Yana telbalanib, yana

örtanib,
Yana beixtiyor ketgancha
tinchim.
Kechiring, bir gapga qoldim
örganib,
Dilbarim men sizni Sog'inib
kettim...
Men sizni sog'indim, bir kun
ichida,
Bir soat ichida, bir on ichida.
Qandaydir baxt bilan armon
ichida,
Dilbarim men sizni
Sog'inib kettim...
ANA, shoshganimcha chopdim
köchaga,
Kel, kel deb yonimga dardim,
sevinchim.
Böm-bösh bir yer bilan osmon
ichida,
Dilbarim men sizni
Sog'inib kettim....
SIZ, deb intiqqan shu kun
kechada,
Sizga yuqmadimi mening
sog'inchim.
Axir guvillagan isyon ichida,
Dilbarim men sizni
Sog'inib kettim...!!!

Комментарии