21 дек 2014

Pashshaxo’rda.

Sinonimi: Borovskiy kasalligi, teri leyshmaniozi, yomon jarohat, pendinka.
Kasallik qo’zg’atuvchisi Leishmania tropica 1898 yilda P. F. Borovskiy tomonidan Toshkentda
topilgan. Pashshaxo’rda surunkali kechadigan terining zararkunanda kasalligi hisoblanib tropik
va subtropik o’lkalarda ko’p uchraydi. Jumladan, O’zbekistonning Surxondaryo va
Qashtsqadaryo viloyatlarining janubiy tumanlarida, Buxoro viloyatining cho’l mavzelarida va
Farg’ona vodiysida ko’proq kuzatiladi.
Leyshmaniyalar tuxumsimon shaklda bo’lib, uzunligi 2-5 mkm, eni 1,5-4 mkm ni tashkil
etadi. Protoplazmasida ikkita yadrosi bor, biri katta - oval (tuxum) simon, ikkinchisi kichik -tayoqchasimondir. Shu sababli Borovskiy tanachalari ham deyiladi. Zararkunanda qonda va
kasallangan teri moddasi tarkibida ko’p miqdorda topiladi. Shuning uchun to’qima suyuqligidan
surtma tayyorlanadi va Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yaladi. Bunda leyshmaniyalarning
protoplazmasi havorang, katta yadrosi qizil-binafsha, kichik yadrosi esa to’q binafsha rang
bilan bo’yaladi. Zararkunandaning bir necha turlari ma’lum. Shulardan ko’p uchraydigani
va diagnostik ahamiyatga ega bo’lganlari Leishmania tropica major va Leishmania tropica
minor lardir. Kattasi hayvonlar organizmida, kichigi ham hayvon, ham odamlar organizmida
yashaydi!.
Leyshmaniyalar iskabtopar (moskit) larni (pashshaning bir turi) chaqishi natijasida odamga
o’tadi. Kasallik manbai bemor kishi va cho’l hayvonlari (kemiruvchilar)dir. Bemor odamni yoki
hayvonni chaqqan, ya’ni qonini so’rgan iskabtoparlar o’z navbatida sog’lom kishilarni chaqadi va
chaqish paytida o’z so’laklari orqali Borovskiy tanachalarini yuqtiradi. Shu sababli pashshalar
kasallikning tashuvchisi hisoblanadi, « pashshaxo’rda» nomi ana shundan kelib chiqqan.
Pashshaxo’rda kasalligi qo’zgatuvchilarining biologik xususiyatlari va yuqish yo’llariga
qarab ikki turi tafovut etiladi: 1) zoonoz, qishloq, o’tkir, tez yaraga aylanadigan turi; 2)
antropozoonoz, shahar, surunkali, kech chaqalanadigan turi.
Zooonoz leyshmaniozlar quyidagilar bilan ta’riflanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi Leishmania
tropica major hisoblanadi, kasallik o’chog’i yovvoyi kemiruvchilar, jumladan kasallangan
yumronqoziqlardir. Inkubatsion davri qisqa (10-40 kun), pashsha chaqqan joyda hosil bo’lgan
tugun 2-3 haftadan so’ng chuqur yaraga aylanadi. Yaraning chetlari va tubi notekis, yiringli
suyuqlik va nekrotik massa bilan qoplangan. Yaraning tubida xamirsimon madda paypaslanadi,
atrofida esa limfangit (limfa tomirlarining yallig’lanishi) kuzatiladi. Bolalarda ko’pincha
pashshaxo’rda yarasiga ikkilamchi yiringli kokklar tushib, yallig’lanish jarayonini
chuqurlashtiradi. Shu sababli ularda og’riq kuchli bo’ladi. Oqibatda yara yiring va nekrotik
massadan tozalanib, o’rtasidan chandiqlana boshlaydi. Kasallikning 5-6-oylarida
chandiqlanish jarayoni tugaydi.
Antroponoz leyshmaniozning xususiyatlari quyidagicha: kasallikni Leishmania tropica minor
qo’zg’atadi, kasallik manbai bemor kishilardir. Inkubatsion davri 8 oydan 1 yilgacha, tugun
paydo bo’lgandan yaraga aylanguncha 3-4 oy vaqt o’tadi, ya’ni kech yaraga aylanadi. Hosil
bo’lgan yaralarning yuzasi katta bo’lishiga qaramasdan unchalik chuqur joylashmaydi.
