Toksinlar bilan zararlangan, buzilib qolgan, ayniqsa konserva ko‘rinishidagi oziq-ovkat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan og‘ir ovqat toksikoinfeksiyasidir. Klinik jihatdan botulizm asosan markaziy va vegetativ nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan og‘ir zaharlanish bilan ta’riflanadi. Etiologiyasi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi Cl. botulinum oilasiga mansub bo‘lgan anaerobdir. U harakatchan, issiqlikka chidamli, sporalar hosil qiladigan, terminal holda joylashgan, tennis raketkasiga o‘xshagan yo‘g‘on tayoqchadir. U go‘sht, baliq va o‘simlik mahsulotlarida (qon qo‘shilgan agar, ozgina jigar yoki go‘sht qo‘shilgan go‘sht-peptonli bulyonlarda) havo bo‘lmasa ham o‘saveradi. Botulizm bakteriyalari A, V, S, D, E, G, Q turlariga bo‘linadi. Respublikada asosan A, V, YE turlari uchrab turadi. Mikrobning vegetativ shakllari 80°S haroratda 15—30 minut davomida halok bo‘ladi. Uning sporalari chidamli bo‘lib, quritilgan holatda o‘n yillab tirik qoladi. 5 soat mobaynida qaynatilgan hatto 180°S haroratda ham xalok bo‘lmaydi. Uzidan barcha bakteriya toksinlari va kimyoviy moddalar ichida eng zaharli bo‘lgan (0,000001 ml suyultirilgan toksin dengiz cho‘chqachasini o‘ldiradi) ekzotoksin moddasini ishlab chikaradi. Uning odamni o‘ldiradigan miqdori 0,3 mkg dir. Ayniqsa A turidagi toksin kuchli xisoblanadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan toksin fizikaviy va kimyoviy omillar ta’siriga nisbatan ancha chidamli. Konservalarda toksinlar quyosh nuri va havo ta’siridan parchalanmaydi, ular qorong‘i va sovuq joylarda 6—8 oy mobaynida oz-moz kuchsizlanadi. Epidemiologiyasi. Botulizm deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi saprofit ko‘rinishida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida yashaydi. Tuproqqa tushganda spora holida uzoq vaqt saqlanishi, lekin muayyan sharoitda (xarorat, namlik bo‘lganda) o‘sishi va ko‘payishi mumkin. Sporalarning oziq-ovqat (go‘sht, baliq, o‘simlik) mahsulotlariga, terining yarali yuza joylariga tushishi, xali xavf tug‘dirmaydi, chunki sporalarda zahar bo‘lmaydi. Ayni paytda ular o‘sib, anaerob sharoitlarida mikroblarning vegetativ shakllari hisoblangan toksin mahsulotlarida paydo bo‘ladi. Hozirgi paytda go‘sht mahsulotlaridan kasallanish kamdan-kam uchraydi. Bu kasallik bilan asosan sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar, ayniqsa uyda tayyorlangan konservalardan kasallanish mumkin. Kasallik ko‘proq konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor za baqlajonlar iste’mol qilinganda yukadi. Botulizm uchun mavsumiylik xos bo‘lib, kasallik ko‘proq qish, bahor oylariga va yozning boshlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur xastalikning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta turi: chaqaloqlarda uchraydigan, oziq-ovqatdan va yara orqali yuqadigan turlari mavjud. Botulizmning 99 foizi oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladigan toksinlar tufayli kelib chiqadi. Jarohat tufayli yuzaga keladigan botulizmdagi toksin mikroorganizm orqali, chaqaloqlarda uchraydigan botulizmdagi toksin esa me’da-ichak orqali ishlanib chiqadi. Patogenezi. Kasallik klinik simptomlarining rivojlanishida 3 ta omil: toksinli, infeksiyali va organizmiing zaharga nisbatan individual sezgirligi ahamiyatlidir. Ovqat hazm qilish yo‘li infeksiyanang kirish darvozasi hisoblanadi. Botulizm patogenezida toksikli omil muhim ahamiyat kasb etadi. Buzilib qolgan ovqat iste’mol qilinganda organizmga asosan sporalar ko‘rinishidagi botulizm toksinlari va bakteriyalari tushadi, Sporalar ovqat hazm qilish yo‘li orqali ichki organlarga kiradi. Organizm ovqat hazm qilish yo‘li va to‘qimalar orqali u yerga toksin tushishi sababli ham zaharlanadi. Toksin me’da-ichak yo‘liga tushar ekan, harakatlantiruvchi nerv tolalari oxirlariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Atsetilxolin hosil bo‘lishiga to‘sqinlik kiladi va ichaklarning paralitik xolatini keltirib chiqaradi. Toksin ovqat hazm qilish yo‘lidan qon tomirlariga nisbatan tez so‘rilib ularning torayishiga sabab bo‘ladi. Teri rangparligi, bosh aylanishi, arterial bosimning oshishi, og‘iz kurishi kabilar kasallikning erta simptomlari hisoblanadi. Kapillar endoteliylar va prekapillarlar shikastlanganda ularning butunligi buziladi, o‘tkazuvchanligi. oshadi. Natijada toksinlar organlarga tushadi va bu yerda toksin turli sistemalar xujayralarini, asosan nerv sistemasini zararlantiradi. Bosh miyaning-o‘zakli qismi hujayralari, asosan uning ganglioz hujayralari, shuningdek, bulbar kismi