Azizam,

tanishganimizga ham
mana bir yil bo’libdi.
Shu bir yil ichida biz
bir-birimizga juda
qattiq bog’lanib qoldik.
Esingdami, bundan
roppa-rosa bir yil oldin
senga sevgi izhor
qilganimda, beihtiyor
ko’zlaringga yosh
kelgandi. O’shanda ilk
bor sening qo’lingdan
tutib, bag’rimga
bosgandim. Sen esa
jimgina ko’ksimga bosh
qo’yganding. Biz bir-
birimizning yurak
urushimiz naqadar
tezlashganini
sezganmiz ilk bora. Sen
savolimga javob
bermaganding. Ammo,
men uchun kerakli
so’zni yuragingning har
bir urushi takror va
takror aytardi.
Bilsanmi, dunyoda
bizdan bahtli
sevishganlar bo’lmasa
kerak. Chunki shu bir
yil davomida yaxshi
kunimda ham, yomon
kunimda ham sen doim
yonimda bo’lding. Meni
tashlab ketmading.
Buning uchun sendan
minnatdorman. Shuni
bilginki, to tirik
ekanman, hech kim
seni mendan tortib
olomaydi

Комментарии

  • 8 апр 2013 07:28
    маладец.хайотда шундай севгилар борлиги учун.хайот гуллаб яшнеди.