Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-
dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi. Alloh taolo tavba qilgan bandasining tavbasini qabul qilgaydir. *** Bu mol-dunyo degan narsa hayvon ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k, shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi. Bunday odam mechkay hayvon kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi qo`ldan yaxshidir. *** Halollik yo`qolib ketganda qiyomat bo`lmog`ini kutavergil! *** Haqiqiy boy – nafsi to`q odamdir. *** Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini o`zida saqlab qoldi. Uning bir bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot ham bolasini mayib qilib qo`yishdan cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona ko`tarib boradi. *** Har bir ezgu amal sadaqadir. *** Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i zarur. *** Oralaringizda eng yaxshingiz – xulqi go`zalingizdir. *** Olloh taolo biror bandasini (qilgan amali solihlari tufayli) sevgaydir. Jabroil alayhissalomga nido qilib: “Olloh falon bandasini sevdi, sen ham uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani sevgaydirlar. So`ng Jabroil alayhissalom osmon ahliga nido qilib: “Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir. *** Musulmon odamning so`kmog`i – buzuqlik, urushmog`i – kofirlikdir. *** Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib qochsa, o`sha odam eng yomon odamdir. *** Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam ahli do`zaxidir. *** Hech bir yokim hech narsa o`ziga yetadigan aziyatga Olloh taolodek sabr qila olmagay! Mushriklar uning o`g`li bor, deb da’vo qiladilar, ammo u ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay. *** Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, xotirjam qilingiz, bezdirmangiz! *** Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l qo`ymas. *** Kishi jannatda o`ziga suyukli odam bilan birga bo`ladi. *** Ish noloyiq odamlarga topshirilganda qiyomat bo`lmog`ini kutaver.
♣-islomiy xikoyalar-♣
:Asomiddin Zaynutdinov
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning “Al-Jomi’- as-Sahih” kitobidan hadis namunalari Odam bolasi ikki vodiy to`la mol-
dunyosi bo`lsa ham, mol-dunyo to`la
uchinchi vodiyni orzu qiladi. Uning
qornini faqat tuproqgina to`ldira oladi.
Alloh taolo tavba qilgan bandasining
tavbasini qabul qilgaydir. ***
Bu mol-dunyo degan narsa hayvon
ko`zini o`ynatadigan ko`m-ko`k,
shirin o`t-o`lan kabi fusunkor va
lazzatlidir. Kimki nafsini tiyib, ehtiyojiga
yarashasini olsa, barakali bo`ladi va kimki ochko`zlik qilib, ehtiyojidan
ortig`ini olsa, bebaraka bo`ladi.
Bunday odam mechkay hayvon
kabidir, mehnat qiladigan qo`l tilamchi
qo`ldan yaxshidir. ***
Halollik yo`qolib ketganda qiyomat
bo`lmog`ini kutavergil! ***
Haqiqiy boy – nafsi to`q odamdir. ***
Olloh taolo o`z rahmatini yuz bo`lak
qilib yaratib, to`qson to`qqiz bo`lagini
o`zida saqlab qoldi. Uning bir
bo`laginigina yerga nozil qildi. Olloh
taoloning yerga nozil qilgan ana shu bir bo`lak rahmati tufayli butun borliq
o`zaro rahmdillik qilg`aydir. Hattoki ot
ham bolasini mayib qilib qo`yishdan
cho`chib, tuyoqlarini ehtiyotkorona
ko`tarib boradi. ***
Har bir ezgu amal sadaqadir. ***
Mo`min mo`min uchun bir-birini suyab
turagan ikki bino yanglig` bo`lmog`i
zarur. ***
Oralaringizda eng yaxshingiz – xulqi
go`zalingizdir. ***
Olloh taolo biror bandasini (qilgan
amali solihlari tufayli) sevgaydir.
Jabroil alayhissalomga nido qilib:
“Olloh falon bandasini sevdi, sen ham
uni sevgil!” – degaydir. Jabroil alayhissalom ham o`shal bandani
sevgaydirlar. So`ng Jabroil
alayhissalom osmon ahliga nido qilib:
“Olloh taolo falon bandasini sevdi, siz
ham sevingiz!” – degaydir. Osmon ahli
ham o`shal bandani sevgaydir. Shundan so`ng yer ahlida unga
nisbatan muhabbat paydo bo`lgaydir. ***
Musulmon odamning so`kmog`i –
buzuqlik, urushmog`i – kofirlikdir. ***
Kishilar kimning yomonligidan qo`rqib
qochsa, o`sha odam eng yomon
odamdir. ***
Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan,
beqanoat va dimog`dor odam ahli
do`zaxidir. ***
Hech bir yokim hech narsa o`ziga
yetadigan aziyatga Olloh taolodek
sabr qila olmagay! Mushriklar uning
o`g`li bor, deb da’vo qiladilar, ammo u
ularni ofiyat qilib, rizq ato qilg`ay. ***
Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz,
xotirjam qilingiz, bezdirmangiz! ***
Mo`min odam o`zini bir kavakdan ikki
marta ilon chiqib chaqmog`iga yo`l
qo`ymas. ***
Kishi jannatda o`ziga suyukli odam
bilan birga bo`ladi. ***
Ish noloyiq odamlarga topshirilganda
qiyomat bo`lmog`ini kutaver.