markazlari ayniqsa kuchli shikastlanadi. Bulbopontin va miostenik sindromi bo‘lgan o‘ziga xos poliensefalit (ko‘rishning xiralashuvi, nafas faoliyatining izdan chiqishi) bosh miya o‘zakli qismi zararlanganligining klinik alomati bo‘lib hisoblanadi. Bunda skelet mushaklari va diafragmaning harakatlantiruvchi nerv oxirlari ham zararlanadi. Miya va miya pardalari, o‘pda, jigar, me’da-ichak yo‘li qonga to‘lib ketadi. Ko‘proq miya qon tomirlarida trombozlar, tomirlar endoteliysining degenerativ nekrotik o‘zgarishlari kuzatiladi. Ganglioz xujayralar ko‘proq shikastlanadi. Klinikasi. Botulizmning klinik manzarasi juda spetsifik bo‘lib, quyidagi asosiy sindromlar: paralitik, gastrointestinal va umumiy zaharlanishdan iborat bo‘ladi. Botulizmda hamma organ va sistemalar zararlanadi, lekin ularning simptomlari bulbar buzilishlar yuzaga kelishidan sezilmay qoladi. Botulizmning inkubatsion davri 2—4 soatdan 10— 14 kungacha, ko‘pincha 6—24 soat davom etadi. Kasallik ko‘pgina hollarda o‘tkir, botulizmga xos bo‘lmagan belgilar: umumiy holsizlik, bosh og‘rishi; bosh aylanishi, bezovtalanish, uyquning buzilishi, qator bemorlarda me’daning achishishi, ko‘ngil aynishi, 2—4 marta qayt qilish va ich ketishi bilan boshlanadi. Botulizmda ich ketishi va qayt qilish uzoq davom etmaydi (6—24 soat) va nevrologik belgilar paydo bo‘lishi bilan ich ketishi qabziyat bilan almashadi. Tana harorati asoratlar ro‘y berganda (stomatit, zotiljam va boshqalar) ko‘tariladi. Kasallik simptomlari juda tez zo‘rayib boradi. Kasallik boshlangandan bir necha soatdan keyin yoki birinchi kunning oxiriga borib, og‘ir xollarda boshlanishdayoq kasallikka xos belgilar: so‘lak bezlari, burun-yutqin va yuz mushaklari faoliyatini boshqaruvchi bulbar nerv markazlari faoliyatining buzilishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Ko‘z oldida to‘r paydo bo‘lishi yoki ko‘zning xiralashishi, jismlarning noaniq ko‘rinishi, ko‘z oldida qora dog‘larning paydo bo‘lishi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishi kabi belgilar bemorning dastlabki shikoyatlaridan hisoblanadi. Bemor qovoqlarining osilib tushishi (ptoz), qorachiqlarning kengayishi (midriaz), ularning harakatsizligi, har xil kattalikda bo‘lishi (anizokoriya), yorug‘likka akkomodatsiyasining buzilishi, gorizontal nistagm, g‘ilaylik (strobizm) aniqlanadi. Yutish aktining buzilishi, ko‘zning xiralashganligi kabilar ilk belgilardan biri hisoblanadi. Ko‘pincha qattiq, quruq va suyuq ovqatni yutish (tomoqda spazm tufayli) qiyinlashadi, ko‘pincha suyuq ovqat qisman traxeyaga tushib, bemorlar qalqib ketadilar, qisman esa ovqat burundan qaytadi. Bemorlar og‘iz qurishidan va ko‘p chanqashdan shikoyat qiladilar. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilganda ogiz va yutqin shilliq qavati qizargani, tilning karash boylagani, yumshoq tanglayning harakatsizligi, yutqin va tanglay refleksi susaygani yoki bo‘lmasligi kuzatiladi. Disfaziya bilan birga birga bemorlarning tovushi xam o‘zgaradi, u pasayib, xirillab, so‘zlar (hatto afoniyagacha) tushunarsiz chiqadi. Yumshoq tanglay zararlanganda tovush yoqimsiz, til va tomoq mushaklari parezida bemorlarning gapi tushunarsiz bo‘lib qoladi. Kasallikning boshlang‘ich davrida bemorning mushaklari kuchsizlanib qoladi, u tez charchaydi, to‘g‘ri yura olmaydi, boshi og‘ib ketaveradi. Oyoqlari xuddi o‘ziniki emasdek tuyuladi, gandiraklab yuradi-, qo‘llari xuddi jonsizdek osilib turadi, biror narsani ushlab tura olmaydi. Simptomlar es-hush joyida bo‘la turib rivojlanadi. Sezuvchanlikning buzilishi kuzatilmaydi. Bemor ko‘zdan kechirilganda mushaklari bo‘shashgan, xuddi xamirga o‘xshab qolgandek bo‘lib qoladi. Kasallikning oxirgi davrida ko‘proq nafas funksiyasi buziladi, bu diafragma va boshqa nafas mushaklari parezi bilan bog‘langan bo‘ladi. Bemorlar qiynalib, tez-tez, yuza nafas oladilar. Ular ko‘krakda og‘riq turishidan, havo yetishmasligidan shikoyat qilishadi, o‘rinda alahsirashadi. Kislorod yetishmasligi, sianoz rivojlanib, nafas buzilishining zo‘rayib borishi o‘limning asosiy sababidir. Qator bemorlarda aspiratsion zotiljam rivojlanadi. Yurak chegaralarining kengayishi, yurak urishining past eshitilishi, bradikardiyaga moyillik, qon bosimining normada bo‘lishi, EKG da toksik miokardit belgilari aniqlanadi. Jigar va taloq kattalashadi, diurez kamayadi, siydik ajralishi to‘xtab qoladi. Siydikda albuminuriya, silindrouriya va buyrak epiteliysi hujayralari kuzatiladi. Qonda aytarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi, leykotsitoz bir oz chapga surilganligi, neytrofilyoz va ECHT tezlashganligi aniqlanadi. Bemor