Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi “Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi” fanidan ma’ruza matni. Ushbu ma’ruza matnida jahon mamlakatlarining geosiyosiy holati, rivojlanib borishi, taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy geografik nuqtai nazardan yoritib berilgan. SHu bilan birga jahon mamlakatlarining tuzumi, jahon tabiiy resurslari, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti hamda jahonning globol muammolarini o’rganishga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti Kimyo-biologiya fakulteti Geografiya kafedrasi “Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi” fanidan ma’ruza matni. Qo’qon – 2008 y. Ushbu ma’ruza matnida jahon mamlakatlarining geosiyosiy holati, rivojlanib borishi, taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy geografik nuqtai nazardan yoritib berilgan. SHu bilan birga jahon mamlakatlarining tuzumi, jahon tabiiy resurslari, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti hamda jahonning globol muammolarini o’rganishga qaratilgan. Ma’ruza matni geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljalangan. Tuzuvchi: b.f.n, katta o’qituvchi A. M. Jobborov Taqrizchilar: FDU geografiya kafedrasi o’qituvchisi g.f.d, Yu. Ahmadaliev, QDPI g.f.n, katta o’qituvchi O. Qo’ziboeva, o’qituvchi O.Qo’chqorov Ushbu ma’ruza matni geografiya kafedrasining 2008 yil ____ avgustdagi № 1- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. Ushbu ma’ruza matni institut Ilmiy Kengashining 2008 yil ____ avgustdagi № 1- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan. Mavzu: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga kirish. Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni butun dunyoda, ayrim hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini tadqiq etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini, insoniyat va jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalari, global muammolar va jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir qator iqtisodchi geograf olimlarning hissasi ko’p. Masalan: N.N.Baranskiy, I.A.Vitver, N.N.Kolosovskiy, V.P.Maksakovskiy, V.Ya .Rom, K.F. Stroev. O’zbek iqtisodchilaridan Z.Akramov, A. Soliev, A. Ro’ziev. Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo’lganligi uchun bir qator iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog’langan. Masalan:iqtisod, tarix, falsafa, matematika, siyosiy va sotsial geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy geografik fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog’langan. Tadqiqot metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik, kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan: matematik modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo’ldi. Iqtisodiy geografik tadqiqotlar xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy asoslashga, qulay joylashtirilishiga, planli xo’jalik yuritilishiga, aholini sotsial sharoitini yaxshilash bilan birga material, yoqilg’i va asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod qiladi. Iqtisodiy-“ekonomicheskiy” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, xo’jalik yuritish degan ma’noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib M.V.Lomonosov shunday deb atagan. Mavzu: Dunyoning siyosiy xaritasini shakllanishi. Ma’lumki, dunyo siyosiy kartasi hozirgi holatga kelgunga qadar ko’p marotaba o’zgarishga uchragan. Asrimizning boshlarida (XX-asrni) dunyo siyosiy kartasini o’zgarishiga kuchli turtki bo’lgan omil I-jahon urushidir. Ikki harbiy siyosiy bloklar-“Antanta” va “Uchlar ittifoqi”ni bir-birlari bilan urushi I-jahon urushini keltirib chiqardi. “Antanta”harbiy tashkiloti 1895-1907 yillari tashkil topgan bo’lib, unga Fransiya, Angliya, Rossiya va Serbiyakabi mamlakatlar kirgan. “Uchlar ittifoqi” harbiy blokiga Germaniya, Avstriya- Vengriya, Italiyamamlakatlari kirgan bo’lib, bu harbiy blok 1882-yili tashkil topgan. I-jahon urushi 1914 yili boshlanib 1918 yili tugagan. I- jahon urushi yillari Belorussiyani g’arbiy qismi, Ukrainani G’arbiy qismi hamda Moldaviya (Bessarabiya) Germaniya va Ruminiya davlatlari tomonidan bosib olindi va o’sha davlatlarni mustamlakasiga aylandi. 1917 yil Rossiyada Oktyabr revolyusiyasi ro’y berdi va revolyusiya g’alaba qozondi. Oktyabr revolyusiyasidan so’ng Rossiyada fuqarolar urushi alanga oldi. Bu davrda birgina O’zbekiston hududi 3 davlatga bo’lingan bo’lib, ular: 1.Buxoro amirligi. 2. Xiva xonligi. 3. Qo’qon xonligi. Mazkur amirlik va xonliklar 1917 yilgacha ularning qoldiqlari esa 1920 yilgacha hukmronlik qilgan. 1921-22 yillari ular butunlay tugatildi. 1922-yil 30 dekabr kuni dunyo siyosiy kartasida yangi davlat paydo bo’ldi. Shu kuni R.K.P (b) ning Butun ittifoq I- s’ezdida R.S.F.S.R, Ukraina, Belorussiya va ZSFSR birlashib SSSR ni tashkil qildi. 1936 yilgacha O’rta Osiyo respublikalari birin-ketin sobiq SSSR tarkibiga qo’shilib bordi. 1924 yil dunyo siyosiy kartasida 2-sosialistik davlat paydo bo’ldi. U MXR edi. Shunday qilib jahon mamlakatlari sosialistik va kapitalistik sistemaga bo’lindi. II-jahon urushi dunyoni qayta taqsimlash va sosialistik sistemani yo’qotish uchun 1939 yil boshlandi. 1940 yil G’arbiy Belorussiya, G’arbiy Ukraina va Moldaviya SSSR tarkibiga qayta qo’shib qaytarib olindi.Shu yili Boltiq bo’yi respublikalari Latviya SSR, Litva SSR va Estoniya SSR lar tashkil topdi va SSSR tarkibiga qo’shildi. 1941-45 yillari SSSR- Germaniya urushi natijasida va Germaniyani engilishi munosabati bilan jahonda sosialistik sistema kengaydi va kuchaydi. G’arbiy Yevropadagi Germaniya tomonidan bosib olingan bir qator davlatlar Germaniya zulmidan ozod etildi va sosialistik davlatlar qatoriga qo’shildi. Ular quyidagilar: 1.Polsha 5. Ruminiya 2.GDR 6. Bolgariya 3.Chexoslovakiya 7. Yugoslaviya 4. Vengriya 8. Albaniya. 1945-yil yapon militarizmini tor- mor keltirilishi (SSSR tomonidan) munosabati bilan va SSSR tazyiqi ostida Horijiy Osiyoda 5ta davlat sosialistik sistema qatoriga qo’shildi. Ular Quyidagilar: 1.Xitoy xalq respublikasi. 2.KXDR 3.Vьetnam 4.Laos 5.Kampuchiya (Kambodja) 1959-yil Amerika qit’asida ham sosialistik davlat paydo bo’ ldi.Bu davlat Kuba respublikasidir. Shunday qilib jahon soqialistik sistemasida jami 16 ta davlat mavjud edi. XX -asrning 2-yarmidan boshlab Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlari kuchayib ketdi. Bunday harakatlar ayniqsa Afrika qit’asida II-jahon urushida engilgan mamlakatlarning mustamlakalarida keskin tus oldi.Masalan: 1957 yilni o’zida Afrikada 20 ga yaqin davlat mustamlaka zanjirini uloqtirib tashlab ozodlikka erishdi. Shuning uchun 1957-yil Afrika mustaqillik yili deb e’lon qilingan. Ma’lumki, I-jahon urushida Yer shari hususan, Afrika qit’asi o’sha davrdagi agressiv davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Portugaliya, Ispaniya kabi davlatlar tomonidan bo’lib olingan edi. Mustamlakachi davlatlarni II-jahon urushida kuchsizlanishi va mag’lubiyatga uchrashi mustamlaka mamlakatlarida milliy ozodlik harakatlarini keskin tus olishiga sabab bo’ldi. 1990 yillarga kelib dunyo siyosiy kartasida kuchli o’zgarish ro’y berdi. Ular quyidagilar: -GFR va GDR birlashib yagona Germaniya davlatini tashkil topishi. -Varshava shartnomasi va O’IYOK tashkilotlarini tarqatib yuborilishi. -SSSR ning parchalanib ketishi natijasida dunyo siyosiy kartasida 15 ta suveren davlatni paydo bo’lishi. -Sosialistik tizimning emirilishi natijasida jahondagi sosialistik davlatlarni sosialistik sistemadan voz kechishi va suveren davlatlariga aylanishi. -Chexoslovakiyani ikki davlat bo’lib parchalanishi. Chexiya-Praga, Slovakiya- Bratislava -YUFSR dagi siyosiy ahvolni keskinlashuvi va o’zaro janglar natijasida 6 ta suveren davlatlar paydo bo’ldi. 2008 –yil fevral oyidan Serbiya tarkibidan Kosva avtonom o’lkasi ajralib chiqish arafasida turibdi. Ular: Xorvatiya-Zagreb; Bosniya va Gersogovina- Saraevo; Makedoniya-Skope; Sloveniya-Lyublyana Serbiya - Belgrad Chernogoriya – Podgoritsa Kosva - Prishtina -NATO ni yagona siyosiy ittifoqqa aylantirilishi. Dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlardan yana biri XX- asrning 2-yarmida bir qator mamlakatlarni nomi va poytaxtlarini o’zgarishidir. Bunday holatga ham ma’lum darajada sosialistik tizimning emirilishi, fan va madaniyat darajasining yuksalishi sabab bo’lmoqda. Davlat nomi va poytaxtlari o’zgargan mamlakatlar quyidagilar: Eski nomi: Yangi nomi: Yuqori Volta Burkina Fasa Bogota Santa-Fe-De-Bogota Fil suyagi qirg’og’i (Obidjon) Kot-D-Ivuar (Yamusukro) Yashil burun orollari Kobo-Verde Janubiy Rodeziya Zimbabve Birma (Rangun) Myanma ( Yangon) Vila ( Vanuatu) Port-Vila Tarava ( Kiribati) Bayriki Selinograd Ostona Frunze Bishkek Leningrad Sankt-Peterburg Andorra Andorra-Le-Veliya XX-asrning 90-yillaridan keyin yangi shakllangan davlatlar va ularning poytaxtlari: 1.Eritreya-Asmera 2.Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) –Palikir 3.Palau-Koror 4.Marshall orollari-Majuro. 5. GFR va GDR ning birlashishi (1989-yil oktyabr) – Berlin. 6. YAXDR va YAAR ning birlashishi – Sana. 7. Gonkong, Makao va Tayvanni XXR tarkibiga qo’shib olinishi (1997-2000 yillar) 8. SHarqiy Timorga (2002 – yil 20-may) mustaqillikning berilishi – Dili. 9. CHernogoriya – Podgorisa (2005 yil) 10. Kosva – Prishtina (2008 yil) XX-asrning 90-yillaridan keyin poytaxti o’zgargan davlatlar: 1. Tanzaniya – Dar-es – Salam – Dodoma. 2. Nigeriya – Lagos – Abuja 3. Qozog’iston – Almati – Ostona 4. Hindiston – Dehli – Nyu - Dehli 5. Kolumbiya – Bogota – Santa – fe – de – Bogota 6. Kribati – Tarava – Bairiki 7. Qirg’iziston – Furunze – Bishkek Mavzu: Hozirgi zamon mamlakatlarining xilma-xilligi. Jahonning hozirgi siyosiy kartasini shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo’lib, kishilik jamiyatining rivojlanishini butun yo’lini aks ettiradi. U davlatlarning paydo bo’lishi va parchalanib ketishini, ular chegaralarini o’zgarishini, yangi erlarni kashf qilinishi va mustamlaka etilishini, merapoliya va mustamlakalarning paydo bo’lishini, dunyoni bo’lib olish va qayta taqsimlanishini aks ettirib kelgan. Dunyoning hozirgi siyosiy kartasida 230 dan ortiq mamlakat va hududlar bor. Ularning asosiy ko’pchiligi mustaqil davlatlardir. Lekin hozirgi zamonda ham mustamlaka davlat va hududlar mavjuddir. Masalan: Falastin, Gviana (Fr), Sharq Samoa (AQSH), Bermud orollari (Brit), Kyurasao (Nidr), Puerto-Riko (AQSH), Tuamotu, Obshestva, Markiz (Fr) va h.k. Jahonda mamlakatlar sonining bunchalik ko’pligi ularni guruhlashtirishni taqozo etadi. Bunda birinchi navbatda miqdoriy ko’rsatkichlar mezon qilib olinadi. Mamlakatlar hududining kattaligi va aholisining soniga qarab guruhlashtirish eng ko’p tarqalgandir. Hududining kattaligiga ko’ra dunyoda har birining maydoni 3 mln km kv.dan ortiq bo’lgan 7ta eng katta mamlakat ajratilgan bo’lib, ularning yalpi maydoni er yuzidagi quruqlikning ½ qismiga yaqinini egallagan. U mamlakatlar quyidagilar: 1. Rossiya ( 17mln.km.kv .); 2. Kanada ( 10mln.km.kv .); 3. Xitoy (9, 6mln.km.kv .); 4. AQSH (9, 4mln.km.kv .); 5. Braziliya (8, 5mln.km.kv .); 6. Avstraliya (7, 7mln.km.kv .); 7. Hindiston (3, 3mln.km.kv .); 8. Argentina (2, 8mln.km.kv .); 9. Qozog’iston (2, 7mln.km.kv .); 10. Sudan (2, 5mln.km.kv .); Aholi soni mln.dan oshiq bo’lgan 166 mamlakat va xududlar mavjud. SHundan aholi soniga ko’ra 2 tasi milliarder davlat (Xitoy va Hindiston), 9 tasi aholi soni 100 mln.dan ortiq bo’lgan davlatlar, 13 tasi aholi soni 50 mln.dan 100 mln.gacha bo’lgan davlatlar, 142 tasi aholi soni 1 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan davlat va xududlar mavjud. Aholi soni 1 mln.dan kam bo’lgan davlat va xududlar 53 tani tashkil etadi (2007 yil). Aholi soniga ko’ra har biridagi aholi 100 mln.kishidan ortiq bo’lgan 11 ta eng katta mamlakatlar ajratilgan bo’lib, bu mamlakatlardagi aholining umumiy soni Yer yuzi aholisining 3/5 qismiga to’g’ri keladi. Ular quyidagilar: 1. Xitoy-1.318 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 24% 2. Hindiston-1.132 mln kishi (2007y) shahar aholisi 26% 3. AQSH -302 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 75 % 4. Indoneziya -232 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 42 % 5. Braziliya -189 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 80 % 6. Pokiston -169 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 28 % 7. Bangladesh -149 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 23 % 8. Nigeriya -144 mln kishi (2007 y) shahar olisi 44 % 9. Rossiya -142 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 72% 10. Yaponiya -128 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 76 % 11. Meksika – 107 mln kishi (2007 y) shahar aholisi 41% Dunyo siyosiy xaritasidao’rtacha va kichikroq mamlakatlar ko’pchilikni tashkil etadi. Hududiga ko’ra juda kichik davlatlar ham borki, ular “mitti davlatlar” deb ataladi. Mitti davlatlarga quyidagilarni keltirish mumkin : 1.Vatikan 8. Mavrikiy 2. Monako 9. Komor orollari 3. San- Marino 10. Antigua va Barbuda 4. Malta 11. Grenada 5. Lixtenshteyn 12. Nauru 6. Singapur 13. Tuvalu. 7. Baxrayn Mamlakatlar ko’pincha geografik o’rni hususiyatlariga qarab ham guruhlashtiriladi. Bu hususiyatiga ko’ra mamlakatlar qanday tabiiy geografik joyda joylashishiga qarab: dengiz bo’yida, yarimorollarda, orollarda, joylashgan mamlakatlar va arxipelag mamlakatlarga bo’linadi. Dengiz bo’yida joylashgan mamlakatlarga: AQSH, Chili, Angola, Fransiya, Bangladesh kabilar kiradi. YArim orolda joylashgan mamlakatlarga: Italiya, Kampuchiya, Somali, Norvegiya kabilar. Orollarda joylashgan mamlakatlarga : Yamayka, Kabo- Verde, Seyshel, Filippin, Kiribati kabilar. Arxipelag mamlakatlariga: Indoneziya, Maldiv, Solomon, Tonga kabi davlatlar kiradi. Hududi bevosita dengiz bilan tutash bo’lmagan mamlakatlar alohida guruhni tashkil qiladi. Jahonda 44 ta mamlakat hududi Dunyo okeanibilan tutashmagan bo’lib, shundan 15 tasi Yevropada, 12 tasi Osiyoda, 15 tasi Afrikada, 2 tasi Janubiy Amerikadadir. Ularga: Boliviya, Chad, Shvesariya, Nepal, O’rta Osiyo respublikalari misol bo’ladi. Bu mamlakatlarning quruqlik ichkarisida joylashganligi ularning iqtisodiy rivojlanishi, jahon bozoriga chiqishini qiyinlashtiradi. Dengiz yo’llari va Dunyo okeani boyliklaridan (baliq, dengiz hayvonlari, dengiz o’simliklari, mineral resurslar, neft, gaz va h.k.) bevosita foydalanishni qiyinlashtiradi. Jahon mamlakatlari faqat maydonining katta kichikligi va geoglogik o’rnigagina emas, balki sosial-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra ham bir-biridan farq qiladi. Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko’ra BMT tomonidan 2 toifaga bo’lish qabul qilingan: 1. Iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlar 2. Iqtisodiy jihatidan rivojlanayotgan mamlakatlar. BMT iqtisodiy jihatidan rivojlangan mamlakatlarga Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 60 ga yaqin mamlakatlarni kiritgan. Bularning iqtisodiy sotsial rivojlanishining ancha yuqori ekanligi va aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi yalpi ichki mahsulotningancha ko’pligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlar ichida “G’arbning katta yettilik mamlakatlari” alohida ahamiyatga ega. “G’arbning katta yettilik mamlakatlari” ga AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya , Fransiya, Italiya, Kanada kabi davlatlar kiradi. Mazkur toifaga 1998- yildan Rossiya ham kiritilingan. Hozirda ular “Katta sakkizlik” deb ataladi. Bular G’arb dunyosining yetakchi mamlakatlari bo’lib, katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan ajralib turadi. “Yettilik” mamlakatlariga jahon yalpi milliy mahsuloti va sanoat ishlab chiqarishning 50 % dan ortig’i qishloq xo’jaligi mahsulotining 25 % dan ko’prog’i to’g’ri keladi. “Ettilik” mamlakatlarida aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki yalpi mahsulot (IYAM) 10 ming dollardan 20 ming dollargacha etadi. Rivojlangan mamlakatlarning ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlanganmamlakatlar, birinchi galda Evropa mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarining har birining siyosiy va iqtisodiy qudrati uncha katta