QILAYOTGAN YIGIT... Mening tug‘ishgandek qadrdon do‘stim bor edi. O‘tgan xafta baxtsiz hodisa – avtohalokatda to‘satdan vafot etdi. Alloh gunohlarini kechirsin, rahmatiga olsin! Lekin uning bir muammosi hal bo‘lmay qolib ketdi. Do‘stim internetni yaxshi bilardi. Behayo sahifalarni topib, behayo suratlarni yig‘ishni yaxshi ko‘rardi. Hatto o‘ziga veb-sayt ochib, unga o‘sha suratlarni joylashtirgandi. Buni qarangki, u boshqa o‘ziga o‘xshaganlarga beminnat xizmat ham tashkil qilgan ekan. Uning veb-manzili boshqa bir qator veb-manzillarga a'zo ekan. O‘sha manzillar yangi– yangi suratlarni unga davomli jo‘natishar ekan. Do‘stimning manzili esa avtomatik ravishda u suratlarni o‘z manzili a'zolariga jo‘natadi. Qarabsizki son–sanoqsiz beminnat gunohlar oshnam huzuriga yo‘l olmoqda. Qachon deysizmi? O‘LIMIDAN KEYIN! Aksiga olib manzilning sirli kalitini (parolni) hech kim bilmaydi. Janoza boshlanishini kutib o‘tirarkanman shularni o‘ylardim. Tobutni ko‘tarib borarkanman o‘zimdan so‘rardim: - Qabrga nima olib ketabdi? Behayo suratlarnimi? Qabri tepasiga ham yetib keldik. Ba'zilar uni qabrga tushirayotganda, tuproq tortayotganda ko‘z yosh to‘kishdi. – Ko‘z yoshdan nima foyda? Unga nima qilib bera olasizlar? Tirikligida qayda edinglar? Uni to‘g‘ri yo‘lga chaqirganmisizlar!? – dea o‘ylardim. Nasihat qilganlardan biri men. Qachon shu mavzuni ochsam: - Qo‘y oshna, bu shunchaki bir sho‘xlik. Bilasanku - yoshmiz. Yoshlik esa – sho‘xlik. Bir necha yilda buning hammasi unutiladi. Xozir boshqa mavzularda gaplashaylik! Vafotidan bir ikki kun o‘tib onasi telefon qilib qoldi. – Bolam! Do‘stingdan xavotirdaman. G‘alati tushlar ko‘rabman. Bugun tushimdamish.. uning qabriga yosh-yosh yigitchalar ketma–ket kelib uning qabriga siyishabdi. Qo‘rqib uyg‘onib ketdim. Ta'biri nima ekana bilmaysanmi bolam? – Xavotir olmang onajon, yaxshilikdir, men ta'bir bilmayman, birortasidan so‘rab berarman. Siz xotirjam bo‘ling! Bechora onani tinchlantiraman-u ichimni it tatalaydi. Nima, bilmaymanmi!? Tush ta'biri aniq. Bu o‘sha mash'um manzildan surat kelgan yoshlar gunoh qilishabdi. Ularning ketma-ket kelishi esa bir-biriga jo‘natganidan. Unga yana yaxshilik qilish maqsadida veb- manzilni ijaraga bergan tashkilotga bog‘landim. Ma'lumotlarni olishib, do‘stimning saytiga yana uch yillik ijara to‘langani, agar manzilning sirli kaliti bo‘lmasa hech narsa qilolmasliklarini, ijara muddatini tugashi bilan manzil o‘z–o‘zidan bekor bo‘lishini aytishdi. – Tushunsanglarchi axir, egasi o‘lgan. U yo‘q! – Biz boshqa yordam bera olmaymiz! Yana uch yil!! Bunisiga nima deysiz!? Yomonlik kaliti bo‘lmasangchi, nima qilasan boshqalarga ham tarqatib! Mana endi nima qiladi?! Har kuni yangi va yangi gunohlar.. manzili a'zolaridan, yana o‘sha a'zolar boshqa tanishlariga.. ular ham