Go'zal bo'lish sirlari

Teri turlari va ulalarni
parvarish qilish. Yuz terisini
parvarish qilishga kirishishdan
oldin, terining qandayligini bilib
olish zarur. Terini undan chiqib
turadigan yog' va nam
miqdoriga qarab shartli ravishda
normal teri, yog'li teri, quruq teri
va aralash teri murakkab teri va
bo'shashgan teri turlariga
bo'linadi.
Kosmetik vositalar va usullar
terining anatomik tuzilishini
jumladan, teri yo'llarini hisobga
olib, to'g'ri qo'llangandagina
yaxshi natija beradi.
Terini turini bilmay turib turli xil
bo'yoqlar surtish yaramaydi.
Chunki turli kosmetik bo'yoqlar
tenga salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.
Qizlarda ko'p uchraydigan
husunbuzarlar vaqtida
davolansa, yuz terisi
o'zgarmaydi.
Kosmetik bo'yoqlarni ham har
joyda har xil qo'llash mumkin.
Masalan, kundalik ishga oz
miqdorda bo'yoq surtish,
bayram va kechalarga esa
ko'proq pardoz qilish tavsiya
etiladi.
Soch inson husni, shu bilan birga
inson salomatligining asosiy
belgilaridan biri. Shuning uchun
sochga alohida ahamiyat berish
va uni parvarish qilish lozim.
Sochning o'sishi kishi yoshiga
ham bog'liq bo'ladi. Sochga turli
xil bo'yoqlar surish oqibatida
soch nursizlanadi, 30 yoshdan
keyin oqaradi, buning oqibatida
tez to'kiladi.
Teri chiziqlari. Terining eng
kam cho'ziladigan yo'nalishi teri
chiziqlari deb ataladi. Bu
chiziqlarning harakat
yo'nalishlari quyidagi tartibda
bo'ladi: iсhakda-teri chiziqlari
ichakning o'rtasidan boshlab
pastki jag' bo'ylab quloqning
tugmachasiga tomon yo'naladi;
lunjida-og'iz burchagidan quloq
teshigiga tomon, ustki labning
o'rtasidan va burunning yon
yuzasidan quloq suprasining
tepa qismiga tomon; ko'z
atrofida-ko'zning ichki
burchagidan ustki qovoq,
bo'ylab ko'zning tashqi
burchagiga tomon, so'ngra
(teskari yo'nalishda) ko'zning
tashqi burchagidan pastki
qovoq, bo'ylab ko'zning ichki
burchagiga tomon; peshonada
esa peshona o'rtasidan
chakkalarga tomon, ya'ni qosh
yo'nalishida ketgan bo'ladi.
Burunda teri chiziqlari burun
kansharidan boshlab burun
ustidan burun uchigacha keladi,
burun ustidan uning yon
yuzalariga tushadi.
Yuzni tozalash. Yuzni bir oyda
bir-ikki marta suv bug'ida
bug'lash yaxshi тatija beradi.
Shu maqsadda kastryulkaga
to'latib qaynoq suv quyiladi,
uning ustiga boshni egib,
choyshab o'rab o'tiriladi, 5
minut tutib turilgach yuz paxta
bilan artiladi.
Sog'lom va quruq terilar uchun
niqoblar: - 1 osh qoshiq asal va 1
osh qoshiq paxta moyi 1 ta
tuxum sarig'i qo'shib
qonshtiriladi.
— 1ta tuxum sarig'i, l osh
qoshiq paxta moyi, yarim choy
qoshiq limon shirasi, yarim osh
qoshiq suv;
—1ta tuxumning oqi va sarig'i
yaxshilab aralashtiriladi.
-1 choy qoshiq asal, 1 choy
qoshiq glitserin, 2 choy qoshiq
suv, 1 choy qoshiq bug'doy uni
qonshtiriladi. Yuzga surtgach 10
minutdan so'ng yuvib
tashlanadi. Terini oqartirish va
sepkil dog'larini ketkazish
maqsadida:
— 2 osh qoshiq asal va 1 ta
limon shirasi aralashtirilib har
5-7 minutda 3 marta surtiladi.
— 1 osh qoshiq suzmaga 2 osh
qoshiq qaymoq qo'shib
— 1 osh qoshiq suzma va 15
gramm xamirturush yuzga
surtgach 10-15 minutdan keyin
yuviladi.
Yiringli oddiy husnbuzarni
yo'qotish uchun: yuz kvars
lampasi bilan nurlantirilib 1-10%
sintomitsin emulsiyasi surtiladi.
Ichishga bir hafta tetratsiklin
buyuriladi. Vitamin A 15
tomchidan 3-4 hafta buyuriladi.
Bundan tashqari bedani damlab,
issiqligida yuzni yuvish,
orqasidan sovuq suv bilan
chayish kerak.
Yuzdagi dog'lar va ularning
paydo bo'lish sabablari:
— ayollarning homiladorlik
davrida jigar — taloq
kasalliklarida.
— kamqonlikda, ichki sekretsiya
bezlari ishining buzilishi.
— vitamin S yetishmasligi
kabilar. Dog'larni ketkazishda
avvalo mana shu kasalliklarni
davolash lozim.
Yuzni parvarishlashda esa
quyidagi usullar taklif etiladi:
— 1 ta tuxum oqi va ozroq
borat kislota yaxshilab
aralashtirib 1 choy qoshiq
qaymoq qo'shiladi: uni yuzaga
pastdan yuqonga qarab surtadi.
1 soatdan keyin yuvib
tashlanadi.
— 2 choy qoshiq un, 1 choy
qoshiq sirka, 1 choy qoshiq asal
aralashtirib yuzga surtiladi va 30
minutdan keyin yuz yuviladi.
Bodringni ikkiga bo'lib yuzga
ishqash, suvi qotgandan keyin
yuzni yuvish mumkin. Bu
usullarni muntazam 2-3 oy
qo'llab turilsa, dog' yo'qolib
ketadi.
Agar yuzdagi dog'lar juda bilinib
tursa, — 100 gramm 3%
vodorod peroksidi va 4-5 gr
nashatir spirti aralashtirilib 4
qavat taxlangan dokaga
shimdirib 10-15 minut yuzga
bosib turiladi. Keyin 2%
o'ldirilgan simob malhami bilan
yuzni massaj qilinadi.
Yuzni dog'lardan tozalab
bo'lgandan keyin paydo
bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun
ba'zi choralarni qo'llash kerak
bo'ladi. Ko'pchilik ayollar
yuzlariga qatiq surtib,
qotgandan so'ng yuvib
tashlaydilar bu yaxshi odat.
Petrushka yoki kashnich ildizini
maydalab qirqiladi, iliq suvga
solib, bir sutka qo'yiladi, ertasiga
shu suv bilan yuviladi. 2-3 oy
davomida qilinadi.
Yuzga krem surish usulini
bilish muhim ahamiyatga ega.
Terini cho'zib yubormaslik uchun
kremni yuzga bosib-bosib va teri
chiziqlariyo'nalishida sekin-
sekin urib chapimoq kerak.
Yuzga surish oldidan kremni ikki
kaft orasida ishqalab
harmoqlarning ichki yuziga
surish, so'ngra peshonaga, lunj
terisiga, burunga, ustki labga
hamda iyakka bosib-bosib va
sekin-sekin urib chapish lozim.
Shu harakatlar vaqtida yuz
terisiga butun kaftning va
harmoqlarning tegib o'tishi
to'g'ri hisoblanadi, o'zingizga
ham yoqimli bo'ladi. Bu vaqtda
panjalar juda bo'sh tushishi
kerak. Ko'z atrofidagi tenga
kremni bosib-bosibgina surish
lozim. Iyak terisiga va uning
atrofiga sekin-sekin urib o'rta
chiziqdan quloqlarga tomon
chapib borish tavsiya etiladi.