bo’lmasa ham, lekin umuman olganda ular jahon ishlarida katta mavqega ega.Shu bilan birga tobora ortib borayotgan ahamiyat kasb etadi. Ularning ko’pchiligida aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM “katta ettilik” mamlakatlariga tengdir. Tarixiy yondashish “ko’chirilgan kapitalizm” mamlakatlarini alohida ajratishga imkon beradi. Bular Buyuk Britaniyaning aholi ko’chirib keltirilgan sobiq mustamlakalari (dominonlari) Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR. Bu mamlakatlarda aslida feodalizm bo’lmagan va ular hozirda ham siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra o’ziga xos mamlakatlardir. Sobiq SSSR ning parchalanishi natijasida 1991 yil oxirida barpo bo’lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga (MDH) kirgan mamlakatlarni alohida toifaga kiritish mumkin. Qolgan barcha mamlakatlarni va hududlarni BMT tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar toifasiga kiritiladi. Ular butun er yuzasi quruqlik maydonining yarmini egallaydi. Aholisi esa dunyo aholisi sonining yarmidan ortig’ini, Xitoyniham qo’shib hisoblaganda 70 % dan ko’pini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo siyosiy kartasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada katta mintaqani egallaydi. Bu mamlakatlarning ayrimlari masalan: Eron, Tailand, Efiopiya, Misr kabilar ikkinchi jahon urushidan ancha oldin mustaqillikka erishgan. Asosiy ko’pchiligiesa II-jahon urushidan so’ng erishdi.Urushdan so’ng 100 ga yaqin mamlakat mustaqillikka erishdi.Juda katta va turfa qiyofaga ega bo’lgan “3-dunyo” mamlakatlari ichki sharoiti jihatidan quyidagi toifalarga ajratiladi: 1. Tayanch mamlakatlariga – Hindiston, Braziliya, Meksika kiradi. Bu mamlakatlar juda katta tabiiy , aholi va iqtisodiy imkoniyatlarga ega. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida ko’p jihatdan etakchidir.Masalan: hamma rivojlanayotgan mamlakatlar qancha sanoat mahsuloti ishlab chiqarsa, bu 3 mamlakat ham shuncha sanoat sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi. Lekin bu davlatlarda ham YAIM rivojlangan davlatlardan ancha kam. Masalan: Hindistonda IYAM qiymati jon boshiga 3800 AQSH dollarni tashkil etadi. Holbuki, bu ko’rsatkich dunyo bo’yicha 9940 AQSH dollorini tashkil etadi (2006 y). 2.Yangi sanoatlashgan mamlakatlar toifasi, dunyoda “Osiyo yo’lbarslari” nomi bilan mashhur bo’lgan Osiyodagi 4ta davlat: Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur kiradi. Bu davlatlar 70-80 yillarda rivojlanayotgan ko’p mamlakatlardan juda o’zib ketdi. XXI asrning boshiga kelib mazkur toifaga YApon modeli asosida Malayziya va Tailand qo’shildi. Hozirda Indoneziya va Fillipin davlatlari shu taraqqiyot yo’lidan bormoqda. “Osiyo yo’lbarslari” toifasiga Yevropa kapitali ostida esa Turkiya, Kipr va Isroil kiritildi. “Osiyo yo’lbarsi” mamlakatlarini jahon xo’jaligida tutgan o’rni tobora ortib bormoqda. 1. Tashqariga neft eksport qiluvchi mamlakatlarga (OPEK)- Saudiya Arabistoni, Quvayt, Katar, BAA, Liviya, Bruney kabi jami 13 mamlakat kiradi. Bu mamlakatlarda neft sotishdankatta daromad kelganligidan aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM 10-15 ming dollar va undan ortiq daromadni tashkil etadi. Masalan, Quvaytda IYAM 29300 AQSH dollarini tashkil etadi (2007 y). 2. O’z taraqqiyotida orqada qolayotgan mamlakatlar.Bu toifa mamlakatlari taraqqiyotda sezilarli darajada orqada qolib, ularda feodalizm qoldiqlari saqlanib qolayotgan ko’p tarmoqli ancha qoloq xo’jalik ko’pchilikni tashkil etadi. O’nlab mamlakatlar kiradi. 5. Eng kam rivojlanayotgan 42 mamlakat kiradi. Bu mamlakatlarda 400 mln.dan ortiq aholi yashaydi. Bu mamlakatlar xo’jaligida iste’molga oid mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ishlov beruvchi sanoat deyarli yo’q. Aholining 2/3 qismi savodsiz. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM qiymati 100-200 dollarni tashkil etadi. Masalan, Brundida 710 AQSH dollari KDR, Malavi, Tanzaniya kabi davlatlarda 720 AQSH dollari, Gvineya Bisau, Nigar, Serra Leone, Madagaskar, Kongo Respublikasi kabilarda 1000 AQSH dollariga etmaydi (2006-y). Demak, dunyo bo’yicha o’rtacha IYAM dan (9940 AQSH dollari) ancha past. Bu toifaga Bangladesh, Nepal, Afg’oniston, Yaman, Mali, Niger, Chad, Somali, Gaiti kabi davlatlar ham kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga BMT tomonidan Xitoy ham kiritiladi. Xitoy ijtimoiy tuzumiga ko’ra ham, ishlab chiqarishga ko’ra ham o’z xususiyatlariga ega. Lekin aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM qiymati ancha past. II-jahon urushidan so’ng butun davr asosini G’arb va Sharqning jahon bo’ylab qarama-qarshi turishi, ular o’rtasidagi “sovuq urushni” tashkil etdi. Ko’pdan ko’p harbiy- siyosiy ittifoqlar shu jumladan NATO va Varshava shartnomasi vujudga keldi. Yer yuzida yuzlab harbiy bazalar turli joylarda vujudga keldi va mahalliy urushlar bo’lib turdi. Masalan: Urushdan keyingi davrda Fors ko’rfazini o’z ichiga olgan Yaqin Sharq “olovli nuqta”ga aylandi. Bu regionda faqat Isroil va arab mamlakatlari emas, balki ko’plab davlatlarning manfaatlari to’qnashdi. 80-yillardan, ayniqsa, 90- yillardan boshlab qarama- qarshilik va keskinlikdan bir- birini tushunish va hamkorlikka o’tish boshlandi. Yaxshi qo’shnichilik qaror topa boshladi. Bu jarayon SSSR bilan AQSH, Yevropa davlatlari, Osiyo-Tinch okeani regioni munosabatlarida aks etdi. 1990 yillardan keyingi o’zgarishlar, ayniqsa, dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlar fikrimizning dalilidir. Masalan: Germaniyaning birlashishi, haqiqiy qurolsizlanishning boshlanishi, Varshava shartnomasi tashkilotining tarqatib yuborilishi, NATOning asosan siyosiy ittifoqqa aylantirilishi. Ko’pgina mahalliy janjallarni siyosiy vositalar yo’li bilan xal qilishga erishildi. Masalan: Markaziy Amerikadagi Nikaragua, Salьvador, Afrikadagi Namibiya, Angola, Janubi-Sharqiy Osiyodagi Kambodja kabi mamlakatlardagi janjallar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo’li bilan xal qilindi. Bularning natijasida xalqaro keskinlik kamaya boshladi, dunyo tinchroq va xavfsizroq bo’lib qoldi.Jahondagi keskinlikni kamaytirishda BMTning xizmati juda katta. BMT 1945 yil 24 oktyabrda tashkil topgan bo’lib, qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. 1993 yilning boshida BMTga 188 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lib, shular qatori O’zbekiston Respublikasi ham 1992 yil 3 mart kuni BMTning qonuniy a’zosiga aylandi. Lekin, XX-asrning oxiri XXI-asrning boshlarida NATO ning “SHarqqa” tomon kengayishi, CHexiya va Polshada AQSH tomonidan Raketa xujumidan mudofaa (PRO) tizimining o’rnatilishi jahondagi gegemon davlatlar orasida siyosiy vaziyatni yanada keskinlashishiga olib keldi. Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi avvalo idora qilishi, ya’ni boshqarish shakliga bog’liq. Davlatni idora qilishning 2 asosiy shakli mavjud. Bu respublika va monarxiya hamda hamkorlik. Dunyo mamlakatlarining 74%i respublika, 15%i monarxiya, 9%i Britaniya va MDH hamkorligi, 2%i boshqa shakllarda boshqariladi. Boshqarishning respublika shakli ancha keng tarqalgan bo’lib, dunyo mamlakatlarining ¾ qismi (74% i) respublikalardir. Respublika davlatni idora qilishning shunday bir shaklidan iboratki, bunda qonun chiqaruvchi hokimiyat saylanib qo’yiladigan yuqori organ parlamentixtiyoridadir. Ijro etuvchi organ hukumat ixtiyorida bo’ladi. Masalan: O’zbekistonda Oliy Majlis ikki palatali bo’lib, yuqori palata Senatdan, quyi palata esa Qonunchilik palatasidan iborat. Dunyodagi birinchi respublika davlati – bu Italiyadir. Ozodlikka erishgan mamlakatlarning asosiy ko’pchiligi siyosiy mustaqillikka erishgach, respublika boshqaruv shaklini qabul qilgan. Misr, Habashiston va Eron kabi sobiq monarxiyalar ham respublika deb e’lon qilingan. 