LOLAQIZG’ALDOQ Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o`ylayman O`zimdan ko`proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo`l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko`rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo`lar-u, Yomon odam yaxshi Bo`lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Ko`kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog`dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo`l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ularni men yana Ko`rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. To`ylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan To`y ko`rmay o`lmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Biroq, ko`nglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam to`ladi. Hali to`ylar qilib Charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli bo`ladi! Kelinlar ko`ylagi Ruhimday oppoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo, Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa havo Yetmaydi, xolos. Tiriklar mudroqda, O`liklar uyg`oq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ko`ksim kuyib borar, Ko`krak yonmoqda, Ayting do`xtirlarga, Yorishsa yorsin! Jism o`z ulfati – Jondan tonmoqda. Bechora jon endi Qayerga borsin. Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Bunu xayot derlar, Unutma aslo, Bir kun ochilasan, Bir kun so`lasan. Qalbimda-ku, faqat Sen eding tanho, Qabrim ustida ham O`zing bo`lasan. Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ayol qalbing bilan Suv kech, olov kech, G`am kelsa boshingdan Xushing uchmasin. Xudodan so`radim: Mendan keyin hech, Nomard kimsalarga Ishing tushmasin. Ularning qo`lida Hamisha tuzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ishing tushsa, inim Muhammadga bor, Shoirlar ichida Ishonganim shu. Biroz ichishini Aytmasa agar, Ko`ksi tiniq bola, Halol bola u. Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Jon so`ngi boshpana Toparkan ongda, U yurak ostida Derdim men bo`lsam. Ajablanma agar Ertaga tongda Seni o`pib, O`shni Quchoqlab o`lsam!.. O`tinchim – tepamda Yig`lama uzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Shavkat Rahmon xotirasiga
Muhammad Yusuf sherlari
:ℛ开✘开 Ӄลℛอ乚→ɴ1← ɴάʍάɴɢάɴՏӃエɤ Gεℛอออɤ
MUHAMMAD YUSUF
LOLAQIZG’ALDOQ
Mendan nima qolar:
Ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o`ylayman
O`zimdan ko`proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo`l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko`rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo`lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo`lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko`kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog`dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo`l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ularni men yana
Ko`rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To`ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To`y ko`rmay o`lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Biroq, ko`nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to`ladi.
Hali to`ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo`ladi!
Kelinlar ko`ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O`liklar uyg`oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ko`ksim kuyib borar,
Ko`krak yonmoqda,
Ayting do`xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o`z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Bunu xayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so`lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O`zing bo`lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G`am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so`radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo`lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko`ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Jon so`ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo`lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o`pib, O`shni
Quchoqlab o`lsam!..
O`tinchim – tepamda
Yig`lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg`aldoq!
Shavkat Rahmon xotirasiga