6 апр 2015

Chal mug'anniy, alam kuyin chal,

O'ynab beray toptab g'amlarni.
Telba deya kulsin miriqib,
Quvontiray shum odamlarni...
Armon kuyin, xijron kuyin chal,
To'shab o'ynay chil- chil ko'nglimni. Avj otiga minib xotira,
Qurshab olsin o'ng-u so'limni.
Dil torimni chertib- chertib chal,
To'kilsinlar sirlarim tutday.
Jism-u jonim teshsin nigohlar,
O'ljasini tutgan burgutday. Chalavergin! Bir bor yayrasa,
Yayrabdi-da menday esipast!
Darddan so'yla, xiyonatdan ayt,
Muhabbatdan kuylamasang bas!
Chal mug'anniy, alam kuyin chal…

Комментарии

Комментариев нет.