vahokozo.. uzundan-uzoq zanjirlar. Bu zanjirlarga ilingan gunohlar. Mushfiq Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ogohlantirishlariga quloq solmaslikning jazosi bu: "Kimki bir yomonlikka chaqirsa, u odamga o‘sha yomonlikka ergashgan har bir kishining yomonligidan to‘la bir ulush borib turadi. Avvalgilarning ulushidan keyingilarga berilgani sababli kamaytirilmaydi"! Do‘stim o‘ldi. Lekin qiyomat kunida veb-manzilidan tarqalgan suratlarga tushgan xar bir nazarga, sabab bo‘lgan xar bir buzuqlikka, xar bir tarqatishga javob beradi. Ehe, bu zanjir qachongacha davom etar ekan? Alloh o‘zi kechirsin! (Muallifdan Alloh rozi bo‘lsin) Bu voqeani har birimiz chuqur tahlil qilib, o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarishimiz zarur. Ko‘zlarimizni kattaroq ochishimiz kerak. Blutuz, MMSlar orqali o`tayotgan suratu videolar, saytlarga yozilayotgan behayo hikoyalar zalolat zanjirirni tug`diradi. Bilib-bilmay qilingan gunohlarimizni Yaratguvchi avf etishini tinmay so‘raylik... Imkon bo‘lsa yuqoridagi voqeani ODNOda tarqatishimiz kerak. Boshqalar adashmasligi uchun. Kimdir to‘g‘ri xulosa qilib, yomon odatlarni tashlasa bizlarga ham savobi tegadi Insholloh. Yuqoridagi tekstni tarqatib, voqeadagining aksi, ya'ni yaxshilik zanjirining bir bo‘g‘iniga aylanaylik. Zalolatga qarshi..
SOGINCH
:Abror Otajon
O‘LIMIDAN SO‘NG HAM GUNOH
QILAYOTGAN YIGIT...
Mening tug‘ishgandek qadrdon
do‘stim bor edi. O‘tgan xafta
baxtsiz hodisa – avtohalokatda
to‘satdan vafot etdi. Alloh
gunohlarini kechirsin, rahmatiga
olsin! Lekin uning bir muammosi
hal bo‘lmay qolib ketdi. Do‘stim
internetni yaxshi bilardi. Behayo
sahifalarni topib, behayo
suratlarni yig‘ishni yaxshi
ko‘rardi. Hatto o‘ziga veb-sayt
ochib, unga o‘sha suratlarni
joylashtirgandi. Buni qarangki, u
boshqa o‘ziga o‘xshaganlarga
beminnat xizmat ham tashkil
qilgan ekan. Uning veb-manzili
boshqa bir qator veb-manzillarga
a'zo ekan. O‘sha manzillar yangi–
yangi suratlarni unga davomli
jo‘natishar ekan. Do‘stimning
manzili esa avtomatik ravishda u
suratlarni o‘z manzili a'zolariga
jo‘natadi.
Qarabsizki son–sanoqsiz
beminnat gunohlar oshnam
huzuriga yo‘l olmoqda. Qachon
deysizmi?
O‘LIMIDAN KEYIN!
Aksiga olib manzilning sirli
kalitini (parolni) hech kim
bilmaydi.
Janoza boshlanishini kutib
o‘tirarkanman shularni o‘ylardim.
Tobutni ko‘tarib borarkanman
o‘zimdan so‘rardim:
- Qabrga nima olib ketabdi?
Behayo suratlarnimi?
Qabri tepasiga ham yetib keldik.
Ba'zilar uni qabrga
tushirayotganda, tuproq
tortayotganda ko‘z yosh
to‘kishdi.
– Ko‘z yoshdan nima foyda?
Unga nima qilib bera olasizlar?
Tirikligida qayda edinglar?
Uni to‘g‘ri yo‘lga
chaqirganmisizlar!? – dea
o‘ylardim.
Nasihat qilganlardan biri men.
Qachon shu mavzuni ochsam:
- Qo‘y oshna, bu shunchaki bir
sho‘xlik. Bilasanku - yoshmiz.