Ko’pincha yaralar yiringli-gemorragik qobiqlar bilan qoplanadi, qobiqlar ko’chirilganda
qonaydigan yaralar ko’rinadi. Yaraning bitishi natijasida paydo bo’ladigan chandiq yuzaki va
yupqa bo’ladi. Bolalarda pashshaxo’rdaning uchinchi turi, ya’ni tuberkuloid turi ham farqlanadi. Boshqacha
qilib, metaleyshmanioz, do’mboqchali leyshmanioz, lyupoid leyshmanioz ham deyiladi. Teri
leyshmaniozining tuberkuloid turi kam uchraydi (6-8% hollarda). Katta yoshdagi kishilarga
nisbatan bolalar va o’smirlar orasida ko’p uchraydi. Pashshaxo’rdaning mazkur turi asosan yuz
terisida kuzatiladi. Dastlab mayda tugunchalar paydo bo’ladi. Ular qattiqroq yoki xamirsimon
qattiqlikka ega bo’lib, pashshaxo’rda yaralaridan qolgan chandiqlar atrofida paydo bo’ladi. Ular
ko’pincha yara yoki chandiqni halqasimon, yarim halqasimon shaklda o’rab oladi, sarg’ishqoramtir rangli, atrofidagi terida o’tkir yallig’lanish belgilari kuzatilmaydi. Shunga o’xshagan
do’mboqchalar chandiqning o’zida hosil bo’lishi mumkin, aksariyat hollarda yuzaki, yupqa
chandiqlar sathida kuzatiladi. Mazkur elementlar teri silida kuzatiladigan do’mboqchalarga juda
o’xshab ketadi. Hatto lupus vulgaris dek «olma mag’zi» belgisi ham kuzatiladi (Babayants soxta
lyupomalari). Pashshaxo’rdaning bu turi ana shundan tuberkuloid nomini olgan. Biroq teri silida
kuzatiladigan do’mboqchalardan farqi ularning uzoq vaqt saqlanishidir, ya’ni metaleyshmanioz
do’mboqchalari bir necha yil, ba’zan 15-20 yil-gacha saqlanishi mumkin. Bu lyupomalar
osonlikcha yaraga aylanmaydi. Qo’shilib keladigan kasalliklar (qizamiq, ko’kyo’tal, gripp) gina
mazkur do’mboqchalarning rivojlanishini va yaraga aylanishini tezlashtirishi mumkin.
Metaleyshmanaoz rivojlanishini quyosh nurlarining ta’siri bilan bog’lashadi, kasallikning yuz
terisida ko’proq joylashishi sababini ham quyosh ta’siri bilan tu-shuntirishadi. Metaleyshmanioz
do’mboqchalari to’liq etilmagan leyshmaniomalardir. Ayrim mualliflarning fikricha, ular
makroorganizm qarshilik ko’rsatishi natijasida tipik leyshmaniomaga aylanmagan va surunkali
tus olgan turi hisoblanadi.
Leyshmaniozning barcha turlarida kasallikka davo qilingandan so’ng doimiy immunitet
qoladi. Pashshaxo’rda surunkali kechadigan yiringli yaralardan, zaxm gum-masidan va teri
silidan farq qilinishi lozim. Pashshaxo’rda tashxisi anamnestik, epidemiologik, klinik
ma’lumotlar asosida qo’yilib, bakterioskopik usul (Borovskiy tanachalarining to’qima
suyuqligida topilishi) bilan tasdiqlanadi. Diagnoz noaniq bo’lgan hollarda Montenegro sinovi
yordam beradi, ya’ni leyshmanin bilan teriga qo’yilgan allergik sinov musbat natija beradi.
Pashshaxo’rdani davolashda antibiotiklar (monomitsin, metatsiklin) keng qo’llaniladi.
Monomitsin har kg tana. og’irligiga 20 000-25 000 TB hisobida kuniga 2 martadan mushak
orasiga 10-12 kun davomida yuboriladi. Monomitsin ichishga berilishi ham mumkin (har kg tana
og’irligiga 50 000 TB hisobida). Keyingi yillarda metatsiklin muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda.
Dori 0,3 g dan kuniga 2 marta 10-12 kun davomida ichiriladi. Agar yara 1-2 ta bo’lsa,
akrixinning 1% eritmasi novokain bilan aralashtirilib yara atrofiga yuboriladi. Shuningdek
yaralarga 5% li monomitsin malhami yoki 3% li metatsiklin malhami buyuriladi.

