Iltimos Ona monologini qayerdan topsam böladi aytvorila

Комментарии

  • 24 апр 2014 11:33
    Topmoq - yo‘qotmoqdir,
    Yo‘qotmoq – topmoq,
    Sen so‘lib,
    Men yashab,
    To‘lishimga boq.
    Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim –
    Sen meni yupatding,
    Seni yig‘latdim,
    Sen meni yaratding,
    Seni tugatdim.
    Uyalmay ONA deb, Kelishimga boq!..
    Sog‘inch haqda she’rlar
    Yozdim o‘zimcha,
    Mendan peshonangda
    Dog‘lar tizimcha.
    O‘g‘il bo‘lmay o‘lay, Attangb ming attang.
    Qiz tug‘sang netardi,
    Ko‘proq qiz tug‘sang!..
    Tirgak bo‘lolmadim
    Bitta qizingga
    Uyalmay shoirman Deyishimga boq.
    Joningdan aylanay,
    Turgil jonajon,
    Yo‘l qarab bo‘ldimi
    Jigarginang qon?
    Boqma, ko‘zlarimga Bemajol, xasta,
    Mening topganlarim
    Gulmi bir dasta,
    Yo‘qotganim senmi
    Endi ONAJON?..
    O‘z etimni o‘zim Yeyishimga boq.
    Bilsang yuragimni
    Bir alam elar.
    Buyursang qo‘limdan
    Kelmaydi nelar,
    Ayt, Pichan yig‘aymi,
    O‘tin yoraymi,
    Yerni haydayinmi,
    Ko‘k ag‘daraymi?..
    Itdek oyog‘ingga
    Suykalgim kelar – Uchib-uchib, mana
    Qo‘nishimga boq.
    Hech narsa kerakmas,
    Bolam, hech deysan.
    Endi kech deysan-da,
    Endi kech deysan. Yuzimni bosaman
    Muzday yuzingga,
    ONAJON,
    Zor qilib ketma izingga!
    O‘lim oldida ham
    G‘amimni yeysan, Men-chi, jim, taqdirga
    Ko‘nishimga boq.
    She’rim bitdi,
    Xayir,
    Do‘stlar xush qoling.
    Bedil yashamakka O‘rganmang menday
    Boring,
    Volidangiz
    Ko‘nglini oling,
    Ertaga
    Kech qolib O‘rtanmang menday...
  • 24 апр 2014 11:38
    shumi?
  • 24 апр 2014 12:40
    Xa xuddi wuni Abzal Rafiqov aytgan ekanu wu kerak edi iltimos topib beringlar juda muhim
  • 24 апр 2014 13:45
    mp 3 kerakmi?
  • 24 апр 2014 19:02
    Xa iltimos faqat tezroq
  • 25 апр 2014 11:08
    Googlega poisk bering topib beradi