narsa o’zgaradi - rost Hislar-u, Ko’zlar-u, Tuyg’ular boshqa, Faqat... xotiralar qoladi xolos, Quvonch o’zgaradi, qayg’ular boshqa..

Комментарии

Комментариев нет.