Комментарии
- 24 апр 2014 07:33Saidbek ))))m yusufni werimi
- 24 апр 2014 09:27☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★ ответила Saidbek ))))xa. kapalak she'ri
- 24 апр 2014 09:29Saidbek ))))rahmat
- 24 апр 2014 20:18FAZLI ASADOVBu werni guruxga kim kiritgan b6lsa katta raxmat.
- 25 апр 2014 13:00☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★ ответила FAZLI ASADOVarzimaydi.
- 26 апр 2014 06:30L o v eShu sherni ôqisam xayotimdegi uchragan insonlani kapalakka ôxshatamau lekin... Raxmat sizga xafa bômasez statusmga qôymoqchiman
- 26 апр 2014 20:02☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★ ответила L o v ebemalol qo'yavering
- 27 апр 2014 08:24FAZLI ASADOV ответил ☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★Bu wer u4un arziydi xonim.
- 27 апр 2014 10:47RUSTAM OCHILOV ответил ☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★Rahmat sher uchun anchadan beri kidirib yurgandim shu sherni


- 27 апр 2014 11:07RUSTAM OCHILOV














Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
Muhammad Yusuf sherlari
:☆♥AYNURICHKA♥☆ ★♥★♥★
Tug'ilgandan men sho'rlikning bag'rim qon.
Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepada charx urgan ul. Kapalaklar odamlardan mehribon. Oqqushlarim, oq yomg'irda ucharlar. Saharlardan shudring-sharob icharlar. Tanlamayin qabrlarni qucharlar. Kapalaklar odamlardan mehribon. Gulga qo'nsa, qanotlari botmaydi. Ojizlarim birovga tosh otmaydi. Bir kun yashar bir-birlarin sotmaydi. Kapalaklar odamlardan mehribon. Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo'q. Na tovushi, na qo'shig'i kuyi yo'q. Kapalakning kambag'ali biyi yo'q. Kapalaklar odamlardan mehribon. Kapalakning Ka'basidir hur dala. Dalasida mehr to'la, nur to'la. Baxtsiz bo'lsa, bari baxtsiz bir yo'la. Kapalaklar odamlardan mehribon. Oydin oqshom yodga tushding, o malak. Seni o'ylab bo'ldi yana qon yurak. SEVAMAN deb aldamaydi kapalak. Kapalaklar odamlardan mehribon. Muhammadga ishongan ey, mo'minlar. O'lsam so'zim eslab, o'yga cho'minglar. Kapalakning qanotiga ko'minglar. Kapalaklar odamlardan mehribon...