2008-yil iyun oyidan Nepal davlati ham Respublika shaklida boshqarilishga o’tdi. Davlatni boshqarishning monarxiya shakli ancha kam tarqalgan. Hozirda jahon mamlakatlari ichida hammasi bo’lib,43 ta monarxiya shaklida yoki Britaniya hamdo’stligi shaklida boshqariluvchi mamlakatlar bor. Monarxiyalarda imperator, qirol, knyaz, shoh, sulton va boshqalar davlat boshlig’i hisoblanadi. Shunisi ham borki, bunda oliy hokimiyat nasldan-naslga o’tadi. Bunday davlatlar orasida konstitusion monarxiyalar ko’pchilikni tashkil etadi. Konstitusion monarxiyalarda haqiqiy qonun chiqaruvchi hokimiyat-parlament, ijro etuvchi hokimyat esa-hukumat ixtiyoridadir. Monarx esa hokimlik qilsa-da, idora qilmaydi. Bunday mamlakatlarda monarxiya tuzumi o’ziga xos tarixiy, ba’zan ming yillik an’ana sifatida saqlanadi va “toj-taxt”ning bir vaqtlardagi qudratidan darak berib turadi, xolos. Masalan: Buyuk Britaniya dunyodagi eng keksa konstitusion monarxiya davlatidir. Qirol davlat va sud sistemasining boshlig’i, harbiy kuchlar bosh qo’mondoni, ingliz davlat cherkovining dunyoviy boshlig’i, shuningdek Buyuk Britaniya tomonidan boshqariluvchi Hamdo’stlikning ramzi hisoblanadi; bu hamdo’stlikka 50 ga yaqin mamlakat kiradi. Qirol parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlab imzo qo’yadi. Mutloq monarxiyada, aksincha, monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan. Biroq hozirgi zamon jahon siyosiy xaritasida bunday mamlakatlar kam qolgan. Saudiya Arabistoni – mutloq monarxiyadir. Bu erda qirol qonun chiqaruvchiva ijro etuvchi hokimiyat vazifasini o’taydi. Ayni vaqtda u bosh vazir, boshqo’mondon , oliy hakam, shuningdek diniy boshqaruvchi vazifalarni bajaradi. Hukumat asosan qirol sulolasidan tarkib topadi. Masalan: Saudiya Arabistonining 1-qiroli Abdul Aziz ibn Saudning 5000 ga yaqin sulolasi hozirda mamlakatni boshqarmoqda. Yevropadagi monarxiya davlatlari 1.Andorra (knyazlik) 7.Lixtenshteyn (knyazlik) 2.Belgiya (qirollik) 8.Lyuksemburg (gersoglik) 3.Vatikan (papa davlati.) 9.Monako (knyazlik) 4.Buyuk Britaniya (qirollik) 10.Niderlandiya (qirollik) 5.Daniya (qirollik) 11.Norvegiya (qirollik) 6.Ispaniya (qirollik) 12.Shvesiya (qirollik). Osiyodagi monarxiya davlatlari 1.Baxreyn 8.Malayziya 2.Bruney 9. Oman 3.Butan (qirollik) 10. Tailand 4.Iordaniya (qirollik) 11. Yaponiya 5.Kambodja (qirollik) 12. BAA 6.Katar 13. Saudiya Arabistoni 7.Quvayt Shimoliy Amerikadagi monarxiya davlatlar 1.Antigua va Barbuda 6.Kanada 2.Bagam 7.Sent-Vinsent va Grenada 3.Barbados 8.Sent-Kits va Nevis 4.Beliz 9.Sent-Lyusiya 5.Grenada 10.Yamayka. Afrikadagi monarxiya davlatlar 1.Lesoto (qirollik) 2.Marokko(qirollik) 3.Svazilend (qirollik). Avstraliya va Okeaniyadagi monarxiya davlatlar 1.Avstraliya 5.Salomon orllari 2.Samoa 6.Tonga 3.Yangi Gvineya 7.Tuvalu. 4.Yangi Zelandiya Jami 43 ta monarxiya davlati bor (2008y). Hozirda jahon mamlakatlari federativ (10%) va unitar (90 %) davlatlarga bo’linadi. Jahonning 23 ga yaqin davlati federativ shaklga ega bo’lib, ulardan ayrimlarida (Rossiya, Belьgiya, Hindiston, Nigeriya) federativ tuzilish milliy-etnik tamoil bilan, boshqalari esa GFR, Avstriya, AQSH tarixiy- geografik hususiyatlari bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda ko’p mamlakatlarda ma’muriy- xududiy tuzilish masalasi muhim siyosiy muammo bo’lib qolgan. Masalan: Checheniston. Federativ davlatlar Amerikada Yevropada Osiyoda 1.Kanada 1.Avstriya 1.Myanma 2.AQSH 2.Germaniya 2.Pokiston 3.MQSH(Meksika) 3.Belgiya 3.Hindiston 4.Venesuela 4.Shveysariya konfederasiyasi 4.BAA 5.Kolumbiya 5.Rossiya 5.Malayziya 6.Braziliya 6. Bosniya va Gersogovina (myagkaya federasiya)* 7.Argentina Okeaniya Afrikada 1.Avstraliya Ittifoqi 1.Nigeriya 2.MFSH 2. JAR 3.Komor or-ri Qolgan barcha mamlakatlar unitar davlatlardir. Unitar davlatlarda hududiy tuzilish shakliga ega bo’lib, bu tuzumda mamlakatda yagona qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud bo’ladi. Masalan: O’zbekiston. Dunyo siyosiy xaritasi quyidagi subregionlarga bo’linadi: 1. Ingliz Amerikasi (Kanada, AQSH). 2. Lotin Amerikasi. 3. Shimoliy Yevropa (Islandiya, Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya). 4. O’rta Yevropa (Irlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Benilyuks, Shveysariya, Avstriya, Lixtenshteyn). 5. Janubiy Yevropa (Ispaniya,Portugaliya,Andorra, Monako, Italiya, San- Marino,Vatikan,Malta, Gresiya). 6. Sharqiy Yevropa (Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Sobiq Yugoslaviya davlatlari, Albaniya, Moldova, Ukraina, Belorus). 7. Rossiya Federatsiyasi 8. MDHning Osiyo davlatlari: Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston,Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya. Tarixiy geografik jihatidan: Yaqin Sharq,O’rta Sharq,Uzoq Sharq. 9. Sharqiy Osiyo: Mongoliya, XXR, KXDR, Koreya Respublikasi, Yaponiya 10. Janubi-Sharqiy Osiyo: Myanma, Tailand,Laos, Vetnam, Kampuchiya, Sharqiy Timor, Bruney, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Fillipin. 11. Janubiy Osiyo: Pokiston,Hindiston,Nepal,Butan,Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv 12. Janubi-G’arbiy Osiyo: Turkiya, Kipr, Isroil, Livan, Iardaniya Falastin hududlari, Suriya, Eron, Iroq, Afg’oniston, Savudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Katar, BAA, Ummon, Yamani. Tarixiy geografik jihatidanOsiyo quyidagi qismlarga bo’linadi: Yaqin Sharq,O’rta Sharq, Uzoq Sharq. 13. Afrika 14 Avstraliya 15 Okeaniya (Palau, MFSH, Marshal orollari, Nauru, Kribati, Papua - Yangi Gvineya, Solomon orollari, Tuvalu, Vanuatu, Fiji, Tonga, G’arbiy Samoa, Yangi Zelandiya ) Subregionlarning jahondagi ulushi (foiz hisobida 2006 yil) ← Orqaga qaytish № Subregionlarning nomi Xududi Aholisi YAIM Eksporti 1 Ingliz Amerikasi 13,1 5,4 27,5 15,2 2 Lotin Amerikasi 15,4 8,5 6,1 4,4 3 Shimoliy Yevropa 0,8 0,4 2,3 4,5 4 O’rta Yevropa 0,9 4,3 21,5 29,3 5 Janubiy Yevropa 0,7 2,0 6,5 7,1 6 Sharqiy Yevropa 1,5 3,5 1,9 2,7 7 Rossiya Federatsiyasi
Davlatlar va poytahtlar geografiya haqida
:Toshpőλατxőja JőrαXőjαγεν
Jahon mamlakatlari
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyasi
“Jahon iqtisodiy - ijtimoiy
geografiyasi” fanidan ma’ruza
matni.
Ushbu ma’ruza matnida jahon
mamlakatlarining geosiyosiy
holati, rivojlanib borishi,
taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy
geografik nuqtai nazardan
yoritib berilgan. SHu bilan birga
jahon mamlakatlarining tuzumi,
jahon tabiiy resurslari, aholi va
mehnat resurslari, iqtisodiyoti
hamda jahonning globol
muammolarini o’rganishga
qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Xalq
Ta’limi Vazirligi
Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat
pedagogika instituti
Kimyo-biologiya fakulteti
Geografiya kafedrasi
“Jahon iqtisodiy - ijtimoiy
geografiyasi” fanidan ma’ruza
matni.
Qo’qon – 2008 y.
Ushbu ma’ruza matnida
jahon mamlakatlarining
geosiyosiy holati, rivojlanib
borishi, taraqqiyot bosqichlari
iqtisodiy geografik nuqtai
nazardan yoritib berilgan. SHu
bilan birga jahon
mamlakatlarining tuzumi, jahon
tabiiy resurslari, aholi va mehnat
resurslari, iqtisodiyoti hamda
jahonning globol muammolarini
o’rganishga qaratilgan.
Ma’ruza matni geografiya
va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim
yo’nalishi talabalariga
mo’ljalangan.
Tuzuvchi:
b.f.n, katta o’qituvchi A. M.
Jobborov
Taqrizchilar:
FDU geografiya kafedrasi
o’qituvchisi
g.f.d, Yu. Ahmadaliev, QDPI
g.f.n, katta
o’qituvchi O. Qo’ziboeva,
o’qituvchi
O.Qo’chqorov
Ushbu ma’ruza matni geografiya
kafedrasining 2008 yil ____
avgustdagi № 1- sonli
yig’ilishida ko’rib chiqilgan va
ma’qullangan.
Ushbu ma’ruza matni institut
Ilmiy Kengashining 2008 yil ____
avgustdagi № 1- sonli
yig’ilishida ko’rib chiqilgan va
tasdiqlangan.
Mavzu: Jahon iqtisodiy va
ijtimoiy geografiyasiga kirish.
Mazkur kurs ijtimoiy-geografik
fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni
butun dunyoda, ayrim hududlar
va mamlakatlarda rivojlanish va
joylanish qonuniyatlarini tadqiq
etadi. Mazkur kurs butun jahon
xalqaro munosabatlarini,
insoniyat va jamiyat bilan
tabiatning o’zaro aloqalari, global
muammolar va jahon
taraqqiyotining hozirgi
bosqichlarini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.
Mazkur fanning shakllanish
va taraqqiyotida bir qator
iqtisodchi geograf olimlarning
hissasi ko’p. Masalan:
N.N.Baranskiy, I.A.Vitver,
N.N.Kolosovskiy,
V.P.Maksakovskiy, V.Ya .Rom, K.F.