asta-sekin tuzalib boradi. Yengil turida 2— 3 haftadan keyin, og‘ir turida 2—3 oydan keyin sog‘ayadi. Asoratlari. Aspiratsion zotiljam, infeksion miokardit, yiringli parotit, miozitlar, nevritlar, stomatitlar. Kasallikning yashirin, yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlari farq qilinadi. Yashirin turida disfoniya tufayli ko‘z xiralashadi, lekin bu xol uzoq davom etmaydi, zo‘raymaydi, tezda yo‘qolib ketadi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda botulizm. Kasallik ich qotishi bilan birga parezlar va falajlar ro‘y berishi bilan ta’riflanadi, bular miya-chanoq nerv tolalari orqali boshqarilib butun tanaga, shuningdek, nafas mushaklariga ham tarqaladi. Kasal bola boshini tutib tura olmaydi, bo‘g‘iq ovoz bilan yig‘laydi, yaxshi ema olmaydi. Guruhiy kasalliklar kuzatilmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki toksin kasallarning axlatidan ajralib chiqkani holda, qon zardobida toksin izlari bo‘lmaydi. Yarali botulizm kamdan-kam uchraydi, yara sohasida qo‘zg‘atuvchining vegetativ formalar tomonidan toksin ishlab chiqarishi natijasida paydo bo‘ladi. Yarali botulizmning klinik manzarasi kasalikning klassik kechishi kabi bo‘lsa-da, lekin kasallikning birinchi kunidan harorat ko‘tarilishi qayd qilinadi, me’da-ichak yo‘li buzilishi (qayt qilish, ich ketishi) simptomlari kuzatilmaydi. Asoratlari. Zotiljam, sepsis, toksik miokardit, miozit, nevritlar, zardob kasalligi. Tashxisi. Botulizmni odatdagi nevrologik simptomlar (yuz, burun-yutqin, bo‘yin, -qizilo‘ngach mushaklarini innervatsiyalaydigan ko‘rish organlari, bulbar markaz buzilishlari) orqali epidemiologik anamnez ma’lumotlari yordamida (konservalangan mahsulotlar ovqatga ishlatilganda) aniqlash qiyin emas. Guruhiy kasalliklarda botulizmga tashxis qo‘yish bir muncha yengil bo‘ladi. Differensial tashxisi. Botulizmning klinik manzarasi boshqa kasalliklarning klinik manzarasidan yakqol ajralib turishiga qaramasdai, ayrim belgilari boshqa kasalliklarda ham uchrab turishi mumkin. Botulizmni ovqatdan zaharlanish, poliomiyelit, Giyen — Barre sindromi, bo‘g‘ma, ensefalit bilan kiyosiy tashxislashga to‘g‘ri keladi. Kasallikning et uvishishi va haroratning yuqori bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tez-tez snyish bilan o‘tkir boshlanishi salmonellyoz uchun xosdir. Bunda tez-tez ich ketadi, axlat suyuq va badbuy hidli bo‘ladi. Bemor talvasaga tushishi tufayli hushdan ketishi mumkin. Botulizmdan farqli o‘laroq, bunda ko‘rish, yutish akti buzilishi va ovozning xirillab qolishi aniqlanmaydi. Stafilokokk keltirib chiqaradigan ozik-ovqat toksikoinfeksiyalari ko‘proq sifatsiz ovqat va sut maxsulotlari iste’mol qilganda yuzaga chiqadi. Bu kasallikda zaharlanish taxikardiya tufayli qon bosimi kamayib ketishi bilan ta’riflanadi, kasallik og‘ir kechganda bemor talvasaga tushadi va bunda kollaps rivojlanishi ehtimol. Bo‘g‘mada, odatda yuqori tanglayning o‘ng tomoni falajlanadi, kasallikning oxiriga borib ko‘z xiralashib qoladi. Botulizmda esa bular kasallikning boshlanishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bu kasallikda bo‘yinda shish, yumshoq tanglayda esa difterik qarashlar pay.do bo‘ladi. Bo‘g‘mada kuzatilgan asabiy buzilishlar bo‘yin shishi yo‘qolgandan keyin yuzaga keladi. Falajlar miokardit rivojlanganda aniqlanadi. Giyen—Barre sindromida falajlanishning lokallanishi (ko‘chib yurishi), mushak guruhlarining falajlanishi botulizmni eslatishi mumkin. Lekin bunda mushaklar falajlanishi kuchayib, sensor nuqsonlar ko‘payib boradi, mushaklar nomutanosib ravishda kuchsizlanadi, miya-chanoq nervlarining zararlanganligi, keyinchalik falajlar eng kuchaygan paytda biyainadi. Botulizmdan farqli ravishda Giyen — Barre sindromida orqa miya suyuqligida oqsil miqdori ancha oshib ketadi. Poliomiyelitning bulbar shaklida xuddi botulizmning boshlang‘ich davridagidek, miya-chanoq nervlari zararlanadi. Bu kasallikda ko‘plab so‘lak va shilliq moddalar ajralib chiqadi, mushaklar va bo‘g‘imlarda erta rivojlanadigan muskullar gipotrofiyasi va mushaklarning maxsus elektromiografik ko‘rsatkichlari bilan kechadigan falajlar botulizmdan farq qiladi. Miasteniyaning og‘ir turi sekin rivojlanib boradi va harakat qilganda muskullarning bo‘shashishi kuzatiladi. Ensefalitlar asta-sekin prodromal davridan boshlanadi. Isitmaning baland bo‘lishi, to‘satdan boshlanadigan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik bu kasallikka xos belgilardir. Kasallik giperkineziya, sezish buzilishlari, giperesteziya bilan birga kechadi. Bemor hushidan ketishi, alahsirashi mumkin. Mingdevona o‘simligidan