Комментарии

  • 25 янв 2015 15:42
    Xa asal b.n limonni aralashtirib yuzga suriladikan
  • 25 янв 2015 15:43
    Xa asal b.n limonni aralashtirib yuzga suriladikan
  • 25 янв 2015 15:45
    Kuniga Nechi mahal suriladi
  • 25 янв 2015 16:36
    Bir xaftada 2 yoki 3 marta 1 maxal
  • 25 янв 2015 17:26
    Kattakon raxmat
  • 1 фев 2015 14:34
    Класс
  • 22 июл 2015 15:32
    Yog'li terilargami bu shu niqobni qilsa quruqlashadimi
  • 1 сен 2015 20:36
    Soch to'kiliwini oldini oliwda nima qilsam buladi yordam beringlar
  • 24 окт 2015 20:11
    KATRINA KETTI ответила Amira Amonova
    Yarim kosa qatuga 1 osh qoshu asal , 1 osh qoshu bodom yog', 1 osh qoshu droja, 1 ta tuxum , 1 osh qoshu mayda qizil garimdori. Xaftada 1 marotaba qilinsa soch tokilishi toxtidi ostiradi va qalinlashadi . (Y) sinalgan va foyda bergan usul.
  • 6 ноя 2015 08:53
    Kosmetichiskiy sovinlar va kremlar xoxlovchilarga......... Sifatiga garantiya
  • 1 мар 2016 23:27
    Соч тукилмаслиги,калин булиши учун к,ичитк,и у'тни яни газанда у'тни ариг' бу'йларидан терасиз.Кейин бошиз учун сув иситишиз керак буладию бирон бир идишга бошиз учун иситиладиган сувни ичига газандани соласизда сувни устини ёпасиз.Сув кайнагандан сунг,утларни сувни ичидан олиб ташлайсиз.У'тнинг таркиби чикган ям яшил сувиз билан бошизни ювасиз.Сочиз тукилмайди.Буни узимдан синаб курганман.
  • 2 мар 2016 20:58
    Uwa o'tni aptekadan olsam buladimi
  • 8 мар 2016 21:30
    Аптека шартмас.Табиатдан оласиз.Арик буйларида куп учрайди.Ахоли уни газанда ут дейишади.Куркмай ишлатинг мен доимий ишлатаман.
  • 11 мар 2016 19:07
    Ariq bo'yidan terishga vaqt yuqda. Erta bn ishga ketib kech bulganda kelaman, shunga aptekadan olmoqchi edim nima deb surasam beradi aptekadan iltimos ayting. Sochim to'kilib qolmayabdi hisob yordam bering
  • 23 мар 2016 22:01
    Kim biladi meni yuzim quruqlawb ketyapti yuzmga tegsam tirnalganday yaraga oxwaw bob qolyapti maslaxat berila