Eyfel minorasi haqida qiziqarli 10 fakt

1. Minora qurilayotgan paytda uning 100 yildan ortiq vaqt turishini loyiha muallifi injiner Gyustav Eyfel ham kutmagan edi. Eyfel minorasi 1889-yilgi Butunjahon ko’rgazmasi uchun eksponat sifatida qurilgan bo’lib, 20 yil saqlanishi ko’zda tutilgan edi. Fransuz inqilobining 100 yilligiga bag’ishlangan loyihalar tanlovida Aleksandr Gyustav Eyfel g’olib bo’lgan edi.
2. Eyfel minorasining balandligi 324 metr bo’lib, ochilgan paytdan boshlab 41 yil davomida 1930-yilgacha dunyodagi eng baland inshoot bo’lgan.
3. Minora qurilishida oliy sifatli po’latdan foydalanilgan. Po’lat konstruksiyalarning ja’mi og’irligi 9441 tonna bo’lib, 18038ta bo’lak birlashtirib chiqilgan.
4. 1912 yilda bir kashfiyotchi o’zining palto-parashyutini sinab ko’rish uchun minoradan pastga sakragan va oqibatda halok bo’lgan.
5. Texnika yuqori darajada taraqqiy etgan hozirgi davrda ham minorani oddiy mo‘yqalam bilan bo’yashadi. Bo’yash ishlari har yetti yilda amalga oshiriladi.
6. Minoraning birinchi va ikkinchi platformalarida restoranlar joylashgan. Birinchi platformaning balandligi 95 metr bo’lib, restorandan Sena daryosi shundoq ko’rinib turadi. Ikkinchi platformadagi restoran esa “Jyul Vern” restorani bo’lib, unga kirish uchun ancha avvaldan joy band qilishga to’g’ri keladi.
7. Ikkinchi jahon urushi paytida nemislar Parijni egallaganda parijliklar minora liftini buzib qo’yishgan. Maqsad bosqinchilar minoradan turib shaharning go’zlalligidan zavqlanishiga yo’l qo’ymaslik edi. Lekin bu dushmanni Eyfel minorasiga chiqishdan to’xtatib qola olmagan. Gitlerning shaxsan o’zi zinapoyada minora tepasiga chiqqan.
8. Hozirda Eyfel minorasining ko’plab kichikroq nusxalari mavjud bo’lib, ular Las-Vegas, Kopengagen, Guanchjou, Slaboziya, Varna kabi shaharlarda joylashgan. Shuningdek, Farg‘onalik Komiljon ham Jo‘rayev Eyfel minorasining nusxasini yasagan. Mazkur minorani qurish uchun 10 tonna armatura ishlatilgan bo‘lib, uning bo‘yi 21 metr va tepasiga 1,5 metr diametrdagi futbol to‘pi o‘rnatilgan. Qurilishga 45 kun sarflangan. Chet eldan kelgan sayyohlar, xususan, fransuzlar ham O‘zbekistondagi Eyfel minorasini tomosha qilmoqda.
9. Qurilgan paytdan boshlab 83 yil davomida minorani 20 martadan ortiq sotib yuborishgan, hatto ikki marta metallolomga. Ulardan eng mashhuri dunyodagi eng iste’dodli tovlamachi deb tan olingan Viktor Lyustig edi. Fransiya pochta va telegraf vazirining o‘rinbosari ekanligini hech shubhasiz tasdiqlaydigan soxta hujjat bilan u metall parchalarini sotib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan oltita yirik firmalarning vakillariga rasmiy maktub yubordi. Ikki kundan so‘ng ertalab qora metallni ikkilamchi qayta ishlash bo‘yicha besh nafar diler «Kriyon»ning hashamatli saroyida to‘plandi. Chaqqon ofitsiantlar mehmonlarni kokteyllar va taomlar bilan siylashar, nihoyat, yoqasiga «Faxriy Legion» ordeni belgisini taqqan Lyustig paydo bo‘ldi. U to‘g‘ri vakil janoblarining oldiga kelib, respublika prezidenti va shahar meriyasi nomidan biznesmenlarga amaliy taklif bilan murojaat qildi. Uch kundan so‘ng puldorlar buziladigan minorani sotib olish uchun kimoshdi savdosida qatnashishga ariza berishdi. Bitimlar juda tez va hech qanday to‘siqsiz tuzildi. Tomonlar yoqimtoy tabassum bilan bir-birlarining qo‘llarini siqib xayrlashishdi. Minora «Puasson» firmasining egasi Andre Puassonga sotildi. Eyfelning buzilmasligi ma’lum bo‘lganda esa Lyustig chamadon to‘la pul bilan allaqachon Venaga qochib ketgandi. Qizig‘i shundaki, oradan bir necha yil o‘tib, Lyustig yana Parijga qaytadi va ikkinchi marta Eyfelni sotish harakatiga tushadi. O‘sha usul, o‘sha qoidalar bilan. Ammo bu gal uning ishi yurishmaydi.
10. Minora memori Aleksandr Gyustav Eyfel, shuningdek, 1885 yilda Ozodlik haykali qurilishiga ham bosh-qosh bo’lgan.

