Bizga ishonganingiz uchun

rahmat!
"Santiago Bernabeuda" bo'lib
o'tgan marosimdagi murabbiy
va futbolchilar so'zlari.
Ramos:
"Biz o'z orzuimiz va ushbu titulni
yutish uchun kurashdik. Siz
dunyodagi eng talabchan
muhlissizlar, shuning uchun biz
dunyoning eng kuchli klubimiz
va ushbu kundan siz va biz
rohatlanashimiz kerak. Jamoa
sardori sifatida ushbu libos va
bog'ichni kiyib yurish men
uchun ulkan faxr. Sardor
sifatida ilk yildanoq bosh uzra
Chempionlar Ligasi kubogini
ko'tarish - orzular ushalmoqda.
Bir necha yil oldin hech kim bizni
oxirgi uch yilda ikki marta
ushbu kubokni yuta olishimizni
xayoligaham keltira olmasdi. Bu
juda qattiq mehnat evaziga
keldi. O'zimizni va kuchimizni
ayamadik, oson bo'lmagan
mavsumda oxiri taqdirlandik."
Zidan:
"Serhio aytganidek, bu yerda
bo'lish faxr. Shunday istedodli
futbolchilar borligi mening
omadim. Qo'llab-
quvvatlaganlaringiz uchun
rahmat va har doimgidek, Hala
Madrid!"
Ronaldu:
"Sizning ko'magingizsiz biz ushbu
chiroyli sovrinni yuta olmas
edik. Bu libosni kiyish katta faxr. Men judaham baxtliman
va kuylashni xoylayman: Asi,
asi, asi, gana el Madrid!"
Beyl:
"Hammaga rahmat va Hala
Madrid!"
Pepe:
"Men ushbu libosni kiyishga
imkon yaratgan Xudoga, shu
paytgacha har qanday kunimda
meni yonimda turib dalda
bergan oilamga minnatdorchilik
bildiraman. Qo'llab-
quvvatlaganlaringiz uchun
muhlislarga rahmat. Biz
birgalikda kuchlimiz".
Modrich:
"Qiyin mavsumdagi dalda
uchun hammaga rahmat. Bu
sovrin sizlarnikihamdir.
Vazkez:
"Yoshligimda "Real Madrid"
eng katta klub deb menga
o'rgatishgan. Men uchun
ushbu gerbni himoya qilish va
Chempionlar Ligasda g'alaba
qozonish ulkan faxr. Orzuni
oxiri yo'q, keling orzu qilishda
davom etamiz."
Karvahal:
"10 yoshimda men "Real"
akademiyasiga kelganman.
Men yoshlik chog'imda
muhlislar tribunasidan turib
muhlislik qilardim va bu jamoa
uchun ko'p yig'laganman. Bu
kechada yashash ajoyib. Ikki
YeCHL kubogini bayram qilish
rohatli. Umid qilaman, oldinda
hali birgalikda ko'p g'alabalarni
nishonlaymiz."
Varan:
"Biz hammamiz ushbu sovrinni
yutish qay darajada qiyinligini
bilamiz. Biz ushbu kechadan
sizlar bilan birgalikda rohat
olishni istaymiz."
Kroos:
"Men ispanchada ko'p
gapirmayman, ammo eng
muhumini bilaman: Hala
Madrid!".
Marselo:
"10 yil ushbu klubda to'p surib,
buyerda bo'lish katta faxr.
Kiyinish xonasida bu buyuk
futbolchilar va murabbiy bilan
birgalikda bo'lish ulkan baxt.
Bugun maxsus kun, va siz
xursandchilik qilishingiz kerak.
Hammaga rahmat. Bu baxtni
muhlislarga tortiq etish ajoyib.
Biz yomon start oldik, ammo
murabbiy keldi va hammasi
o'zgardi".
Navas:
"Bu jamoa o'yinchisi bo'lganim
uchun, ilgarigidan ko'ra bugun
Xudoga ko'proq
minnatdorchilik bildiraman.
Yoshlikdagi orzu reallikga
aylanmoqda, ammo bu men
o'ylaganimdan ham yaxshiroq.
Pura vida y Hala Madrid!".
Isko:
"Bugun o'zgacha kun va har
bir qo'llab-quvvatlash uchun
minnatdorchilik bildrishni
istayman. Klub menga hech
qachon taslim bo'lmaslik
kerakligini o'rgatdi"
Xames:
"Ushbu klubning bir bo'lagi
bo'lish men uchun sharaf".
Benzema:
"Ko'magingsiz uchun rahmat.
Hala Madrid!".
Kazemiro:
"Bu jamoani himoya qilish
ulkan sharaf. "Kastilya"ga
kelganimda asosiy jamoa
o'yinchisi bo'lish uchun qattiq
mehnat qildim. Boshqa klubga
ketganimda esa, qaytishni va
juda ko'p sovrinlar yutishni
xohlardim. Hammaga rahmat".
Arbeloa:
"Qachon va kim buni
boshlaganini bilmayman, ammo
kimga minnatdorchilik bildrishni
bilaman. Hammangizga
rahmat".
Danilo:
"Dunyoning eng eng yaxshi
klubida, jahonning eng kuchli
futbolchilari bilan bolish katta
baxt. Bu klub dunyoning eng
yaxshi muhlislari uchun".
Xese
"Madrid" o'yinchisi
bo'lganimdan faxrlanaman.
Sheriklarimdan nafaqat futbol
sirlari, balki shaxsiy hayot
qarashlarini o'rganayotganim
mening omadim. Biz bir
oilamiz, umid qilaman
sizlarning ko'magingizda hali
ko'plab sovrinlar yutamiz".
Nacho:
Ikki karra Chempionlar Ligasini
qo'lga kiritganimdan
xursandman. Biz yana yutishni
istaymiz."
Kasilya
"Bu klubda ekanligimdan
faxrlanaman. Bu yerdan
ketganimda, bu orzu edi. Biz
Zidan bilan "Novenu"ni
yutganda birga edik, endi yana
birgamiz".
Kovachich:
"Bu yerda bo'lish faxr.
Hammaga rahmat. Hala
Madrid!"
Yanez:
"Kanterano uchun bu yerda
bo'lib, jamoani bir qismi bo'lish
ulkan sharaf. Hamma
futbolchilar va muhlislarni
tabriklashni xohlardim. Hala
Madrid!".

Комментарии