Stroev. O’zbek iqtisodchilaridan
Z.Akramov, A. Soliev, A. Ro’ziev.
Jahon iqtisodiy va siyosiy
geografiyasi ijtimoiy fan
bo’lganligi uchun bir qator
iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan
bog’langan. Masalan:iqtisod,
tarix, falsafa, matematika, siyosiy
va sotsial geografiya, aholi
geografiyasi va tabiiy geografik
fanlar biologiya, ximiya fanlari
bilan bog’langan.
Tadqiqot metodlari ham
tobora boyib, kengayib
bormoqda. Statistik, kartografik
va tarixiy metodlardan tashqari
yangi metodlar, masalan:
matematik modellashtirish,
kosmik metodlar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy geografik
tadqiqotlar xo’jalik tarmoqlarini
joylashtirishda ilmiy asoslashga,
qulay joylashtirilishiga, planli
xo’jalik yuritilishiga, aholini
sotsial sharoitini yaxshilash bilan
birga material, yoqilg’i va
asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod
qiladi.
Iqtisodiy-“ekonomicheskiy”
so’zi lotin tilidan olingan bo’lib,
xo’jalik yuritish degan ma’noni
bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib
M.V.Lomonosov shunday deb
atagan.
Mavzu: Dunyoning siyosiy
xaritasini shakllanishi.
Ma’lumki, dunyo siyosiy
kartasi hozirgi holatga kelgunga
qadar ko’p marotaba o’zgarishga
uchragan. Asrimizning
boshlarida (XX-asrni) dunyo
siyosiy kartasini o’zgarishiga
kuchli turtki bo’lgan omil I-jahon
urushidir. Ikki harbiy siyosiy
bloklar-“Antanta” va “Uchlar
ittifoqi”ni bir-birlari bilan urushi
I-jahon urushini keltirib chiqardi.
“Antanta”harbiy tashkiloti
1895-1907 yillari tashkil topgan
bo’lib, unga Fransiya, Angliya,
Rossiya va Serbiyakabi
mamlakatlar kirgan.
“Uchlar ittifoqi” harbiy
blokiga Germaniya, Avstriya-
Vengriya, Italiyamamlakatlari
kirgan bo’lib, bu harbiy blok
1882-yili tashkil topgan.
I-jahon urushi 1914 yili
boshlanib 1918 yili tugagan. I-
jahon urushi yillari Belorussiyani
g’arbiy qismi, Ukrainani G’arbiy
qismi hamda Moldaviya
(Bessarabiya) Germaniya va
Ruminiya davlatlari tomonidan
bosib olindi va o’sha davlatlarni
mustamlakasiga aylandi.
1917 yil Rossiyada Oktyabr
revolyusiyasi ro’y berdi va
revolyusiya g’alaba qozondi.
Oktyabr revolyusiyasidan so’ng
Rossiyada fuqarolar urushi
alanga oldi.
Bu davrda birgina
O’zbekiston hududi 3 davlatga
bo’lingan bo’lib, ular:
1.Buxoro amirligi.
2. Xiva xonligi.
3. Qo’qon xonligi.
Mazkur amirlik va xonliklar 1917
yilgacha ularning qoldiqlari esa
1920 yilgacha hukmronlik qilgan.
1921-22 yillari ular butunlay
tugatildi.
1922-yil 30 dekabr kuni
dunyo siyosiy kartasida yangi
davlat paydo bo’ldi. Shu kuni
R.K.P (b) ning Butun ittifoq I-
s’ezdida R.S.F.S.R, Ukraina,
Belorussiya va ZSFSR birlashib
SSSR ni tashkil qildi.
1936 yilgacha O’rta Osiyo
respublikalari birin-ketin sobiq
SSSR tarkibiga qo’shilib bordi.
1924 yil dunyo siyosiy
kartasida 2-sosialistik davlat
paydo bo’ldi. U MXR edi. Shunday
qilib jahon mamlakatlari
sosialistik va kapitalistik
sistemaga bo’lindi.
II-jahon urushi dunyoni
qayta taqsimlash va sosialistik
sistemani yo’qotish uchun 1939
yil boshlandi. 1940 yil G’arbiy
Belorussiya, G’arbiy Ukraina va
Moldaviya SSSR tarkibiga qayta
qo’shib qaytarib olindi.Shu yili
Boltiq bo’yi respublikalari Latviya
SSR, Litva SSR va Estoniya SSR lar
tashkil topdi va SSSR tarkibiga
qo’shildi.
1941-45 yillari SSSR-
Germaniya urushi natijasida va
Germaniyani engilishi
munosabati bilan jahonda
sosialistik sistema kengaydi va
kuchaydi.
G’arbiy Yevropadagi
Germaniya tomonidan bosib
olingan bir qator davlatlar
Germaniya zulmidan ozod etildi
va sosialistik davlatlar qatoriga
qo’shildi. Ular quyidagilar:
1.Polsha
5. Ruminiya
2.GDR
6. Bolgariya
3.Chexoslovakiya
7. Yugoslaviya
4. Vengriya
8. Albaniya.
1945-yil yapon militarizmini tor-
mor keltirilishi (SSSR tomonidan)
munosabati bilan va SSSR tazyiqi
ostida Horijiy Osiyoda 5ta davlat
sosialistik sistema qatoriga
qo’shildi. Ular Quyidagilar:
1.Xitoy xalq respublikasi.
2.KXDR
3.Vьetnam
4.Laos
5.Kampuchiya (Kambodja)
1959-yil Amerika qit’asida
ham sosialistik davlat paydo
bo’ ldi.Bu davlat Kuba
respublikasidir. Shunday qilib
jahon soqialistik sistemasida jami
16 ta davlat mavjud edi.
XX -asrning 2-yarmidan
boshlab Afrika, Osiyo va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida milliy
ozodlik harakatlari kuchayib
ketdi. Bunday harakatlar ayniqsa
Afrika qit’asida II-jahon
urushida engilgan
mamlakatlarning
mustamlakalarida keskin tus
oldi.Masalan: 1957 yilni o’zida
Afrikada 20 ga yaqin davlat
mustamlaka zanjirini uloqtirib
tashlab ozodlikka erishdi.
Shuning uchun 1957-yil Afrika
mustaqillik yili deb e’lon qilingan.
Ma’lumki, I-jahon urushida
Yer shari hususan, Afrika qit’asi
o’sha davrdagi agressiv davlatlar
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya,
Belgiya, Portugaliya, Ispaniya
kabi davlatlar tomonidan bo’lib
olingan edi.
Mustamlakachi davlatlarni
II-jahon urushida kuchsizlanishi
va mag’lubiyatga uchrashi
mustamlaka mamlakatlarida
milliy ozodlik harakatlarini keskin
tus olishiga sabab bo’ldi.
1990 yillarga kelib dunyo
siyosiy kartasida kuchli o’zgarish
ro’y berdi. Ular quyidagilar:
-GFR va GDR birlashib
yagona Germaniya davlatini
tashkil topishi.
-Varshava shartnomasi va
O’IYOK tashkilotlarini tarqatib
yuborilishi.
-SSSR ning parchalanib
ketishi natijasida dunyo siyosiy
kartasida 15 ta suveren davlatni
paydo bo’lishi.
-Sosialistik tizimning
emirilishi natijasida jahondagi
sosialistik davlatlarni sosialistik
sistemadan voz kechishi va
suveren davlatlariga aylanishi.
-Chexoslovakiyani ikki
davlat bo’lib parchalanishi.
Chexiya-Praga, Slovakiya-
Bratislava
-YUFSR dagi siyosiy ahvolni
keskinlashuvi va o’zaro janglar
natijasida 6 ta suveren davlatlar
paydo bo’ldi. 2008 –yil fevral
oyidan Serbiya tarkibidan Kosva
avtonom o’lkasi ajralib chiqish
arafasida turibdi.
Ular: Xorvatiya-Zagreb;
Bosniya va Gersogovina-
Saraevo;
Makedoniya-Skope;
Sloveniya-Lyublyana
Serbiya - Belgrad
Chernogoriya – Podgoritsa
Kosva - Prishtina
-NATO ni yagona siyosiy
ittifoqqa aylantirilishi.
Dunyo siyosiy kartasidagi
o’zgarishlardan yana biri XX-
asrning 2-yarmida bir qator
mamlakatlarni nomi va
poytaxtlarini o’zgarishidir.
Bunday holatga ham ma’lum
darajada sosialistik tizimning
emirilishi, fan va madaniyat
darajasining yuksalishi sabab
bo’lmoqda. Davlat nomi va
poytaxtlari o’zgargan
mamlakatlar quyidagilar:
Eski
nomi: Yangi
nomi:
Yuqori
Volta
Burkina Fasa
Bogota
Santa-Fe-De-Bogota
Fil suyagi qirg’og’i (Obidjon)
Kot-D-Ivuar (Yamusukro)
Yashil burun orollari
Kobo-Verde
Janubiy
Rodeziya
Zimbabve
Birma (Rangun)
Myanma ( Yangon)
Vila ( Vanuatu)
Port-Vila
Tarava ( Kiribati)
Bayriki
Selinograd
Ostona
Frunze
Bishkek
Leningrad
Sankt-Peterburg
Andorra
Andorra-Le-Veliya
XX-asrning 90-yillaridan keyin
yangi shakllangan davlatlar va
ularning poytaxtlari:
1.Eritreya-Asmera
2.Mikroneziya Federativ
Shtatlari (MFSH) –Palikir
3.Palau-Koror
4.Marshall orollari-Majuro.
5. GFR va GDR ning
birlashishi (1989-yil oktyabr) –
Berlin.
6. YAXDR va YAAR ning
birlashishi – Sana.