Eyfel minorasi haqida qiziqarli 10 fakt  - 834133231764
Eyfel minorasi haqida qiziqarli 10 fakt  - 834133231508

Комментарии

  • 17 апр 2016 23:11
    Rahmat kattakon.Insholloh aytkaniz kesin buyuk bobolarimiz ruhi dilimizda mangu yashasin.
  • 18 апр 2016 00:09
    Qutus Sulton Jaloliddin Manguberdini jiyani xisoblangan urush yillari dushmanga asir tushib qolib Misr shaxriga qul qilib sotilgan Misr xoqonini yaqinlari qul bozoridagi bu bolalarni korip qolib sotib olgan.Qutus bn asli qipchoqlardan bolgan Boybersxam sotilganidi.Xullas bu ikki bola Misr sultoni huzuriga borib qolgan.Sulton ularni sinab kormoq bolip Xabawlar bn kuch sinatirmoqchi bolgan.Lekin 10 ta Xabawni kunpaya kun qilgan bu yigitchalar Sultonga yoqib qolgan va sulton ularni uz tarbiyasiga olgan.Oradan vaqtlar 6tib ular ulg'ayishgan harbiy sanatdan ancha xabardor bolgan bu yigitlar saroyda tez tanilgan ular xatto sarkarda darajasiga kotarilib obroyi oshgan.Ammo vazirlar Qutus va Boybersni unga hadeb yomonlorgach sulton ularni 6ldirmoqchi boladi.Buni eshitgan yigitlar bowqa sarkardalar bn til biriktirib sultonni uzini 6ldiradi.Taxtga Xorazmshoxlardan bolgan Qutusni 6tkizadi.1260 yilda ayn jalut jangida Qutus mog'ullarni 60 ming armiyasini vaxshilarcha qirib tashlagan.Bu urushda Fransuz salibchilari unga komaklashib uni otlar bn taminlagan.Ammo urush tugagach ular orasida nizo chiqib Qutus Fransuzlarni uziga hujum qilib Misr yaqinidegi barcha yerlariga barxam beradi.Shundan song Mog'ullar va Salibchilar bir necha bor Misr yerlariga daxl qilmoqchi boladi.Ammo Qutus uni moxirona qaytaradi.Ammo d6sti Boybers ig'voga uchib dosti Qutusni ov payti chekaroqqa olib 6tib kanizagini uziga suriydi.Qutus d6sti uchun kanizagini warta taqdim etganda Boybers u bn quchoqlawmoqchiligini aytadi.Qutus shunda otidan tushib d6stini quchganda Boybers unga hanjar sanchib 6ldiradi.Mamluklar Qutusni izzat ikrom bn dafn etishadi.Saltanatga Boybers podsho boladi.Boybers hukumronlik yillariyam Mog'ullar bn bir necha bor toqnashib ularni yakson etib dushmanlarni Misrga yaqinlashtirmagan .Bilganlarim wu d6stim :-)
  • 18 апр 2016 00:16
    Judayaaam ajoyib
  • 18 апр 2016 00:17
    Nega :-)
  • 18 апр 2016 00:25
    Uxlolmay shu malumotlani qidrvotgandim
  • 18 апр 2016 00:28
    Internetda yog'ov bu malumot mani uyqum 6chib ketdi netga kirsam muxokamada bir d6stimizi buyuk sarkarda Qutus torisida yozganini korib qoldim va bilganlarimni bayon qildim ;-)
  • 18 апр 2016 00:40
    Ozi ancha kundan beri uyqu yo.... endi igzamin yaqin sizni tuwunsa boladi
  • 19 апр 2016 07:08
    Rahmat sizga kattakon.Bu meni juda hursand qildi.Sizlardan kelajakda kuchli tarixchilar chiqishiga ishonchim komil,zero davlatimiz kuchli tarixchilarga muhtoj va sizlar kelajagimiz uchun idial tarixiy shaxslar yaratishlaringiz kerak.!
  • 19 апр 2016 08:25
    Raxmat d6stim xursandman
  • 19 апр 2016 08:38
    Bu borada siz ham bizga yordam bera olishiz mumkinligini unutmang
  • 19 апр 2016 19:32
    Xa albatda do'stim,vatanim va tarixim uchun jonim qurbon.
  • 19 июл 2019 13:47
  • 25 янв 2022 05:42
  • 25 янв 2022 05:43