zaharlanganda behollik, uyqu bosishi, goho qayt qilish, yuz va gavda terisi giperemiyasi (ba’zan skarlatinadagidek toshmalar toshadi), ruhiyat buzilishi qayd qilinadi. Bemorlar besaranjom bo‘lib qolishadi, o‘z xarakatlarini boshqara olmay qoladilar, alahsiraydilar. Kamdan-kam hollarda tonik-klonik talvasa tutadi. Laboratoriya usulida tashxis ko‘yish. Botulizmga to‘liq tashxis qo‘yish uchun bakteriologik tekshirishlar talab qilinadi. Laboratoriyada tekishrishdan maqsad, toksin va uning serologik xilini aniqlashdan iborat. Buning uchun bemordan olingan qon, axlat, qusuq, moddalari yoki bemorning me’dasi yuvilgan suv, siydik va shubha qilingan oziq-ovqat mahsulotlari tekshiriladi. O‘lim yuz bergan xollarda patologik anatomiya yo‘li bilan olingan materialdan foydalaniladi. Botulizmga shubha qilinganda, tekshirish uchun material bemorga botulizmga qarshi zardob yuborishdan oldin olinadi. Material biron narsaga yaxshilab o‘raladi, ustiga aniq qilib yozuvlar yozilib laboratoriyaga jo‘natiladi. Toksin mavjudligini aniqlash uchun biologik sinama va uni sichqonlarda neytrallash reaksiyasidan foydalaniladi. Davosi. Botulizmning asosiy davolash usuli botulizmga qarshi antitoksik zardob yuborishdir. Zardob kasallik boshlangan zaxoti yuborilishi kerak. Buning uchun A, V, YE turdagi polivalent zardoblardan yoki shu zardoblarning monovalent aralashmalaridan foydalaniladi. A, V zardoblarining har bir turi 10000 TB dan va YE turdagi zardobdan 5000 TB dan yuboriladi. Polivalent zardoblarning umumiy miqdori 25000 TB ni tashkil qiladi. Botulizm yengil kechganda zardob bir marta yuboriladi. O‘rtacha og‘irlikdagi bemorlarga 3—4 kun davomida mushak orasiga 1—2 doza zardob yuboriladi. Botulizm og‘ir kechgan hollarda birinchi kunlari sutkasiga 4 ml miqdorda zardob buyuriladi, uning yarmi 5% li glukoza va natriy xloridning izotonik eritmasi bilan tomchilab venaga, qolgani mushaklar orasiga yuboriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda zardob 3—4 kun davomida yuborilib turiladi. Botulizmga qarshi zardob asosan Bezredka usulida yuboriladi. Qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangandan so‘ng monovalent zardob yuboriladi. Zardobni yuborayotganda zardob kasalligi rivojlanishi mumkin zkanligini esda tutish zarur. Bemorda allergik reaksiyalar rivojlanganda dimedrol, promedol, efedrin, prednizolon tayinlanadi. Me’da-ichak yo‘llarini buzilgan ovkat maxsulotlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchilari va toksinlardan xoli etish uchun me’dani yuvish, keyin esa bemor aktivlangan ko‘mir, ichni yumshatuvchi habdori kabul qilishi va unga huqna qilish lozim. Kasallik vegetativ shaklining oldini olnsh. uchun antibiotiklar tayinlanadi. Botulizmda eng yaxshi naf beradigan antibiotiklardan birn levomitsetindir. Kasallikning og‘ir turlarida katta yoshdagi bolalarga bir kecha kunduzda 2,0—2,3 litr kristalloidlar va 300 ml gacha kolloidlar beriladi. Bunday katta mikdordagi suyuqlik bemor organizmiga laziks yordamida diurez yaxshilanib turgan holda yuboriladi. Bemorlarga ko‘p-ko‘p vitamin tayinlanadi (venaga askorbinat kislota yuboriladi, V guruh vitaminlari buyuriladi), shuningdek, yurak-tomir vositalari hisoblangan strixnin, prozerin, dibazol berish; kerak. Kasallik og‘ir kechganda glyukokortikosteroidlar tayinlanadi. Bemorning nafas olishi buzilgan takdirda sun’iy nafas oldirishga o‘tiladi. So‘nggi yillarda terapevtik chora-tadbirlar kompleksiga giperbarik oksigenatsiya kiritilgan. Asoratlar avj olganda antibakterial davo tayin qilinadi. Kasallikning oldini olish. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Konserva ishlab chiqarish sanoatida sanitariya nazorati alohida ahamiyat kasb etadi. Konservalarning usti ko‘tarilib qolganligi ularni yo‘qotishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Maxsus profilaktika aholini 3 marotaba (birinchi bilan ikkinchisining orasidagi muddat 1,5 oy, ikkinchisi bilan uchinchisining orasidagi muddat 3 oy) A, V, YE, S turdagi polianatoksin bilan emlashdan iborat. Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan bolalarga shoshilinch choralar ko‘riladi (mushak ichiga 5000 TB gacha miqdorda botulizmga qarshi zardob yuboriladi). Kasal bolalar 10—12 kun davomida kuzatib turiladi.
DOCTORUZ
BOTULIZM (BOTULISMUS)
Toksinlar bilan zararlangan, buzilib qolgan, ayniqsa konserva ko‘rinishidagi oziq-ovkat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan og‘ir ovqat toksikoinfeksiyasidir. Klinik jihatdan botulizm asosan markaziy va vegetativ nerv sistemalari zararlanishi bilan ifodalanadigan og‘ir zaharlanish bilan ta’riflanadi.
