Sen qaytmading bir bor siroqlab Yodga tushsang dilim tirnalar Nahot shuncha ketding yiroqlab Qayerlarda manzil makoning Qaysi joyda topding sen panoh Balki qaytmas kechagi kundan Etayapsan sen meni ogoh Bir zum ortga qaytmasligingni Tushunmadim anglamadim hech Qara sochga qo'nyapdi qirov Nahot endi bo'lgan bo'lsa kech O'sha shirin xush damlarim Nahot endi kelmas bir qaytib O'sha paytlar baxtiyorligim Ulgurmadim bir senga aytib Qachon seni yo'qotganimni Hatto o'zim olmadim anglab Bir zum quloq tutsang bo'lardi Yuragimni arz dodin tinglab Ne bo'lardi yonimda yursang Quvonchingla mehringla siylab Aytgin endi baxtiyormisan Sog'inchingla jonimni qiynab O yoshligim bagritoshligim Bo'lmasmidi kuzga o'xshasang Shu ilinj ham beradi taskin O'g'lim ko'zlarida mangu yashasan
Шоир Камолиддин Шукур ижоди.
:QATKB ZFC
Qaytdi kuzda ketgan turnalar
Sen qaytmading bir bor siroqlab
Yodga tushsang dilim tirnalar
Nahot shuncha ketding yiroqlab
Qayerlarda manzil makoning
Qaysi joyda topding sen panoh
Balki qaytmas kechagi kundan
Etayapsan sen meni ogoh
Bir zum ortga qaytmasligingni
Tushunmadim anglamadim hech
Qara sochga qo'nyapdi qirov
Nahot endi bo'lgan bo'lsa kech
O'sha shirin xush damlarim
Nahot endi kelmas bir qaytib
O'sha paytlar baxtiyorligim
Ulgurmadim bir senga aytib
Qachon seni yo'qotganimni
Hatto o'zim olmadim anglab
Bir zum quloq tutsang bo'lardi
Yuragimni arz dodin tinglab
Ne bo'lardi yonimda yursang
Quvonchingla mehringla siylab
Aytgin endi baxtiyormisan
Sog'inchingla jonimni qiynab
O yoshligim bagritoshligim
Bo'lmasmidi kuzga o'xshasang
Shu ilinj ham beradi taskin
O'g'lim ko'zlarida mangu yashasan