Õksimagin o, yurak, Bõlma xomush, bõlma lol: Mening otam oqterak, Mening onam - majnuntol. Osmonda oy yolg'izdir, Yolg'izman men ham,axir. Mening opam yalpizdir, Singlim lola - qon bag'ir. Tõshagim shu shõr tuproq, Kõrpam kõkda bulutdir, Mening akam Ulug' tog', Mening ukam burgutdir. Tabassumim chaqmoqlar, Yomg'irlar - kõz yoshimdir. Arslon meni ardoqlar... Qoplon qarindoshimdir... Yov hisobin qilmayman, Mard bõlsa jon fidodir. Dõstlarim kim, bilmayman, Mening yorim - Xudodir.
Muhammad Yusuf sherlari
:- -
ÕKSIMAGIN O, YURAK.
Õksimagin o, yurak,
Bõlma xomush, bõlma lol:
Mening otam oqterak,
Mening onam - majnuntol.
Osmonda oy yolg'izdir,
Yolg'izman men ham,axir.
Mening opam yalpizdir,
Singlim lola - qon bag'ir.
Tõshagim shu shõr tuproq,
Kõrpam kõkda bulutdir,
Mening akam Ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Tabassumim chaqmoqlar,
Yomg'irlar - kõz yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar...
Qoplon qarindoshimdir...
Yov hisobin qilmayman,
Mard bõlsa jon fidodir.
Dõstlarim kim, bilmayman,
Mening yorim - Xudodir.