Yoshlik esa – sho‘xlik. Bir necha
yilda buning hammasi unutiladi.
Xozir boshqa mavzularda
gaplashaylik!
Vafotidan bir ikki kun o‘tib onasi
telefon qilib qoldi.
– Bolam! Do‘stingdan
xavotirdaman. G‘alati tushlar
ko‘rabman. Bugun
tushimdamish.. uning qabriga
yosh-yosh yigitchalar ketma–ket
kelib uning qabriga siyishabdi.
Qo‘rqib uyg‘onib ketdim. Ta'biri
nima ekana bilmaysanmi bolam?
– Xavotir olmang onajon,
yaxshilikdir, men ta'bir
bilmayman, birortasidan so‘rab
berarman. Siz xotirjam bo‘ling!
Bechora onani tinchlantiraman-u
ichimni it tatalaydi. Nima,
bilmaymanmi!? Tush ta'biri aniq.
Bu o‘sha mash'um manzildan
surat kelgan yoshlar gunoh
qilishabdi. Ularning ketma-ket
kelishi esa bir-biriga
jo‘natganidan. Unga yana
yaxshilik qilish maqsadida veb-
manzilni ijaraga bergan
tashkilotga bog‘landim.
Ma'lumotlarni olishib,
do‘stimning saytiga yana uch
yillik ijara to‘langani, agar
manzilning sirli kaliti bo‘lmasa
hech narsa qilolmasliklarini, ijara
muddatini tugashi bilan manzil
o‘z–o‘zidan bekor bo‘lishini
aytishdi.
– Tushunsanglarchi axir, egasi
o‘lgan. U yo‘q!
– Biz boshqa yordam bera
olmaymiz! Yana uch yil!!
Bunisiga nima deysiz!? Yomonlik
kaliti bo‘lmasangchi, nima qilasan
boshqalarga ham tarqatib! Mana
endi nima qiladi?! Har kuni yangi
va yangi gunohlar.. manzili
a'zolaridan, yana o‘sha a'zolar
boshqa tanishlariga.. ular ham
vahokozo.. uzundan-uzoq
zanjirlar. Bu zanjirlarga ilingan
gunohlar.
Mushfiq Payg‘ambarimiz
Muhammad sollallohu alayhi va
sallam ogohlantirishlariga quloq
solmaslikning jazosi bu:
"Kimki bir yomonlikka chaqirsa, u
odamga o‘sha yomonlikka
ergashgan har bir kishining
yomonligidan to‘la bir ulush
borib turadi. Avvalgilarning
ulushidan keyingilarga berilgani
sababli kamaytirilmaydi"!
Do‘stim o‘ldi. Lekin qiyomat
kunida veb-manzilidan tarqalgan
suratlarga tushgan xar bir
nazarga, sabab bo‘lgan xar bir
buzuqlikka, xar bir tarqatishga
javob beradi.
Ehe, bu zanjir qachongacha
davom etar ekan? Alloh o‘zi
kechirsin!
(Muallifdan Alloh rozi bo‘lsin)
Bu voqeani har birimiz chuqur
tahlil qilib, o‘zimiz uchun kerakli
xulosalarni chiqarishimiz zarur.
Ko‘zlarimizni kattaroq ochishimiz
kerak. Blutuz, MMSlar orqali
o`tayotgan suratu videolar,
saytlarga yozilayotgan behayo
hikoyalar zalolat zanjirirni
tug`diradi. Bilib-bilmay qilingan
gunohlarimizni Yaratguvchi avf
etishini tinmay so‘raylik...
Imkon bo‘lsa yuqoridagi voqeani
ODNOda tarqatishimiz kerak.
Boshqalar adashmasligi uchun.
Kimdir to‘g‘ri xulosa qilib, yomon
odatlarni tashlasa bizlarga ham
savobi tegadi Insholloh.
Yuqoridagi tekstni tarqatib,
voqeadagining aksi, ya'ni
yaxshilik zanjirining bir
bo‘g‘iniga aylanaylik. Zalolatga
qarshi..