Etiologiyasi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi Cl. botulinum oilasiga mansub bo‘lgan anaerobdir. U harakatchan, issiqlikka chidamli, sporalar hosil qiladigan, terminal holda joylashgan, tennis raketkasiga o‘xshagan yo‘g‘on tayoqchadir.
U go‘sht, baliq va o‘simlik mahsulotlarida (qon qo‘shilgan agar, ozgina jigar yoki go‘sht qo‘shilgan go‘sht-peptonli bulyonlarda) havo bo‘lmasa ham o‘saveradi.
Botulizm bakteriyalari A, V, S, D, E, G, Q turlariga bo‘linadi. Respublikada asosan A, V, YE turlari uchrab turadi. Mikrobning vegetativ shakllari 80°S haroratda 15—30 minut davomida halok bo‘ladi. Uning sporalari chidamli bo‘lib, quritilgan holatda o‘n yillab tirik qoladi. 5 soat mobaynida qaynatilgan hatto 180°S haroratda ham xalok bo‘lmaydi.
Uzidan barcha bakteriya toksinlari va kimyoviy moddalar ichida eng zaharli bo‘lgan (0,000001 ml suyultirilgan toksin dengiz cho‘chqachasini o‘ldiradi) ekzotoksin moddasini ishlab chikaradi.
Uning odamni o‘ldiradigan miqdori 0,3 mkg dir. Ayniqsa A turidagi toksin kuchli xisoblanadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi hisoblangan toksin fizikaviy va kimyoviy omillar ta’siriga nisbatan ancha chidamli. Konservalarda toksinlar quyosh nuri va havo ta’siridan parchalanmaydi, ular qorong‘i va sovuq joylarda 6—8 oy mobaynida oz-moz kuchsizlanadi.
Epidemiologiyasi. Botulizm deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. Botulizm qo‘zg‘atuvchisi saprofit ko‘rinishida odam, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, qushlar, qisqichbaqalar, baliqlar organizmida yashaydi. Tuproqqa tushganda spora holida uzoq vaqt saqlanishi, lekin muayyan sharoitda (xarorat, namlik bo‘lganda) o‘sishi va ko‘payishi mumkin.
Sporalarning oziq-ovqat (go‘sht, baliq, o‘simlik) mahsulotlariga, terining yarali yuza joylariga tushishi, xali xavf tug‘dirmaydi, chunki sporalarda zahar bo‘lmaydi. Ayni paytda ular o‘sib, anaerob sharoitlarida mikroblarning vegetativ shakllari hisoblangan toksin mahsulotlarida paydo bo‘ladi.
Hozirgi paytda go‘sht mahsulotlaridan kasallanish kamdan-kam uchraydi. Bu kasallik bilan asosan sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan konservalar, ayniqsa uyda tayyorlangan konservalardan kasallanish mumkin.
Kasallik ko‘proq konservalangan qo‘ziqorin, bodring, pomidor za baqlajonlar iste’mol qilinganda yukadi.
Botulizm uchun mavsumiylik xos bo‘lib, kasallik ko‘proq qish, bahor oylariga va yozning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Mazkur xastalikning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta turi: chaqaloqlarda uchraydigan, oziq-ovqatdan va yara orqali yuqadigan turlari mavjud.
Botulizmning 99 foizi oziq-ovqat mahsulotlarida bo‘ladigan toksinlar tufayli kelib chiqadi. Jarohat tufayli yuzaga keladigan botulizmdagi toksin mikroorganizm orqali, chaqaloqlarda uchraydigan botulizmdagi toksin esa me’da-ichak orqali ishlanib chiqadi.
Patogenezi. Kasallik klinik simptomlarining rivojlanishida 3 ta omil: toksinli, infeksiyali va organizmiing zaharga nisbatan individual sezgirligi ahamiyatlidir. Ovqat hazm qilish yo‘li infeksiyanang kirish darvozasi hisoblanadi.
Botulizm patogenezida toksikli omil muhim ahamiyat kasb etadi. Buzilib qolgan ovqat iste’mol qilinganda organizmga asosan sporalar ko‘rinishidagi botulizm toksinlari va bakteriyalari tushadi, Sporalar ovqat hazm qilish yo‘li orqali ichki organlarga kiradi. Organizm ovqat hazm qilish yo‘li va to‘qimalar orqali u yerga toksin tushishi sababli ham zaharlanadi. Toksin me’da-ichak yo‘liga tushar ekan, harakatlantiruvchi nerv tolalari oxirlariga tanlab ta’sir ko‘rsatadi. Atsetilxolin hosil bo‘lishiga to‘sqinlik kiladi va ichaklarning paralitik xolatini keltirib chiqaradi. Toksin ovqat hazm qilish yo‘lidan qon tomirlariga nisbatan tez so‘rilib ularning torayishiga sabab bo‘ladi. Teri rangparligi, bosh aylanishi, arterial bosimning oshishi, og‘iz kurishi kabilar kasallikning erta simptomlari hisoblanadi.