7. Gonkong, Makao va
Tayvanni XXR tarkibiga qo’shib
olinishi (1997-2000 yillar)
8. SHarqiy Timorga (2002 –
yil 20-may) mustaqillikning
berilishi – Dili.
9. CHernogoriya –
Podgorisa (2005 yil)
10. Kosva – Prishtina (2008
yil)
XX-asrning 90-yillaridan
keyin poytaxti o’zgargan
davlatlar:
1. Tanzaniya – Dar-es –
Salam – Dodoma.
2. Nigeriya – Lagos – Abuja
3. Qozog’iston – Almati –
Ostona
4. Hindiston – Dehli – Nyu -
Dehli
5. Kolumbiya – Bogota –
Santa – fe – de – Bogota
6. Kribati – Tarava – Bairiki
7. Qirg’iziston – Furunze –
Bishkek
Mavzu: Hozirgi zamon
mamlakatlarining xilma-xilligi.
Jahonning hozirgi siyosiy
kartasini shakllanishi uzoq
tarixiy jarayon bo’lib, kishilik
jamiyatining rivojlanishini butun
yo’lini aks ettiradi. U
davlatlarning paydo bo’lishi va
parchalanib ketishini, ular
chegaralarini o’zgarishini, yangi
erlarni kashf qilinishi va
mustamlaka etilishini, merapoliya
va mustamlakalarning paydo
bo’lishini, dunyoni bo’lib olish va
qayta taqsimlanishini aks ettirib
kelgan.
Dunyoning hozirgi siyosiy
kartasida 230 dan ortiq
mamlakat va hududlar bor.
Ularning asosiy ko’pchiligi
mustaqil davlatlardir. Lekin
hozirgi zamonda ham
mustamlaka davlat va hududlar
mavjuddir. Masalan: Falastin,
Gviana (Fr), Sharq Samoa (AQSH),
Bermud orollari (Brit), Kyurasao
(Nidr), Puerto-Riko (AQSH),
Tuamotu, Obshestva, Markiz (Fr)
va h.k.
Jahonda mamlakatlar
sonining bunchalik ko’pligi ularni
guruhlashtirishni taqozo etadi.
Bunda birinchi navbatda
miqdoriy ko’rsatkichlar mezon
qilib olinadi. Mamlakatlar
hududining kattaligi va
aholisining soniga qarab
guruhlashtirish eng ko’p
tarqalgandir.
Hududining kattaligiga ko’ra
dunyoda har birining maydoni 3
mln km kv.dan ortiq bo’lgan 7ta
eng katta mamlakat ajratilgan
bo’lib, ularning yalpi maydoni er
yuzidagi quruqlikning ½
qismiga yaqinini egallagan. U
mamlakatlar quyidagilar:
1. Rossiya ( 17mln.km.kv .);
2. Kanada ( 10mln.km.kv .);
3. Xitoy (9, 6mln.km.kv .);
4. AQSH (9, 4mln.km.kv .);
5. Braziliya (8, 5mln.km.kv .);
6. Avstraliya (7, 7mln.km.kv .);
7. Hindiston (3, 3mln.km.kv .);
8. Argentina (2, 8mln.km.kv .);
9. Qozog’iston (2, 7mln.km.kv .);
10. Sudan (2, 5mln.km.kv .);
Aholi soni mln.dan oshiq
bo’lgan 166 mamlakat va
xududlar mavjud. SHundan aholi
soniga ko’ra 2 tasi milliarder
davlat (Xitoy va Hindiston), 9
tasi aholi soni 100 mln.dan ortiq
bo’lgan davlatlar, 13 tasi aholi
soni 50 mln.dan 100 mln.gacha
bo’lgan davlatlar, 142 tasi aholi
soni 1 mln.dan 50 mln.gacha
bo’lgan davlat va xududlar
mavjud. Aholi soni 1 mln.dan
kam bo’lgan davlat va xududlar
53 tani tashkil etadi (2007 yil).
Aholi soniga ko’ra har biridagi
aholi 100 mln.kishidan ortiq
bo’lgan 11 ta eng katta
mamlakatlar ajratilgan bo’lib, bu
mamlakatlardagi aholining
umumiy soni Yer yuzi
aholisining 3/5 qismiga to’g’ri
keladi. Ular quyidagilar:
1. Xitoy-1.318 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 24%
2. Hindiston-1.132 mln kishi
(2007y) shahar aholisi 26%
3. AQSH -302 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 75 %
4. Indoneziya -232 mln kishi (2007
y) shahar aholisi 42 %
5. Braziliya -189 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 80 %
6. Pokiston -169 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 28 %
7. Bangladesh -149 mln kishi (2007
y) shahar aholisi 23 %
8. Nigeriya -144 mln kishi (2007 y)
shahar olisi 44 %
9. Rossiya -142 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 72%
10. Yaponiya -128 mln kishi (2007
y) shahar aholisi 76 %
11. Meksika – 107 mln kishi (2007 y)
shahar aholisi 41%
Dunyo siyosiy xaritasidao’rtacha
va kichikroq mamlakatlar
ko’pchilikni tashkil etadi.
Hududiga ko’ra juda kichik
davlatlar ham borki, ular “mitti
davlatlar” deb ataladi. Mitti
davlatlarga quyidagilarni
keltirish mumkin :
1.Vatikan
8. Mavrikiy
2.
Monako 9.
Komor orollari
3. San-
Marino 10.
Antigua va Barbuda
4.
Malta
11. Grenada
5.
Lixtenshteyn
12. Nauru
6.
Singapur
13. Tuvalu.
7. Baxrayn
Mamlakatlar ko’pincha
geografik o’rni hususiyatlariga
qarab ham guruhlashtiriladi. Bu
hususiyatiga ko’ra mamlakatlar
qanday tabiiy geografik joyda
joylashishiga qarab: dengiz
bo’yida, yarimorollarda,
orollarda, joylashgan
mamlakatlar va arxipelag
mamlakatlarga bo’linadi.
Dengiz bo’yida joylashgan
mamlakatlarga: AQSH, Chili,
Angola, Fransiya, Bangladesh
kabilar kiradi.
YArim orolda joylashgan
mamlakatlarga: Italiya,
Kampuchiya, Somali, Norvegiya
kabilar.
Orollarda joylashgan
mamlakatlarga : Yamayka, Kabo-
Verde, Seyshel, Filippin, Kiribati
kabilar.
Arxipelag mamlakatlariga:
Indoneziya, Maldiv, Solomon,
Tonga kabi davlatlar kiradi.
Hududi bevosita dengiz bilan
tutash bo’lmagan mamlakatlar
alohida guruhni tashkil qiladi.
Jahonda 44 ta mamlakat hududi
Dunyo okeanibilan tutashmagan
bo’lib, shundan 15 tasi
Yevropada, 12 tasi Osiyoda, 15
tasi Afrikada, 2 tasi Janubiy
Amerikadadir. Ularga: Boliviya,
Chad, Shvesariya, Nepal, O’rta
Osiyo respublikalari misol bo’ladi.
Bu mamlakatlarning quruqlik
ichkarisida joylashganligi
ularning iqtisodiy rivojlanishi,
jahon bozoriga chiqishini
qiyinlashtiradi.
Dengiz yo’llari va Dunyo
okeani boyliklaridan (baliq,
dengiz hayvonlari, dengiz
o’simliklari, mineral resurslar,
neft, gaz va h.k.) bevosita
foydalanishni qiyinlashtiradi.
Jahon mamlakatlari faqat
maydonining katta kichikligi va
geoglogik o’rnigagina emas,
balki sosial-iqtisodiy rivojlanish
darajasiga ko’ra ham bir-biridan
farq qiladi.
Mamlakatlarni rivojlanish
darajasiga ko’ra BMT tomonidan
2 toifaga bo’lish qabul qilingan:
1. Iqtisodiy jihatidan rivojlangan
mamlakatlar
2. Iqtisodiy jihatidan
rivojlanayotgan mamlakatlar.
BMT iqtisodiy jihatidan
rivojlangan mamlakatlarga
Yevropa, Osiyo, Shimoliy
Amerika, Avstraliya va
Okeaniyaning jami 60 ga yaqin
mamlakatlarni kiritgan. Bularning
iqtisodiy sotsial rivojlanishining
ancha yuqori ekanligi va aholi
jon boshiga to’g’ri keluvchi yalpi
ichki mahsulotningancha ko’pligi
bilan ajralib turadi.
Rivojlangan mamlakatlar
ichida “G’arbning katta yettilik
mamlakatlari” alohida
ahamiyatga ega. “G’arbning
katta yettilik mamlakatlari” ga
AQSH, Yaponiya, Germaniya,
Buyuk Britaniya , Fransiya,
Italiya, Kanada kabi davlatlar
kiradi. Mazkur toifaga 1998-
yildan Rossiya ham kiritilingan.
Hozirda ular “Katta sakkizlik” deb
ataladi. Bular G’arb dunyosining
yetakchi mamlakatlari bo’lib,
katta miqyosdagi iqtisodiy va
siyosiy faoliyati bilan ajralib
turadi.
“Yettilik” mamlakatlariga
jahon yalpi milliy mahsuloti va
sanoat ishlab chiqarishning
50 % dan ortig’i qishloq xo’jaligi
mahsulotining 25 % dan
ko’prog’i to’g’ri keladi.
“Ettilik” mamlakatlarida aholi
jon boshiga to’g’ri keluvchi ichki
yalpi mahsulot (IYAM) 10 ming
dollardan 20 ming dollargacha
etadi.
Rivojlangan mamlakatlarning
ikkinchi kichik toifasiga kamroq
rivojlanganmamlakatlar, birinchi
galda Evropa mamlakatlari kiradi.
Bu mamlakatlarining har birining
siyosiy va iqtisodiy qudrati
uncha katta bo’lmasa ham, lekin
umuman olganda ular jahon
ishlarida katta mavqega ega.Shu
bilan birga tobora ortib
borayotgan ahamiyat kasb etadi.
