Milliarder özbek Alisher Usmonov haqida

Tug’ilgan sanasi: 9 Sentabr, 1953
Tug’ilgan Joyi: Chust, Namangan viloyati,
O’zbekiston
Sohasi: Po’lat, Konchilik, Telekom, Investitsiya
Yashash joyi: Moskva, London
Fuqaroligi: Rossiya
Ma’lumoti: Xalqaro Huquq, Moskva Davlat
Instituti
Turmush o’rtog’i: Irina Viner
Farzandlari: Yo’q
Moliyaviy ahvoli: $17.7 milliard (2011)
Alisher Burhonovich Usmonov –
Namanganning Chust tumanida tug’ilgan,
xozirda Moskva va Londonda istiqomat
qiluvchi O’zbek Milliarderidur. Forbes
jurnalining 2011-yilgi bergan hisobotiga
ko’ra, Alisher Usmonov $17,7 milliard shaxsiy
mablag’i bilan jahonning eng boy kishilari
safidan 35-o’rinni egallagan. Dunyoning
70inchi eng qudratli kishisi sifatida ham
ta’riflangan.
Alisher Usmonov katta daromadlarini ilk
bora Moskva Davlat Insitutini tamomlagach,
80-yillarning oxirida yelim xaltalarni ishlab
chiqarish orqasidan topgan. Xom-ashyoning
arzonligini bilib va yelim xaltalar bozorining
katta bo’lishiga ko’zi yetgan Alisher
Usmonovning sof daromadi uning
kelajakdagi tadbirkorliklari mevasining ilk
ko’rinishi edi. Usmonov, orttirgan
daromadlarini to’plab, o’sha vaqtda
ko’pchilikning nazariga ilinmaydigan va
endigina rivojlanishni boshlayotgan
Gazprom korxonasiga tikadi. Xozirda
Gazprom Rossiyaning eng yirik korxonasiga
aylangan.
Usmonov, Gazpromning kundalik ishlari
bilan yaqindan shug’ullanishni boshlaydi va
keyinchalik Gazpromning metal ishlarini
boshqaruvchi MetalloInvest kompaniyasiga
do’sti Vasiliy Anisimov bilan birgalikda asos
soladi. Xozirda MetalloInvest Rossiyaning bir
qancha ko’zga ko’ringan konlari va konchilik
korxonalarini o’z qo’l ostiga olgan.
Xozirda Alisher Usmonov Gazprom
qoshidagi GazpromInvestHolding deb
nomlangan korxona rahbari sifatida faoliyat
ko’rsatib kelayapti. GazpromInvestHolding
Gazpromning “eng yirik, muhim va nozik”
oldi-berdilarini nazorat qiluvchi va
boshqaruvchi korxona hisoblanadi.
2006-yilning o’rtalaridan boshlab, Alisher
Usmonov ommaviy-axborot vositalari va
telekom korxonalariga o’z sarmoyasini
sarflashni boshlaydi. Shu yilning o’zida u
$200 millionga Kommersant oynomasini
sotib oladi. Keyinchalik Rossiyaning taniqli
kanallaridan bo’lgan 7TV va MUZ-TV larning
ham yirik sarmoyadorlaridan biriga aylanadi.
Rossiyaning kattaligi bo’yicha ikkinchi
o’rinda turuvchi Megafon telefon operatorini
ham katta qismini sotib olgan.
Usmonov keyinchalik Digital Sky
Tehcnologies (DST) deb nomlangan firmaga
tadbirkor sherigi Yuriy Millner bilan
birgalikda asos soladi. Alisher Usmonov DST
ning eng asosiy sarmoyadori hisoblanadi.
DST dagi sarmoyalarining asosiy qismi
jahonning eng yirik va eng ko’p
foydalaniladigan vebsayt va portallariga
sarflangan. Shular jumlasidan, hammamizga
tanish bo’lgan Mail.ru , Odnoklassniki.ru , Vkontakte.ru lar taqsimga loyiq. 2009-2010-
yillarda Alisher Osmonov va Yuriy Millner
kattaroq korhonalarga pul tikishni
boshlaydilar. Shular qatorida –
Facebook.comning qariyb 1.96% ulushini
DST $200 million miqdordagi pulga sotib
oladi va Facebook.comtarmog’ining $10
milliardga baholanishiga sabab bo’ladi.
O’sha paytta ko’pchilik Alisher Usmonovning
Facebook.comni bu qadar yuqori baholab,
shaxsiy pulining shunchasini ajratishining
sababini tushunishmagan edi. Eslatib
o’tamiz, shu yilning o’rtalariga
mo’ljallanayotgan Facebook.comning
birinchi ommaga sotish uchun taqdim
qilinishidagi bahosi $100 milliard atrofida
deb e’tirof etilmoqda. Bu, Usmonov
sarmoyasining bahosi 10 barobarga o’shdi
degani. Alisher Usmonov yana boshqa,
xozirda kunda juda taniqli bo’lgan Twitter.com , Groupon.com vebsaytlari va
internet o’yinlarini ishlab chiqaruvchu Zynga
kompaniyalarining ham ilk
sarmoyadorlaridan hisoblanadi. 2010 yilda,
yuqorida aytib o’tilgan qilingan sarmoya va
topilgan daromadlar tufayli, Usmonovning
sherigi Yuriy Millner ham Forbes ning
milliarderlari reytingidan joy oladi.
Alisher Usmonov 2007-yilning Avgust oyida
futbol maydoniga sarmoyador sifatida ilk
bor qadam qo’ydi. Rossiyalik milliarder
Roman Abramovichning Chelsea jamoasi
bilan bir ligada o’ynaydigan Buyuk
Britaniyaning taniqli Arsenal jamoasining
14.58% ulushini sotib oldi. Bilishimizcha, bu
ulushga Usmonov £75 million ($125 million)
miqdorida pul to’lagan. Xoirda Usmonov
jamoadagi ulushini qariyb 30% ga
yetkazgan.
Alisher Usmonov oxirgi 3-4 yil ichida
Angliyadagi bir necha taniqli va xashamatli
uylarni sotib oldi. Shulardan – Sutton Place
va taniqli Hampstead Heath dagi uylar
e’tiborga loyiq. Ma’lumotlarga ko’ra, uylar
£20 million ($35 million) va £50 million ($80
million) miqdorida baholangan

Комментарии