"SEVGINING PSIXOLOGIK QIYOFASI"

yoxud "SEVGI YURAKDAN EMAS MIYYADAN URADI".
Bugungi sizlarga yoritilib beriladigan mavzu muqaddas va ilohiy tuyg'u hisoblanmish sevgi haqida. Hamma inson hayotda bir marta bo'lsa ham sevadi, seviladi, sevishadi. Har kim har hilcha o'z sevgilisini tasavvur etadi. Bularning barchasi yurakdan deymiz, ammo yurak qurg'ur shuncha jarayonlarni o'zida qanday sig'dirarkan axir bir musht kabi kattalikka egaku. To'g'ri yurakdan, jigardam urib qoldi degan gaplarni inkor qilib bo'lmaydi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Asl mohiyat yurakda emas, asl mohiyat, xaqiqat insonning MIYA sida. Miyamizda kechgan jarayonni biz yurak amri deymiz holos. Lekin inson YURAKDAN EMAS MIYADAN SEVGANINI hatto o'zi bilmaydi. Buni sizlarga batafsil yoritishga xarakat qilamiz.
Marhamat e'tibor qiling...!!!
Bundan ikki yil oldin g'arbiy yevropa olimlari Sevgini psixologik qiyofasida bahs yuritishadi va bu bahsni oydinlashtirish uchun bir qator ekperimentlar, suhbat metodi, psixologik so'rovnomalar, psixologik rolli o'yinlar, testlar o'tkazilib tadqiqotlar olib borishdi.
(Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Avstriya va Isroil).
Ularning tadqiqotlari natijasi shuni ko'rsatdiki, SEVGI xaqiqatdan ham YURAK dan emas balki MIYA dan uradi degan hulosaga kelindi.
Ularning ana shu hulosalarini bayoni bilan ham siz azizlarni tanishtirishga qaror qildim.
Hulosa shunday bo'lgan.
Miya insonni boshqaruvchi pultdir. U barcha jarayonlarni nazoratini taminlab beruvchi asosiy mehanizm. Ana shu mehanizm turli hil signallarni va operatsiyalarni amalga oshiradi.
Barcha psixik jarayonlar o'zida mujassamlashtiradi. Miya kuchli grabitatsiyaga o'xshaydi. U o'ziga jalb qiluvchilik va inkor qiluvchilik hususiyatlari ana shu grabitatsiya asosida amalga oshiradi.
Inson dastlab o'zi yoqtirgan insonni (qizni yoki yigitni) ko'rganida una atraksiya boshlanadi (atraksiya bu jalb qilishlik, o'ziga qaratish, o'ziga tortish) atraksiya bu psixik jarayon hisoblanamish Idrokda mavjud. Demak sizga sevgini ilk boshlanishini bosqichma bosqich tushuntiraman.
Birinchi bosqichda... Idrokning Atraksiya jaroyoni va sezgi jarayonlari namoyon bo'la boshlaydi.
Ikkinchi bosqich... Psixologik hususiyat simpatiya jarayoni yuz beradi undan so'ng, uchinchi bosqich Diqqat mehanizmlari ishga tushadi diqqat mehanizmlari Oliy psixik funksiya bo'lmish Tafakkurga turtki beradi bu to'rtinchi bosqich hisoblanadi.
Beshinchi bosqich hayol o'zining intensivligini namoyon eta boshlaydi. Oltinchi bosqich bu hissiyot yoki emotsiya bosqichi undan so'ng esa Xotira deb atalmish psixik jarayonni faolligi namoyon bo'la boshlaydi.
Ana shunday jarayonlarning turli bosqichlari o'z o'zidan kelib chiqaveradi. Ularnin barchasi miya amalga oshiradigan ishlar natijasidir.
Endi ularni to'la yoritamiz...
Shunday qilib inson sevgini yuragimda urdi deydi ammo sevi yurakdan emas miyadan urganini bilmaydi. Axir hamma narsani tushunib hulosa qip, u haqda barcha axborotni bilar ekan bu yurani ishimas miyani natijasiku.
Siz sevgan inson haqida hilosalarga kela boshlaysiz, o'zingizcha turli hil tasavurlar uyg'onadi, hayollar o'tadi. Bularning hammasi yurakni ishimas miyada kechayotgan jarayonlarku.
