Комментарии
- 13 фев 2014 22:17Unknown womanдархақиқат ту'ғри
- 13 фев 2014 22:27Axror ))
ex afsus shundey shoirlarimiz
- 14 фев 2014 21:38- -nima uchun yeg'layapsiz
- 15 фев 2014 13:39ĎÄĢŁÄRĎÁ KÁŔ ÔŁÁÝĎÍMNahotki insonlar shu mitti kapalakchalik bo'lisholmaydiya.
- 15 фев 2014 13:43Axror )) ответил ĎÄĢŁÄRĎÁ KÁŔ ÔŁÁÝĎÍMShundey odamlar borki ularni qancha yaqin yaxshi bilsez shuncha ko'p itlarga mexriz osharkan
- 15 фев 2014 13:46ĎÄĢŁÄRĎÁ KÁŔ ÔŁÁÝĎÍM ответила Axror ))Afsuski shunday
- 15 фев 2014 13:48Axror )) ответил ĎÄĢŁÄRĎÁ KÁŔ ÔŁÁÝĎÍMHa AFSUS
- 18 фев 2014 08:09Feruza DadaboyevaKapalaklarni man ham yaxwi köraman
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Muhammad Yusuf sherlari
:- -
KAPALAKLAR.
Tug'ushganda men shórlikni bag'rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon.
Jon talashsam, tepamda charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Oqqushlarim, oq yómg'irda ucharlar,
Saharlarda shudring - sharob icharlar.
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Gulga qónsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi.
Bir kun yashar, bir - birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Bir qarasang, na kulbasi, uyi yóq,
Na tovushi, na qóshig'i, kuyi yóq.
Kapalakning kambag'ali, boyi yóq,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Kapalakning Ka'basidir hur dala,
Dalasida mehr tóla, nur tóla.
Baxtsiz bólsa, bari baxtsiz bir yóla,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni óylab bóldi yana qon yurak.
Sevaman deb aldamaydi kapalak!..
Kapalaklar odamlardan mehribon!..
Muhammadga ishongan ey, móminlar,
Ólsam sózim eslab, óyga chóminglar:
Kapalakning qanotiga kóminglar,
KAPALAKLAR ODAMLARDAN MEHRIBON. <<MUHAMMAD YUSUF>>.