Kapillar endoteliylar va prekapillarlar shikastlanganda ularning butunligi buziladi, o‘tkazuvchanligi. oshadi. Natijada toksinlar organlarga tushadi va bu yerda toksin turli sistemalar xujayralarini, asosan nerv sistemasini zararlantiradi. Bosh miyaning-o‘zakli qismi hujayralari, asosan uning ganglioz hujayralari, shuningdek, bulbar kismi markazlari ayniqsa kuchli shikastlanadi. Bulbopontin va miostenik sindromi bo‘lgan o‘ziga xos poliensefalit (ko‘rishning xiralashuvi, nafas faoliyatining izdan chiqishi) bosh miya o‘zakli qismi zararlanganligining klinik alomati bo‘lib hisoblanadi. Bunda skelet mushaklari va diafragmaning harakatlantiruvchi nerv oxirlari ham zararlanadi. Miya va miya pardalari, o‘pda, jigar, me’da-ichak yo‘li qonga to‘lib ketadi. Ko‘proq miya qon tomirlarida trombozlar, tomirlar endoteliysining degenerativ nekrotik o‘zgarishlari kuzatiladi. Ganglioz xujayralar ko‘proq shikastlanadi.
Klinikasi. Botulizmning klinik manzarasi juda spetsifik bo‘lib, quyidagi asosiy sindromlar: paralitik, gastrointestinal va umumiy zaharlanishdan iborat bo‘ladi.
Botulizmda hamma organ va sistemalar zararlanadi, lekin ularning simptomlari bulbar buzilishlar yuzaga kelishidan sezilmay qoladi.
Botulizmning inkubatsion davri 2—4 soatdan 10— 14 kungacha, ko‘pincha 6—24 soat davom etadi.
Kasallik ko‘pgina hollarda o‘tkir, botulizmga xos bo‘lmagan belgilar: umumiy holsizlik, bosh og‘rishi; bosh aylanishi, bezovtalanish, uyquning buzilishi, qator bemorlarda me’daning achishishi, ko‘ngil aynishi, 2—4 marta qayt qilish va ich ketishi bilan boshlanadi. Botulizmda ich ketishi va qayt qilish uzoq davom etmaydi (6—24 soat) va nevrologik belgilar paydo bo‘lishi bilan ich ketishi qabziyat bilan almashadi.
Tana harorati asoratlar ro‘y berganda (stomatit, zotiljam va boshqalar) ko‘tariladi.
Kasallik simptomlari juda tez zo‘rayib boradi. Kasallik boshlangandan bir necha soatdan keyin yoki birinchi kunning oxiriga borib, og‘ir xollarda boshlanishdayoq kasallikka xos belgilar: so‘lak bezlari, burun-yutqin va yuz mushaklari faoliyatini boshqaruvchi bulbar nerv markazlari faoliyatining buzilishi kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Ko‘z oldida to‘r paydo bo‘lishi yoki ko‘zning xiralashishi, jismlarning noaniq ko‘rinishi, ko‘z oldida qora dog‘larning paydo bo‘lishi, narsalarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishi kabi belgilar bemorning dastlabki shikoyatlaridan hisoblanadi.
Bemor qovoqlarining osilib tushishi (ptoz), qorachiqlarning kengayishi (midriaz), ularning harakatsizligi, har xil kattalikda bo‘lishi (anizokoriya), yorug‘likka akkomodatsiyasining buzilishi, gorizontal nistagm, g‘ilaylik (strobizm) aniqlanadi.
Yutish aktining buzilishi, ko‘zning xiralashganligi kabilar ilk belgilardan biri hisoblanadi. Ko‘pincha qattiq, quruq va suyuq ovqatni yutish (tomoqda spazm tufayli) qiyinlashadi, ko‘pincha suyuq ovqat qisman traxeyaga tushib, bemorlar qalqib ketadilar, qisman esa ovqat burundan qaytadi.
Bemorlar og‘iz qurishidan va ko‘p chanqashdan shikoyat qiladilar. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilganda ogiz va yutqin shilliq qavati qizargani, tilning karash boylagani, yumshoq tanglayning harakatsizligi, yutqin va tanglay refleksi susaygani yoki bo‘lmasligi kuzatiladi. Disfaziya bilan birga birga bemorlarning tovushi xam o‘zgaradi, u pasayib, xirillab, so‘zlar (hatto afoniyagacha) tushunarsiz chiqadi.
Yumshoq tanglay zararlanganda tovush yoqimsiz, til va tomoq mushaklari parezida bemorlarning gapi tushunarsiz bo‘lib qoladi.
Kasallikning boshlang‘ich davrida bemorning mushaklari kuchsizlanib qoladi, u tez charchaydi, to‘g‘ri yura olmaydi, boshi og‘ib ketaveradi. Oyoqlari xuddi o‘ziniki emasdek tuyuladi, gandiraklab yuradi-, qo‘llari xuddi jonsizdek osilib turadi, biror narsani ushlab tura olmaydi. Simptomlar es-hush joyida bo‘la turib rivojlanadi. Sezuvchanlikning buzilishi kuzatilmaydi. Bemor ko‘zdan kechirilganda mushaklari bo‘shashgan, xuddi xamirga o‘xshab qolgandek bo‘lib qoladi. Kasallikning oxirgi davrida ko‘proq nafas funksiyasi buziladi, bu diafragma va boshqa nafas mushaklari parezi bilan bog‘langan bo‘ladi. Bemorlar qiynalib, tez-tez, yuza nafas oladilar. Ular ko‘krakda og‘riq turishidan, havo yetishmasligidan shikoyat qilishadi, o‘rinda alahsirashadi. Kislorod yetishmasligi, sianoz rivojlanib, nafas buzilishining zo‘rayib borishi o‘limning asosiy sababidir.
Qator bemorlarda aspiratsion zotiljam rivojlanadi. Yurak chegaralarining kengayishi, yurak urishining past eshitilishi, bradikardiyaga moyillik, qon bosimining normada bo‘lishi, EKG da toksik miokardit belgilari aniqlanadi. Jigar va taloq kattalashadi, diurez kamayadi, siydik ajralishi to‘xtab qoladi. Siydikda albuminuriya, silindrouriya va buyrak epiteliysi hujayralari kuzatiladi. Qonda aytarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi, leykotsitoz bir oz chapga surilganligi, neytrofilyoz va ECHT tezlashganligi aniqlanadi.