Ularning ko’pchiligida aholi jon
boshiga to’g’ri keluvchi YAIM
“katta ettilik” mamlakatlariga
tengdir.
Tarixiy yondashish
“ko’chirilgan kapitalizm”
mamlakatlarini alohida ajratishga
imkon beradi. Bular Buyuk
Britaniyaning aholi ko’chirib
keltirilgan sobiq mustamlakalari
(dominonlari) Kanada, Avstraliya,
Yangi Zelandiya va JAR. Bu
mamlakatlarda aslida feodalizm
bo’lmagan va ular hozirda ham
siyosiy va iqtisodiy
rivojlanishiga ko’ra o’ziga xos
mamlakatlardir.
Sobiq SSSR ning parchalanishi
natijasida 1991 yil oxirida barpo
bo’lgan Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligiga (MDH) kirgan
mamlakatlarni alohida toifaga
kiritish mumkin.
Qolgan barcha mamlakatlarni
va hududlarni BMT tomonidan
rivojlanayotgan mamlakatlar
toifasiga kiritiladi. Ular butun er
yuzasi quruqlik maydonining
yarmini egallaydi. Aholisi esa
dunyo aholisi sonining yarmidan
ortig’ini, Xitoyniham qo’shib
hisoblaganda 70 % dan ko’pini
tashkil etadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlar dunyo siyosiy
kartasida Osiyo, Afrika, Lotin
Amerikasi va Okeaniyada katta
mintaqani egallaydi.
Bu mamlakatlarning ayrimlari
masalan: Eron, Tailand, Efiopiya,
Misr kabilar ikkinchi jahon
urushidan ancha oldin
mustaqillikka erishgan. Asosiy
ko’pchiligiesa II-jahon urushidan
so’ng erishdi.Urushdan so’ng
100 ga yaqin mamlakat
mustaqillikka erishdi.Juda katta
va turfa qiyofaga ega bo’lgan
“3-dunyo” mamlakatlari ichki
sharoiti jihatidan quyidagi
toifalarga ajratiladi:
1. Tayanch mamlakatlariga –
Hindiston, Braziliya, Meksika
kiradi. Bu mamlakatlar juda katta
tabiiy , aholi va iqtisodiy
imkoniyatlarga ega.
Rivojlanayotgan mamlakatlar
ichida ko’p jihatdan
etakchidir.Masalan: hamma
rivojlanayotgan mamlakatlar
qancha sanoat mahsuloti ishlab
chiqarsa, bu 3 mamlakat ham
shuncha sanoat sanoat
mahsuloti ishlab chiqaradi. Lekin
bu davlatlarda ham YAIM
rivojlangan davlatlardan ancha
kam. Masalan: Hindistonda IYAM
qiymati jon boshiga 3800 AQSH
dollarni tashkil etadi. Holbuki, bu
ko’rsatkich dunyo bo’yicha 9940
AQSH dollorini tashkil etadi (2006
y).
2.Yangi sanoatlashgan
mamlakatlar toifasi, dunyoda
“Osiyo yo’lbarslari” nomi bilan
mashhur bo’lgan Osiyodagi 4ta
davlat: Koreya, Tayvan, Gonkong,
Singapur kiradi. Bu davlatlar
70-80 yillarda rivojlanayotgan
ko’p mamlakatlardan juda o’zib
ketdi. XXI asrning boshiga kelib
mazkur toifaga YApon modeli
asosida Malayziya va Tailand
qo’shildi. Hozirda Indoneziya va
Fillipin davlatlari shu taraqqiyot
yo’lidan bormoqda. “Osiyo
yo’lbarslari” toifasiga Yevropa
kapitali ostida esa Turkiya, Kipr
va Isroil kiritildi.
“Osiyo yo’lbarsi”
mamlakatlarini jahon xo’jaligida
tutgan o’rni tobora ortib
bormoqda.
1. Tashqariga neft eksport qiluvchi
mamlakatlarga (OPEK)- Saudiya
Arabistoni, Quvayt, Katar, BAA,
Liviya, Bruney kabi jami 13
mamlakat kiradi. Bu
mamlakatlarda neft
sotishdankatta daromad
kelganligidan aholi jon boshiga
to’g’ri keluvchi IYAM 10-15 ming
dollar va undan ortiq daromadni
tashkil etadi. Masalan, Quvaytda
IYAM 29300 AQSH dollarini
tashkil etadi (2007 y).
2. O’z taraqqiyotida orqada
qolayotgan mamlakatlar.Bu toifa
mamlakatlari taraqqiyotda
sezilarli darajada orqada qolib,
ularda feodalizm qoldiqlari
saqlanib qolayotgan ko’p
tarmoqli ancha qoloq xo’jalik
ko’pchilikni tashkil etadi. O’nlab
mamlakatlar kiradi.
5. Eng kam rivojlanayotgan 42
mamlakat kiradi. Bu
mamlakatlarda 400 mln.dan ortiq
aholi yashaydi. Bu mamlakatlar
xo’jaligida iste’molga oid
mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ishlov beruvchi sanoat deyarli
yo’q. Aholining 2/3 qismi
savodsiz. Aholi jon boshiga
to’g’ri keluvchi YAIM qiymati
100-200 dollarni tashkil etadi.
Masalan, Brundida 710 AQSH
dollari KDR, Malavi, Tanzaniya
kabi davlatlarda 720 AQSH dollari,
Gvineya Bisau, Nigar, Serra
Leone, Madagaskar, Kongo
Respublikasi kabilarda 1000
AQSH dollariga etmaydi (2006-y).
Demak, dunyo bo’yicha o’rtacha
IYAM dan (9940 AQSH dollari)
ancha past. Bu toifaga
Bangladesh, Nepal, Afg’oniston,
Yaman, Mali, Niger, Chad, Somali,
Gaiti kabi davlatlar ham kiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar
qatoriga BMT tomonidan Xitoy
ham
kiritiladi. Xitoy ijtimoiy tuzumiga
ko’ra ham, ishlab chiqarishga
ko’ra ham o’z xususiyatlariga
ega. Lekin aholi jon boshiga
to’g’ri keluvchi IYAM qiymati
ancha past.
II-jahon urushidan so’ng butun
davr asosini G’arb va Sharqning
jahon
bo’ylab qarama-qarshi turishi,
ular o’rtasidagi “sovuq urushni”
tashkil etdi. Ko’pdan ko’p harbiy-
siyosiy ittifoqlar shu jumladan
NATO va Varshava shartnomasi
vujudga keldi. Yer yuzida yuzlab
harbiy bazalar turli joylarda
vujudga keldi va mahalliy
urushlar bo’lib turdi. Masalan:
Urushdan keyingi davrda Fors
ko’rfazini o’z ichiga olgan Yaqin
Sharq “olovli nuqta”ga aylandi.
Bu regionda faqat Isroil va arab
mamlakatlari emas, balki ko’plab
davlatlarning manfaatlari
to’qnashdi.
80-yillardan, ayniqsa, 90-
yillardan boshlab qarama-
qarshilik va keskinlikdan bir-
birini tushunish va hamkorlikka
o’tish boshlandi. Yaxshi
qo’shnichilik qaror topa boshladi.
Bu jarayon SSSR bilan AQSH,
Yevropa davlatlari, Osiyo-Tinch
okeani regioni munosabatlarida
aks etdi. 1990 yillardan keyingi
o’zgarishlar, ayniqsa, dunyo
siyosiy kartasidagi o’zgarishlar
fikrimizning dalilidir. Masalan:
Germaniyaning birlashishi,
haqiqiy qurolsizlanishning
boshlanishi, Varshava
shartnomasi tashkilotining
tarqatib yuborilishi, NATOning
asosan siyosiy ittifoqqa
aylantirilishi.
Ko’pgina mahalliy janjallarni
siyosiy vositalar yo’li bilan xal
qilishga erishildi. Masalan:
Markaziy Amerikadagi Nikaragua,
Salьvador, Afrikadagi Namibiya,
Angola, Janubi-Sharqiy Osiyodagi
Kambodja kabi mamlakatlardagi
janjallar va kelishmovchiliklar
muzokaralar yo’li bilan xal qilindi.
Bularning natijasida xalqaro
keskinlik kamaya boshladi,
dunyo tinchroq va xavfsizroq
bo’lib qoldi.Jahondagi keskinlikni
kamaytirishda BMTning xizmati
juda katta. BMT 1945 yil 24
oktyabrda tashkil topgan bo’lib,
qarorgohi Nyu-Yorkda
joylashgan.
1993 yilning boshida BMTga
188 mamlakat a’zo bo’lgan bo’lib,
shular qatori O’zbekiston
Respublikasi ham 1992 yil 3 mart
kuni BMTning qonuniy a’zosiga
aylandi. Lekin, XX-asrning oxiri
XXI-asrning boshlarida NATO
ning “SHarqqa” tomon
kengayishi, CHexiya va Polshada
AQSH tomonidan Raketa
xujumidan mudofaa (PRO)
tizimining o’rnatilishi jahondagi
gegemon davlatlar orasida
siyosiy vaziyatni yanada
keskinlashishiga olib keldi.
Jahon mamlakatlarining davlat
tuzumi avvalo idora qilishi, ya’ni
boshqarish shakliga bog’liq.
Davlatni idora qilishning 2 asosiy
shakli mavjud. Bu respublika va
monarxiya hamda hamkorlik.
Dunyo mamlakatlarining 74%i
respublika, 15%i monarxiya, 9%i
Britaniya va MDH hamkorligi, 2%i
boshqa shakllarda boshqariladi.
Boshqarishning respublika
shakli ancha keng tarqalgan
bo’lib, dunyo mamlakatlarining
¾ qismi (74% i) respublikalardir.
