theedgu

Комментарии

  • 13 июл 2012 23:50
    Bir vaqtlar butun tuyg’ular va
    tushunchalar yashaydigan bir
    orol bor ekan. Shodlik, Qayg ’u,
    Bilim va boshqalar… Sevgi ham u
    yerda ekan. Bir kuni orol suvga
    ko ’milayotganligi haqida xabar
    kelibdi. Shuning uchun hamma
    orolni tark etish maqsadida
    qayiqlarlarini tayyorlay
    boshlabdi. Sevgi orolda qolgan
    eng so’ngi tuyg’u ekan. Chunki u
    mumkin bo’lgan eng so’ngi onga
    qadar kutmoqchi bo’libdi. Orol
    butunlay suvga botib ketar
    chog’ida boshqa chorasi
    qolmaganligi uchun Sevgi -
    yordamga chaqira boshlabdi.
    Boylik juda katta bir kemada
    ekan. "Boylik, meni yoningga
    olasanmi?” – deb so’rabdi Sevgi.
    "Yo’q” – debdi Boylik,
    "Ololmayman, kemamda juda
    ko’p oltin va kumushlar bor.
    Senga joy qolmadi” Sevgi juda
    chiroyli bir yelkanli qayiqdagi
    Kibrdan yordam so ’rabdi: "
    Kibr, iltimos, menga yordam
    ber!” " Senga yordam bera
    olmayman, Sevgi, shalabbo bo’lib
    yotibsan va yelkanlarimni
    bulg’ashing mumkin”. Qayg’u
    ham shu yaqinlarda ekan. Sevgi
    unga yuzlanibdi: "Qayg’u sen
    bilan ketay…” " Uff…Sevgi, shu
    qadar yomonmanki, yolg’iz
    qolmoqchiman” debdi Qayg’u.
    Shodlik ham Sevgining yonidan
    o’tibdi, ammo shu qadar shod-
    xurram ekanki, Sevgining
    chaqirganini eshitmabdi ham …
    Shunda Sevgi kimningdir ovozini
    eshitibdi: "Kel Sevgi! Seni
    yonimga olaman”. Gapirgan
    Sevgidan ancha yoshi ulug’ kishi
    ekan. Sevgi o’zini shu qadar
    omadli va baxtli his etbdi-ki, uni
    o’z yoniga olgan kishining kim
    ekanligini so’rash yodidan
    ko’tarilibdi. Yangi bir quruqlik
    parchasiga yetganlarida, Sevgini
    qutqargan kishi o’z yo’lida
    davom etibdi… Undan qanchalar
    qarzdor bo’lib qolganligini
    sezgan Sevgi, Bilimdan so’rabdi:
    "Menga yordam bergan kim
    edi ?” "U Vaqt edi”, - deb javob
    beribdi Bilim "Vaqt-mi? U nega
    menga yordam berdi?” Bilim
    jilmayibdi: "Chunki faqat
    Vaqtgina sening naqadar buyuk
    ekanligingni tushunib, qadringni
    bila oladi …”