Bemor asta-sekin tuzalib boradi. Yengil turida 2— 3 haftadan keyin, og‘ir turida 2—3 oydan keyin sog‘ayadi.
Asoratlari. Aspiratsion zotiljam, infeksion miokardit, yiringli parotit, miozitlar, nevritlar, stomatitlar.
Kasallikning yashirin, yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlari farq qilinadi.
Yashirin turida disfoniya tufayli ko‘z xiralashadi, lekin bu xol uzoq davom etmaydi, zo‘raymaydi, tezda yo‘qolib ketadi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda botulizm. Kasallik ich qotishi bilan birga parezlar va falajlar ro‘y berishi bilan ta’riflanadi, bular miya-chanoq nerv tolalari orqali boshqarilib butun tanaga, shuningdek, nafas mushaklariga ham tarqaladi. Kasal bola boshini tutib tura olmaydi, bo‘g‘iq ovoz bilan yig‘laydi, yaxshi ema olmaydi.
Guruhiy kasalliklar kuzatilmaydi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki toksin kasallarning axlatidan ajralib chiqkani holda, qon zardobida toksin izlari bo‘lmaydi.
Yarali botulizm kamdan-kam uchraydi, yara sohasida qo‘zg‘atuvchining vegetativ formalar tomonidan toksin ishlab chiqarishi natijasida paydo bo‘ladi. Yarali botulizmning klinik manzarasi kasalikning klassik kechishi kabi bo‘lsa-da, lekin kasallikning birinchi kunidan harorat ko‘tarilishi qayd qilinadi, me’da-ichak yo‘li buzilishi (qayt qilish, ich ketishi) simptomlari kuzatilmaydi.
Asoratlari. Zotiljam, sepsis, toksik miokardit, miozit, nevritlar, zardob kasalligi.
Tashxisi. Botulizmni odatdagi nevrologik simptomlar (yuz, burun-yutqin, bo‘yin, -qizilo‘ngach mushaklarini innervatsiyalaydigan ko‘rish organlari, bulbar markaz buzilishlari) orqali epidemiologik anamnez ma’lumotlari yordamida (konservalangan mahsulotlar ovqatga ishlatilganda) aniqlash qiyin emas.
Guruhiy kasalliklarda botulizmga tashxis qo‘yish bir muncha yengil bo‘ladi.
Differensial tashxisi. Botulizmning klinik manzarasi boshqa kasalliklarning klinik manzarasidan yakqol ajralib turishiga qaramasdai, ayrim belgilari boshqa kasalliklarda ham uchrab turishi mumkin.
Botulizmni ovqatdan zaharlanish, poliomiyelit, Giyen — Barre sindromi, bo‘g‘ma, ensefalit bilan kiyosiy tashxislashga to‘g‘ri keladi.
Kasallikning et uvishishi va haroratning yuqori bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tez-tez snyish bilan o‘tkir boshlanishi salmonellyoz uchun xosdir. Bunda tez-tez ich ketadi, axlat suyuq va badbuy hidli bo‘ladi. Bemor talvasaga tushishi tufayli hushdan ketishi mumkin.
Botulizmdan farqli o‘laroq, bunda ko‘rish, yutish akti buzilishi va ovozning xirillab qolishi aniqlanmaydi.
Stafilokokk keltirib chiqaradigan ozik-ovqat toksikoinfeksiyalari ko‘proq sifatsiz ovqat va sut maxsulotlari iste’mol qilganda yuzaga chiqadi. Bu kasallikda zaharlanish taxikardiya tufayli qon bosimi kamayib ketishi bilan ta’riflanadi, kasallik og‘ir kechganda bemor talvasaga tushadi va bunda kollaps rivojlanishi ehtimol.
Bo‘g‘mada, odatda yuqori tanglayning o‘ng tomoni falajlanadi, kasallikning oxiriga borib ko‘z xiralashib qoladi. Botulizmda esa bular kasallikning boshlanishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bu kasallikda bo‘yinda shish, yumshoq tanglayda esa difterik qarashlar pay.do bo‘ladi. Bo‘g‘mada kuzatilgan asabiy buzilishlar bo‘yin shishi yo‘qolgandan keyin yuzaga keladi.
Falajlar miokardit rivojlanganda aniqlanadi.
Giyen—Barre sindromida falajlanishning lokallanishi (ko‘chib yurishi), mushak guruhlarining falajlanishi botulizmni eslatishi mumkin. Lekin bunda mushaklar falajlanishi kuchayib, sensor nuqsonlar ko‘payib boradi, mushaklar nomutanosib ravishda kuchsizlanadi, miya-chanoq nervlarining zararlanganligi, keyinchalik falajlar eng kuchaygan paytda biyainadi. Botulizmdan farqli ravishda Giyen — Barre sindromida orqa miya suyuqligida oqsil miqdori ancha oshib ketadi.
Poliomiyelitning bulbar shaklida xuddi botulizmning boshlang‘ich davridagidek, miya-chanoq nervlari zararlanadi. Bu kasallikda ko‘plab so‘lak va shilliq moddalar ajralib chiqadi, mushaklar va bo‘g‘imlarda erta rivojlanadigan muskullar gipotrofiyasi va mushaklarning maxsus elektromiografik ko‘rsatkichlari bilan kechadigan falajlar botulizmdan farq qiladi.