Respublika davlatni idora
qilishning shunday bir shaklidan
iboratki, bunda qonun
chiqaruvchi hokimiyat saylanib
qo’yiladigan yuqori organ
parlamentixtiyoridadir. Ijro
etuvchi organ hukumat
ixtiyorida bo’ladi. Masalan:
O’zbekistonda Oliy Majlis ikki
palatali bo’lib, yuqori palata
Senatdan, quyi palata esa
Qonunchilik palatasidan iborat.
Dunyodagi birinchi respublika
davlati – bu Italiyadir.
Ozodlikka erishgan
mamlakatlarning asosiy
ko’pchiligi siyosiy mustaqillikka
erishgach, respublika boshqaruv
shaklini qabul qilgan. Misr,
Habashiston va Eron kabi sobiq
monarxiyalar ham respublika
deb e’lon qilingan. 2008-yil iyun
oyidan Nepal davlati ham
Respublika shaklida
boshqarilishga o’tdi.
Davlatni boshqarishning
monarxiya shakli ancha kam
tarqalgan. Hozirda jahon
mamlakatlari ichida hammasi
bo’lib,43 ta monarxiya shaklida
yoki Britaniya hamdo’stligi
shaklida boshqariluvchi
mamlakatlar bor.
Monarxiyalarda imperator, qirol,
knyaz, shoh, sulton va boshqalar
davlat boshlig’i hisoblanadi.
Shunisi ham borki, bunda oliy
hokimiyat nasldan-naslga o’tadi.
Bunday davlatlar orasida
konstitusion monarxiyalar
ko’pchilikni tashkil etadi.
Konstitusion monarxiyalarda
haqiqiy qonun chiqaruvchi
hokimiyat-parlament, ijro etuvchi
hokimyat esa-hukumat
ixtiyoridadir.
Monarx esa hokimlik qilsa-da,
idora qilmaydi. Bunday
mamlakatlarda monarxiya
tuzumi o’ziga xos tarixiy, ba’zan
ming yillik an’ana sifatida
saqlanadi va “toj-taxt”ning bir
vaqtlardagi qudratidan darak
berib turadi, xolos.
Masalan: Buyuk Britaniya
dunyodagi eng keksa
konstitusion monarxiya
davlatidir. Qirol davlat va sud
sistemasining boshlig’i, harbiy
kuchlar bosh qo’mondoni, ingliz
davlat cherkovining dunyoviy
boshlig’i, shuningdek Buyuk
Britaniya tomonidan
boshqariluvchi Hamdo’stlikning
ramzi hisoblanadi; bu
hamdo’stlikka 50 ga yaqin
mamlakat kiradi. Qirol parlament
qabul qilgan qonunlarni
tasdiqlab imzo qo’yadi.
Mutloq monarxiyada,
aksincha, monarx hokimiyati
deyarli cheklanmagan. Biroq
hozirgi zamon jahon siyosiy
xaritasida bunday mamlakatlar
kam qolgan. Saudiya Arabistoni –
mutloq monarxiyadir. Bu erda
qirol qonun chiqaruvchiva ijro
etuvchi hokimiyat vazifasini
o’taydi. Ayni vaqtda u bosh
vazir, boshqo’mondon , oliy
hakam, shuningdek diniy
boshqaruvchi vazifalarni
bajaradi. Hukumat asosan qirol
sulolasidan tarkib topadi.
Masalan: Saudiya Arabistonining
1-qiroli Abdul Aziz ibn Saudning
5000 ga yaqin sulolasi hozirda
mamlakatni boshqarmoqda.
Yevropadagi monarxiya
davlatlari
1.Andorra
(knyazlik)
7.Lixtenshteyn (knyazlik)
2.Belgiya (qirollik)
8.Lyuksemburg
(gersoglik)
3.Vatikan (papa
davlati.) 9.Monako
(knyazlik)
4.Buyuk Britaniya (qirollik)
10.Niderlandiya (qirollik)
5.Daniya (qirollik)
11.Norvegiya (qirollik)
6.Ispaniya (qirollik)
12.Shvesiya (qirollik).
Osiyodagi
monarxiya davlatlari
1.Baxreyn
8.Malayziya
2.Bruney
9. Oman
3.Butan (qirollik)
10. Tailand
4.Iordaniya (qirollik)
11. Yaponiya
5.Kambodja (qirollik)
12. BAA
6.Katar
13. Saudiya Arabistoni
7.Quvayt
Shimoliy
Amerikadagi monarxiya
davlatlar
1.Antigua va
Barbuda 6.Kanada
2.Bagam
7.Sent-Vinsent va Grenada
3.Barbados
8.Sent-Kits va Nevis
4.Beliz
9.Sent-Lyusiya
5.Grenada
10.Yamayka.
Afrikadagi
monarxiya davlatlar
1.Lesoto (qirollik)
2.Marokko(qirollik)
3.Svazilend (qirollik).
Avstraliya va
Okeaniyadagi monarxiya
davlatlar
1.Avstraliya
5.Salomon orllari
2.Samoa
6.Tonga
3.Yangi Gvineya
7.Tuvalu.
4.Yangi Zelandiya
Jami 43 ta monarxiya davlati
bor (2008y).
Hozirda jahon mamlakatlari
federativ (10%) va unitar (90 %)
davlatlarga bo’linadi. Jahonning
23 ga yaqin davlati federativ
shaklga ega bo’lib, ulardan
ayrimlarida (Rossiya, Belьgiya,
Hindiston, Nigeriya) federativ
tuzilish milliy-etnik tamoil bilan,
boshqalari esa GFR, Avstriya,
AQSH tarixiy- geografik
hususiyatlari bilan bog’liq.
Hozirgi vaqtda ko’p
mamlakatlarda ma’muriy-
xududiy tuzilish masalasi muhim
siyosiy muammo bo’lib qolgan.
Masalan: Checheniston.
Federativ davlatlar
Amerikada Yevropada
Osiyoda
1.Kanada
1.Avstriya
1.Myanma
2.AQSH 2.Germaniya
2.Pokiston
3.MQSH(Meksika) 3.Belgiya
3.Hindiston
4.Venesuela
4.Shveysariya konfederasiyasi
4.BAA
5.Kolumbiya 5.Rossiya
5.Malayziya
6.Braziliya 6. Bosniya
va Gersogovina (myagkaya
federasiya)*
7.Argentina
Okeaniya
Afrikada
1.Avstraliya Ittifoqi
1.Nigeriya
2.MFSH 2. JAR
3.Komor or-ri
Qolgan barcha mamlakatlar
unitar davlatlardir. Unitar
davlatlarda hududiy tuzilish
shakliga ega bo’lib, bu tuzumda
mamlakatda yagona qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyat mavjud bo’ladi.
Masalan: O’zbekiston.
Dunyo siyosiy xaritasi quyidagi
subregionlarga bo’linadi:
1. Ingliz Amerikasi (Kanada,
AQSH).
2. Lotin Amerikasi.
3. Shimoliy Yevropa (Islandiya,
Shvesiya, Norvegiya,
Finlyandiya, Daniya).
4. O’rta Yevropa (Irlandiya,
Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya, Benilyuks,
Shveysariya, Avstriya,
Lixtenshteyn).
5. Janubiy Yevropa
(Ispaniya,Portugaliya,Andorra,
Monako, Italiya, San-
Marino,Vatikan,Malta, Gresiya).
6. Sharqiy Yevropa (Estoniya,
Latviya, Litva, Polsha, Chexiya,
Slovakiya, Vengriya,
Ruminiya, Bolgariya, Sobiq
Yugoslaviya davlatlari, Albaniya,
Moldova, Ukraina, Belorus).
7. Rossiya Federatsiyasi
8. MDHning Osiyo davlatlari:
Qozog’iston, Turkmaniston,
O’zbekiston,
Qirg’iziston,Tojikiston,
Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya.
Tarixiy geografik jihatidan:
Yaqin Sharq,O’rta Sharq,Uzoq
Sharq.
9. Sharqiy Osiyo: Mongoliya,
XXR, KXDR, Koreya Respublikasi,
Yaponiya
10. Janubi-Sharqiy Osiyo:
Myanma, Tailand,Laos, Vetnam,
Kampuchiya, Sharqiy Timor,
Bruney, Malayziya, Singapur,
Indoneziya, Fillipin.
11. Janubiy Osiyo:
Pokiston,Hindiston,Nepal,Butan,Bangladesh,
Shri-Lanka, Maldiv
12. Janubi-G’arbiy Osiyo:
Turkiya, Kipr, Isroil, Livan,
Iardaniya Falastin hududlari,
Suriya, Eron, Iroq, Afg’oniston,
Savudiya Arabistoni, Quvayt,
Bahrayn, Katar, BAA, Ummon,
Yamani.
Tarixiy geografik
jihatidanOsiyo quyidagi
qismlarga bo’linadi: Yaqin
Sharq,O’rta Sharq, Uzoq Sharq.
13. Afrika
14 Avstraliya
15 Okeaniya (Palau, MFSH,
Marshal orollari, Nauru, Kribati,
Papua - Yangi Gvineya, Solomon
orollari, Tuvalu, Vanuatu, Fiji,
Tonga, G’arbiy Samoa, Yangi
Zelandiya )
Subregionlarning jahondagi
ulushi
(foiz hisobida 2006 yil)
← Orqaga qaytish
№ Subregionlarning nomi Xududi Aholisi YAIM Eksporti
1 Ingliz Amerikasi 13,1 5,4 27,5 15,2
2 Lotin Amerikasi 15,4 8,5 6,1 4,4
3 Shimoliy Yevropa 0,8 0,4 2,3 4,5
4 O’rta Yevropa 0,9 4,3 21,5 29,3
5 Janubiy Yevropa 0,7 2,0 6,5 7,1
6 Sharqiy Yevropa 1,5 3,5 1,9 2,7
7 Rossiya Federatsiyasi