Endi boyagi yuqoridagi fikrni kengroq yoritamiz. Idrok va sezgi jarayonlari o'zida olingan informatsiyani afferent va efferent yo'llar orqali bosh miyaga jo'natadi. Ko'rish sezgisi, eshitish sezgisi, yaqqol idrok qilish, obektni to'laqonli aks ettirish bulaning barchasi olingan yoki to'plangan axborotlarni miyyaga uzatuvchi asosiy omillardir. Undan so'ng simpatiya yani yoqtirish jarayoni yuz beradi bu bevosita tafakkur bilan uyg'unlashib, biralashib yuz beradi. Yani tafakkur barcha olingan axborotni hulosalab, turli hil tahminu, gipotezalarni keltirib chiqaradi. Bulaning barchasi miyyani mahlusi hisoblanadi...
Hullas shunday qilib miyamizdan urushi aniq... Chunki sevgimizni xotiramizda qoliwi, hayolimizdan o'tiwi bularning barchasi kerakli analizatorlar va impluslar orqali miyaga signal beradi va miya uni qabul qiladi. Emotsiya va hissiyotchi degan savol ham tug'iliwi tabiy.... Bu ham o'z o'rniga ega. Chunki biz hayajonlaniwimiz, yoki hadiksirawimiz ham o'zimizning ichki fiziologik mehanizmlarimizga tasir etib ularni jadal ishlashiga turtki boladi. Birgina hayajonni uzi bizda turli hil darajadagi holatlarni keltirib chiqaradi hatto qon bosimi oshishiga ham sabab bo'ladi. Huddi shu kabi yurakning sevgan odamni tez kurganda tez urushi ana shunday miyamizga berilgan implusini tanamizga yoyilganidandir. Shuning uchun am bizda "Uni kursam yuragim boshqacha uradi" yoki "Uni kursam yuragim quvnab ketadi" va boshqa shunga uxshash hulosalar kelib chiqaveradi.
Hullas sevggi miyadan bizning tanimizga implus berib harakatni taminlaydi. Ana shuning uchun ham Yurakdan urdi degan hulosa yoki jigaridan uribdi degan shunga uxshash gaplarni aytiwimiz mumkin. Bazida sevgan odamini kurganda gapiraolmaslik ham miyamizdagi turli hil axborotlarni tormozlaniwi natijasidir. Uni izhor qiliw ham irodaviy qobiliyatdir bu esa uz uzidan miyaga borib taqaladi. Hosh sevgan odam uz sevgilisini unutaolmasligichi...? Nimaga endi yurak unutiw kerak yoki unutdi... Yoq bu notugri, yurak degan azoda xotira yoq. Xotira bizning miyamizda. Ongimizda. Buning ham negizi borib borib psixikamizga taqaladi. Sevgini yurakdan uruw deyiw bu bir ramantik obrazdir. Aslida mohiyat yuqorida keltirilgan fikrlardadir.
Sevgi miyyadan uruladi undagi badiy va ijodiy to'qima va ramantik tasurot esa yurak hisoblanadi. Mana sizga qisqacha mazmun mohiyat. Inson jamiyki faoliyati miyaning mahsuli hisoblanadi. Miya insonni nazorat qiladi, bowqaradi va albatta keraksiz urinda buzib turadi bu aniq fakt. Bekroga aytiwmaydiyu miyangni ishlat deb.
Nima uchun yuragingni ishlat demaydi, yuragingga quloq tut diydi holos. Chunki miya hamma ishni xarakatini taminlaydi, yurak esa insonnin motor qismi bolganligi uchun ham unga quloq tut deyiladi. Sevgida ham shunday. Yurak bizga qon aylanishini taminlaydi, miya uni nazort qiladi. Yurakni hatto transplatatsiya usuli bilan ham bowqa odamdan bowqasinikiga kuchiriwiwni jarrohlik yo'li bilan amalga oshirsa bo'ladi. Unda inson o'lmaydi. Miyanichi....? Miyani kuchirib bolmaydi. Kuchirish u yoqda tursin tig' bilan tegib bolmaydi, miyya qattiq shikastlansa bormi, odam barcha faoliyatini buziliwi yuzaga keladi.
Mana sizlarga bir xaqiqat. Yuqoridagi fikrlarni uqisangiz barchasini tushunasiz.
Shuning uchun ham g'arbiy yevropa olimlari Sevgi yurakdami yoki Miyadami degan savolga bergan qisqacha javoblari.
O'qing va fikr mulohazalaringizni bildiring...

Комментарии

Комментариев нет.