Onajon o‘lkam, O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam. Rimni alishmasman bedapoyangga. Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring ortimdan ergashib yurar. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men – Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men. Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat. Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, Arab ohusidan azizroq menga. Sen bilan o‘tgan har kun bayram - bazm, Sensiz bir on qolsam vahmim keladi. Seni bilganlarga qilaman ta’zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi.
Muhammad Yusuf sherlari
:Hฉγστbεƙ Hίƙოฉτσν
O, ota makonim.
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay
soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman
bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha
qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha
taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik
tut
deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib
yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng
faranglarin.
Yo xudbinman men yo bir sodda
kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin,
Bitta tandiringga alishmasman
men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan
halovat
-
Uch kunda sog‘insam nima
qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq
menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan
qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayram -
bazm,
Sensiz bir on qolsam vahmim
keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.