Pashshaxo’rda. - 666062699101

Комментарии

  • 15 ноя 2022 22:54
    Davosi nima
  • 15 ноя 2022 22:55
    Qolash qanaqa
  • 2 дек 2022 10:45
    Ассалому алайкум. Хозир манда хам шу яра бор. У пашша чакиш окибатида 3 - 4 ойдан кейин чикар экан яра. Ман хозир трихопол деган таблеткани эзиб яра устига куяяпман. Кейин кунига 3 мазал шу таблеткани ичаяпман. Яра котиши керак экан. Мани оёгим шишиб кетган. Кейин айтишларича корга яхшилаб ярани ювса хам тез битар экан. Яна шуни аникладимки бу ярани узини яхши булиш муддати бор экан. 3 ой, 6 ой, 9 ойгача. Оллох кизингизни шифосини берсин иншаоллох. Яхши булиб кетар экан бу яра лекин вакт керак экан.
  • 2 дек 2022 10:48
    Нима килиш керак экан бу дорини. Яра устига куйилар эканми.
  • 7 мар 2023 09:22
    Фотография
  • 7 мар 2023 09:29
    Salom menda xam shu yara chiqdi 2 oy boldi dermatolog duxtirga bordim yarani atrofidan ukol qildi dumbadan kanamitsin degan ukol oldim muprosept maz bor o'sha yaxshi levamikol maz et osishi uchun perks vodorod bilan yuvish kerak spirt xam qo'ydim yomon yara ekan bu qaytishi qiyin ekan
  • 27 апр 2023 16:50
    Assalom aleykum manda mazi bor mana wu yaraga +998976479969 raqamiga sms yoziylar
  • 27 апр 2023 16:50
    Yoki tel qiliylar
  • 6 окт 2023 09:38
    Ha Jizzaxda ham 1-2 yil bo‘ldi
  • 7 окт 2023 20:21
    Salom menda xam shunaqa yaradan oyogʻimni 15ta joyidan chiqdi.2 oydan oʻtdi oyogʻim shishi qaytmayapti bormagan joyim qolmadi.Kim biladi shu yarani davosini.biladiganlar bormi.oldindan raxmat
    Фотография
  • 11 окт 2023 22:45
    Pasha xurda chaqaniga 15 kun buldi oyogimdan qulimdan chaqdi oyogimdagi chuqur yara bub iwgan nima qisam buladi
  • 8 ноя 2023 07:39
    Кук чойни куругини яхшилаб эзиб кукун килиб куйиш керак экан. Ман шундай килгандим фойда берди. Лекин бу яра узок давом этар экан. Мани оёгимдан авгон пашша чаккан эди 9ойдан куп вакт бу яра давом этди. Хозиргача кучли огриги бор бу ярани.
  • 2 дек 2023 17:56
    Биздахам ошномни ойоги шунака булиб кетди яра нма килсак яхши булади маслахат беризлар
    Илтимос маслахат учун олдиндан рахмат
  • 2 дек 2023 17:57
    Жавобни шу номерда телигирам ватсап бор шунга ташаворизлар