Комментарии
- 11 мая 2014 23:05AL BUXORIYKatta rahmat.
- 11 мая 2014 23:11фирдавс исломович ответил AL BUXORIYсог булинг.
- 12 мая 2014 05:57SOJIDA ZUBAYEVAKerakli maslaxat uchun tashakkur sizga.
- 12 мая 2014 09:43фирдавс исломович ответил SOJIDA ZUBAYEVAсог булинг.
- 10 июл 2017 11:35Дилшод БобомуродовSistit erkelada uchriydimi
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Σχςλυśίνε ɠrσυթ™→↓ υχτίίί νυχτίίί ↑←
Sistit qanday kasallik?
Sistit qovuq shilliq qavatining yallig`lanishidir. Statistika shuni ko`rsatadiki, 20% ayollar sistitning u yoki bu turiga yo`liqqanlar, 10% esa surunkali sistit bilan og`riydilar. Sistitda nimalar bezovta qiladi? • Qorinning past qismidagi og`riq.
• Tez-tez hojatxonaga borish • Siydikning oz miqdorda chiqishi
• Jinsiy a’zolardagi achishish Davolash Tekshiruv o`tkazgandan so`ng shifokor-urolog antebakterial va yallig`lanishni yo`qotuvchi dori-darmonlar bilan bemorni davolaydi. Bundan tashqari qovuqdagi qonning mikrosurkulyasiyasini yaxshilaydigan preparatlar va fizioterapevtik muolajalar ham foyda beradi. Noto`g`ri davolash yoki kasallikni o`tkazib yuborish sistitning surunkali formaga o`tishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu holda og`riq va yoqimsiz hissiyotlar kamayadi yoki umuman yo`qoladi, lekin yallig`lanish prosesi davom etaveradi, natijada keyinchalik kasallik yanada o`tkir ko`rinishda namoyon bo`lib, uni davolash ancha qiyinlashadi. Sistitga nima sabab bo`ladi? 80% holatda sistitga ichak bakteriyalari sabab bo`lib, ular qovuqqa uretra orqali tashqi muhitdan kiradi. Bunga asosiy sabab ayollar jinsiy va siydik yo`li organlarining o`ziga hos anatomik tuzilishga ega ekanligidir: • Qisqa (2-5 sm) va keng uretradan mikroorganizmlar qiyinchiliksiz o`ta oladilar. • Jinsiy a’zo va yo`g`on ichak uretraga yaqin joylashgandir. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik yoki jinsiy yaqinlik oqibatida mikroblar uretraga, u yerdan esa qovuqqa o`tishi mumkin. • Shuningdek, mikroorganizmlar qovuqqa organizmdagi boshqa surunkali yallig`lanish o`choqlaridan qon va limfa suyuqligi bilan kelishi mumkin. • Mikroorganizmlar buyrakdan siydik bilan kelishi mumkin. Bundan tashqari allergik sistitlar, toksik va infeksion bo`lmagan komponentlardan kelib chiqqan sistitlar ham ma’lumdir, lekin ular nisbatan kam uchraydi. Mikroorganizmlarning qovuqqa tushishining o`zi kasallikka olib kelmaydi. Qovuqning ichki tomonidagi qoplama mikroblarning shilliq qavatga yopishishiga to`sqinlik qiladi. Sovuq o`tishi, vitamin yetishmovchiligi, toliqish tufayli yuz beradigan immunitet pasayishi himoya qoplamasining yemirilishiga olib keladi. Natijada bakteriyalar qovuq shilliq qavatining hujayralariga yopishib yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari yallig’lanishga ko`p o`tirish yoki o`ta tor kiyim kiyish natijasida qovuq va kichik tosda qon aylanishining buzilishi ham sabab bo`lishi mumkin. Sistit tashxisi Sistit o`ta noxush kasallikdir. U qorinnig past qismida og`riq paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Og`riq qovuqning to`lib borishi sayin yanada zo`rayadi. Siydik chiqarish paytida kuchli og`riq, tashqi jinsiy a’zolarda achishish kuzatiladi. Qovuqda oz miqdorda siydik to`planishi ham hojatxonaga boorish ishtiyoqini keltirib chiqaradi. Hattoki bemor har 15-20 minutda hojatga qatnaydi. Bu hol nafaqat kunduzi, balki kechasi ham takrorlanaveradi. Siydikning rangi xiralashib, ba`zan qontalash tusga kiradi.