Miasteniyaning og‘ir turi sekin rivojlanib boradi va harakat qilganda muskullarning bo‘shashishi kuzatiladi.
Ensefalitlar asta-sekin prodromal davridan boshlanadi. Isitmaning baland bo‘lishi, to‘satdan boshlanadigan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik bu kasallikka xos belgilardir. Kasallik giperkineziya, sezish buzilishlari, giperesteziya bilan birga kechadi.
Bemor hushidan ketishi, alahsirashi mumkin.
Mingdevona o‘simligidan zaharlanganda behollik, uyqu bosishi, goho qayt qilish, yuz va gavda terisi giperemiyasi (ba’zan skarlatinadagidek toshmalar toshadi), ruhiyat buzilishi qayd qilinadi. Bemorlar besaranjom bo‘lib qolishadi, o‘z xarakatlarini boshqara olmay qoladilar, alahsiraydilar. Kamdan-kam hollarda tonik-klonik talvasa tutadi.
Laboratoriya usulida tashxis ko‘yish. Botulizmga to‘liq tashxis qo‘yish uchun bakteriologik tekshirishlar talab qilinadi. Laboratoriyada tekishrishdan maqsad, toksin va uning serologik xilini aniqlashdan iborat.
Buning uchun bemordan olingan qon, axlat, qusuq, moddalari yoki bemorning me’dasi yuvilgan suv, siydik va shubha qilingan oziq-ovqat mahsulotlari tekshiriladi. O‘lim yuz bergan xollarda patologik anatomiya yo‘li bilan olingan materialdan foydalaniladi.
Botulizmga shubha qilinganda, tekshirish uchun material bemorga botulizmga qarshi zardob yuborishdan oldin olinadi. Material biron narsaga yaxshilab o‘raladi, ustiga aniq qilib yozuvlar yozilib laboratoriyaga jo‘natiladi.
Toksin mavjudligini aniqlash uchun biologik sinama va uni sichqonlarda neytrallash reaksiyasidan foydalaniladi.
Davosi. Botulizmning asosiy davolash usuli botulizmga qarshi antitoksik zardob yuborishdir. Zardob kasallik boshlangan zaxoti yuborilishi kerak. Buning uchun A, V, YE turdagi polivalent zardoblardan yoki shu zardoblarning monovalent aralashmalaridan foydalaniladi. A, V zardoblarining har bir turi 10000
TB dan va YE turdagi zardobdan 5000 TB dan yuboriladi. Polivalent zardoblarning umumiy miqdori 25000 TB ni tashkil qiladi.
Botulizm yengil kechganda zardob bir marta yuboriladi. O‘rtacha og‘irlikdagi bemorlarga 3—4 kun davomida mushak orasiga 1—2 doza zardob yuboriladi. Botulizm og‘ir kechgan hollarda birinchi kunlari sutkasiga 4 ml miqdorda zardob buyuriladi, uning yarmi 5% li glukoza va natriy xloridning izotonik eritmasi bilan tomchilab venaga, qolgani mushaklar orasiga yuboriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda zardob 3—4 kun davomida yuborilib turiladi. Botulizmga qarshi zardob asosan Bezredka usulida yuboriladi.
Qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangandan so‘ng monovalent zardob yuboriladi. Zardobni yuborayotganda zardob kasalligi rivojlanishi mumkin zkanligini esda tutish zarur. Bemorda allergik reaksiyalar rivojlanganda dimedrol, promedol, efedrin, prednizolon tayinlanadi.
Me’da-ichak yo‘llarini buzilgan ovkat maxsulotlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchilari va toksinlardan xoli etish uchun me’dani yuvish, keyin esa bemor aktivlangan ko‘mir, ichni yumshatuvchi habdori kabul qilishi va unga huqna qilish lozim.
Kasallik vegetativ shaklining oldini olnsh. uchun antibiotiklar tayinlanadi. Botulizmda eng yaxshi naf beradigan antibiotiklardan birn levomitsetindir.
Kasallikning og‘ir turlarida katta yoshdagi bolalarga bir kecha kunduzda 2,0—2,3 litr kristalloidlar va 300 ml gacha kolloidlar beriladi.
Bunday katta mikdordagi suyuqlik bemor organizmiga laziks yordamida diurez yaxshilanib turgan holda yuboriladi.
Bemorlarga ko‘p-ko‘p vitamin tayinlanadi (venaga askorbinat kislota yuboriladi, V guruh vitaminlari buyuriladi), shuningdek, yurak-tomir vositalari hisoblangan strixnin, prozerin, dibazol berish; kerak.
Kasallik og‘ir kechganda glyukokortikosteroidlar tayinlanadi.
Bemorning nafas olishi buzilgan takdirda sun’iy nafas oldirishga o‘tiladi. So‘nggi yillarda terapevtik chora-tadbirlar kompleksiga giperbarik oksigenatsiya kiritilgan.
Asoratlar avj olganda antibakterial davo tayin qilinadi.
Kasallikning oldini olish. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Konserva ishlab chiqarish sanoatida sanitariya nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.
Konservalarning usti ko‘tarilib qolganligi ularni yo‘qotishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Maxsus profilaktika aholini 3 marotaba (birinchi bilan ikkinchisining orasidagi muddat 1,5 oy, ikkinchisi bilan uchinchisining orasidagi muddat 3 oy) A, V, YE, S turdagi polianatoksin bilan emlashdan iborat.
Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan bolalarga shoshilinch choralar ko‘riladi (mushak ichiga 5000 TB gacha miqdorda botulizmga qarshi zardob yuboriladi). Kasal bolalar 10—12 kun davomida kuzatib turiladi.